logo

Asarini o’qish, mazmunini konspektlashtirish

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1533.716796875 KB
Asarini o’qish, 
mazmunini 
konspektlashtirish Reja:
1. Asqad Muxtorning “Onani koyimaydilar” she’rini o’qish,  she’rdan 
fe’larni aniqlash.
2. Erkin Azamning “Bayramdan boshqa kunlar” asarini o’qish, 
mazmunini konspektlashtirish va darak, buyruq va so’roq gaplarni 
aniqlash 
3. Halima Xudoyberdiyevaning “Ona” She’rini yodlash va she’r 
matnidan fe’l zamonlarini aniqlash. 
4. Shavkat Rahmonning “Turkiylar” sherini yodlash va she’r matnidan 
sinonim va paronim so’zlarini aniqlash. Asqad Muxtor - Atoqli shoir, nosir va dramaturg, 
tarjimon 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida 
temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida 
otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. 
Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida 
tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek 
adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi
Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” 
(1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” 
(1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” 
(1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari 
oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga 
chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek 
bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik 
choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi 
pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.        Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda 
ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-
jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” 
jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari 
uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. 
“Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 
bosh muharrirlik qildi.
Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida 
(1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat 
oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, 
“dardga davo” beruvchi deb qaraydi.
Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, 
“Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, 
singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga 
qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, 
xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), 
“Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin 
yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi. ONANI KOYIMAYDILAR
Oramizda uzoq-uzoq yo‘llar;
Senga intilaman bog‘lar gullasa,
Ammo yo‘llar… yo‘llar mayli edi,
Oradagi yillar bo‘lmasa.
Lekin men ularni koyimayman, chunki
Taqdir bo‘lib qolgan zamona.
Orqamdan kuzatar meni, onamdek,
U meni tuqqandir, chindan ham Ona Seni o‘ylaganda o‘sha yillar go‘yo
Sekinlatar qalbim zarbini.
Ular meni behudaga chorlar,
Yaradek og‘riydi har biri. •
 
•
 
•
 
•
 
•
 Fe’l   Erkin A zamʼ  1950-yil	 10-avgustda	 tog li	 Boysunda	 tug ildi.	 1972-yil 	ʻ ʻ
Toshkent  Davlat	
 universiteti	 (hozirgi  O zbekiston	ʻ   Milliy   Universiteti )ning 
jurnalistika  fakultetini	
 tamomladi.	 Respublika	 radiosida	 muharrir,  „
Guliston “  va  „ Yoshlik “  jurnallarida	
 bo lim	 muharriri, 	ʻ G afur	ʻ   G ulom	ʻ
 nomidagi	
 Adabiyot	 va	 San at	 nashriyotida	 tahririyat	 mudiri	 bo ldi.	 1992–	ʼ ʻ
1994-yillarda  O zbekiston	
ʻ   milliy   axborot   agentligida  bosh	 direktori	 
o rinbosari.	
 1995-yildan 	ʻ „ Tafakkur “  jurnali	 bosh	 muharriri,	 I,	 II	 chaqiriq 
O zbekiston	
ʻ   Oliy  	Majlisi  deputati.
  Ikkinchi chaqiriq (1994–2004) Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Hozirgi 
kunda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi.
Adibning oʻquvchilik yillarida yozilgan ilk “Inson” hikoyasi viloyat gazetasida bosildi 
(1966). Dastlabki “Chiroqlar oʻchmagan kecha” hikoyalar toʻplami 1977 yilda chop etildi. 
Erkin Aʼzamov kinodramaturgiyamiz rivojiga ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda. 
Uning ssenariysi asosida tasvirga olingan “Chantrimore” (1990), “Piyoda” (1996) milliy 
kino sanʼatimizda yangilik boʻldi. Navbatdagi “Dilxiroj” (2001) filmi xalqaro miqyosda 
eʼtibor qozondi. Germaniya va Fransiya televideniyelari orqali namoyish etildi. Nusxasi 
Fukuoko (Yaponiya) kinomuzeyida saqlanadi;       1981 yilda nashr qilingan ikkinchi kitob – “Otoyining tugʻilgan yili” nomli qissa va hikoyalar 
toʻplami uchun muallif 1982 yilda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi. Shundan 
soʻng isteʼdodli adibning “Olam yam-yashil” (1984), “Mir v svetax” (1989), “Pakananing oshiq 
koʻngli” (2001), “Kechikayotgan odam” (2002), “Jannat oʻzi qaydadir” (2007), “Ertak bilan xayrlashuv” 
(2007), “Guli-guli” (2009), “Shovqin” (2001) kabi bir qator roman, qissa va hikoyalar toʻplamlari 
bosmadan chiqdi. “Jannat oʻzi qaydadir”, “Shajara”, “Farrosh kampirning tushi”, “Xonadon egasi”, 
“Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi” nomli pyesalari respublikamiz teatrlarida muvaffaqiyatli 
sahnalashtirildi.
“ Erkak” (2004) nomli filmi “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi 
boʻyicha gʻolib deb topildi, Vezul (Fransiya) xalqaro kinofestivalida Bosh sovringa (Gran-pri) sazovor 
boʻldi; “Zabarjad” (2007) – “Moskovskaya premyera” va MDH anjumanlarida maxsus diplom bilan 
taqdirlandi, Oʻzbekistondagi kinofestivalda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi; “Suv 
yoqalab” (2008) – “Zolotoy Vityaz” xalqaro kinoforumida (Moskva)  “ Serebryanniʼy Vityaz” sovriniga 
sazovor boʻlib, Nyu-York shahrida oʻtkazilgan (AQSH) Osiyo filmlari kinofestivalida “Eng yaxshi 
aktyor” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi; “Parizod” (2012) – “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida Bosh 
sovringa sazovor boʻldi. “Jannat qaydadir” (2008), “Qarzdor” (2010) nomli filmlari ham 
respublikamiz kinoteatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat 
koʻrsatgan jurnalist Erkin Aʼzamning hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, 
gruzin, bulgʻor, chet tillariga tarjima qilingan. 2015 yilda adibning roman va qissalardan iborat 
salmoqli toʻplami Angliya va Fransiyada ingliz va fransuz tillarida nashr etildi. Bu o‘rtada kim yomon desangiz — Berdiboy yomon! Berdiboy bemehr, Berdiboy otabezori, onabezori, Berdiboy ukalarini xushlamaydi, 
ularga yov, ota uyidan ham qochgani qochgan — yomon-da Berdiboy! Nomi yomonga chiqqan. Azaldan. Eskilik sarqiti u. «Hoy, 
shoshmanglar, birodarlar, unchalik emasdir-ov, nima, enasi buni yomonlikka tuqqanmi, buniyam ko‘nglida biron dardi-da’vosi bordir, 
aytsin, eshitaylik!» deydigan mardumi musulmon qayda! Alam qilar ekan: axir, u ham odam, shu zamonning odami, shu havodan 
nafas oladi, ikkita munchoqdek-munchoqdek qizalog‘i bor; birovdan kamdir, birovdan ziyod ro‘zg‘or qilsa, hech kimdan non-osh 
so‘ramasa, ba’zilarga o‘xshab piyoda yurmasa — eskiroq bo‘lsa hamki, mayli-da, tagida uch oyoqli ulovi tayyor! Faqat, faqat...
Mana, u odatdagidek, bozor-o‘charini kajavaga joylab, endi mototsiklini o‘t oldirmoqqa chog‘langan edi, kimdir chaqirib koldi:
— Xo‘v Berdiboy!
Ukasi, to‘rtinchi sinfda o‘qiyotganida tug‘ilgan, o‘n yoshlar kichik bir tirmizak — Samandar; qavatida o‘ziga o‘xshash ikkita shotiri, 
yuqori guzardan velosiped surib kelyapti.
Berdiboy yonbosh bo‘lib mototsikl egariga suyanarkan, g‘ijindi: «Parda Qurbonning tarbiyasi-da!»
— Sanam o‘qishga ketyapti! — dedi Samandar shaytonaravasidan tushar-tushmas, bir oyog‘ida hakkalab.
— Suyunchi beraymi shunga?!
— Toshkentga! — Samandar battar g‘ashiga tegmoqchidek tirjaydi. Berdiboy g‘azabini yashirolmadi:
— Otang-chi, Parda Qurbonning o‘zi-chi, o‘qishga bormasmikan u?!
— Otam supada eski kitob o‘qib o‘tiribdi, — deb javob qaytardi bola parvo qilmay.
— O’qisin, ko‘proq o‘qisin — imoniga foyda!
Berdiboy mototsiklini tarillatib bozor darvozasidan chiqdi-yu, katta ko‘chada qatorlashib o‘tayotgan mashinalar bahona, 
ikkilangancha turib qoldi. Nihoyat, bir qarorga kelib, bundan uch oy avval «qaytib qadam bossam!..» deya qasam ichib ketgan uylari 
tarafga soldi yo‘lni . “ Piyoda” qisman matni Darak
•
O’qigan 
edim Buyruq
•
Qilgin Istak
•
Xohlardi
m    Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Sirdaryo viloyatining 
Boyovut tumanida dehqon oilasida tugʻildi. Ikki yoshida onasidan 
ayrilib, xolasi Qarshigul Xonnazar qizi tarbiyasida qoladi.
“ Es-es bilaman, – deydi Halima. – Qarshigul aya kechalari chiroq 
yorugʻida qarsillatib savagʻich solib, pat toʻqir, men u kishining 
yonida oʻtirib, basma-bas patning turini chalishardim. Pat gilam 
gulining biror joyi buzilmay chiqayotganini koʻrib onam “oʻzimni 
chevar qizim” deb peshonamdan oʻpib qoʻyar, koʻngillari iyib ketsa, 
boshidan kechgan bir-yarim voqealarni hikoya qilib berardilar…”.
Halima Xudoyberdiyeva Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da (1968–1972), 
Moskvadagi M. Gorkiy nomli Oliy adabiyot kursida (1975–1977) tahsil oldi.
“ Saodat”, “Guliston” jurnallarida, hozirgi “Yangi asr avlodi”, “Yozuvchi” nashriyotlarida 
turli lavozimlarda xizmat qildi.
Halima Xudoyberdiyevaning “Ilk muhabbat” nomli birinchi kitobi 1968 yilda bosilib 
chiqdi. Shundan soʻng shoiraning “Oq olmalar” (1973), “Chaman” (1974), “Suyanch 
togʻlarim” (1976), “Bobo quyosh” (1977), “Issiq qor” (1979), “Sadoqat” (1983), Halima Xudoyberdiyeva sheʼriyatining mavzu va maʼno koʻlami keng, teran. Uning 
sheʼrlarida ona Vatan, ota-ona, ayol va bola mavzulari ustuvorlik qiladi.
“ Muqaddas ayol” (1987), “Yuragimning ogʻriq nuqtalari” (1991), “Hurlik oʻti” (1993), “Bu 
kunlarga yetganlar bor” (1994), “Toʻmarisning aytgani” (1996) kabi yigirmadan ortiq 
sheʼriy majmualari, dostonlari va maqolalar toʻplamlari nashr etildi.
U tarjimon sifatida Fazu Aliyeva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupov kabi qardosh xalqlar 
shoirlari asarlarini ona tilimizga oʻgirdi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva 1990 yilda “Muqaddas ayol” sheʼriy 
toʻplami uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
Shoira 2017 yil mayida oʻzbek sanʼati va adabiyotini rivojlantirish, yosh avlodni milliy va 
umuminsoniy gʻoyalar, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga katta hissa qoʻshgani, 
koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “El-
yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Men sen bilan xayrlashgan tun qaro edi, qaro edi,
Tun bag’ri but, mening bag’rim yaro edi, yaro edi.
Tun bag’rida qolsin derdim, ko’rmasinlar, ko’rmasinlar,
Ko’rib birov rostu birov ro’yo tomon burmasinlar.
 
Tilimga-ku ishonchim bor, itoatsiz so’lsa rangim,
Men tinglarman yulduzlarning sukutinmas, sho’x jarangin,
Yarqiroq oy shu’lasida tol-tol bo’lib eshilarman,
Xushbaxt do’stlar davrasiga o’zim urib, qo’shilarman
Va achchiqma-achchiq turib, baxtga qarshi, baxtki barbod,
Baxtlilardan shiddatliroq kuylarman shod, kuylarman shod.
Aminmanki, avjim bilan shu birinchi davradayoq
O’zimga tong yaratarman, tongim mening otar oppoq,
Tunda qolar dardim mening, nurlar chayar yuzlarimni,
Unutishning seli yuvar, dilning armon, izlarini. „ Men sen bilan xayrlashgan tun” she’ri
Achchiq o’ylar to’zonidan o’zni olib chiqib ketib,
Bir gul yanglig’ ochilarman nur qo’ynida javlon etib.
Kim ham bilsin, so’kilgan dil choklarining bitmog’ini,
Ba’zida gul hasratlardan ortiq yashnab ketmog’ini.
Men sen bilan xayrlashgan tun qaro edi, qaro edi. Fe’l zamonlari
O’tgan 
zamon
Hozirgi 
zamon
Kelasi 
zamon       Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentyabrda Oʻsh 
viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir 
mahallasida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1966 yili oʻrta 
maktabni bitirgach, qurilishda, viloyat bosmaxonasi va 
gazetasida ishladi. 1973 yili Moskvadagi M. Gorkiy 
nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga 
koʻchib keldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va 
sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, 
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul xodim 
boʻlib ishladi.Shoirning dastlabki sheʼrlari Oʻsh viloyati gazetalarida bosildi. 1978 
yilda “Rangin lavhalar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi. 
Shundan soʻng “Yurak qirralari” (1981), “Ochiq kunlar” (1983), 
“Gullayotgan tosh” (1984), “Uygʻoq togʻlar” (1986), “Hulvo” (1988) kabi 
qator sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Shavkat Rahmon oʻz qoʻli bilan 
tayyorlagan, ammo vafotidan keyin nashr etilgan “Saylanma”sini 
(1997) koʻzdan kechirsangiz, butun ijodi davomida yaratilgan sara 
asarlari qatori xastalik damlarida bitilgan soʻnggi sheʼrlariga ham duch 
kelasiz.         Eng oxirgi sheʼrlaridan birida:
 
Ayt, ey xasta bulbulim,
Oʻshga qachon yetamiz?
Yashil bogʻlar sargʻardi,
Magʻiz boʻldi gujumlar.
 
deya mahzun satrlar bitadi.
Shavkat Rahmon tarjimon sifatida taniqli ispan shoiri Garsiya Lorkaning 
goʻzal sheʼrlarini rus va ispan tillaridan oʻzbek tiliga oʻgirib, ikki marta 
nashr ettirdi (1979,1989), oʻzbek oʻquvchisining maʼnaviy dunyosini 
boyitishga munosib hissasini qoʻshdi.
Shavkat Rahmon sheʼriyati oʻtgan asrning 80-yillarida oʻzbek adabiyotida 
kuchli toʻlqin tashkil etgan lirik-falsafiy, isyonkor ruhdagi asarlar sirasiga 
kiradi. U uzoq davom etgan ogʻir xastalikdan keyin 1996 yil kuzida 47 
yoshida olamdan oʻtdi. Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar. „ Turkiylar”
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«bizga tik qarama» buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zebu zabari,
ters qarab o‘ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
tug‘ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.
Tug‘ildi,
tug‘ildi,
tug‘ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar, bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.
Bu holdan buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon la’liday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.
O‘grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar. She’rdagi sinonim va paronim
Paronim
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
  Sinonim
•
  
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
      •
   https.//n.ziyouz.com
•   https.//uz.wikipedia.org
•   https.//tdtu.uz
•   https.//tafakkur.net
•   https.//adti.uz Foydalanilgan adabiyotlar
E’tiboringiz uchun tashakkur !

Asarini o’qish, mazmunini konspektlashtirish

Reja: 1. Asqad Muxtorning “Onani koyimaydilar” she’rini o’qish, she’rdan fe’larni aniqlash. 2. Erkin Azamning “Bayramdan boshqa kunlar” asarini o’qish, mazmunini konspektlashtirish va darak, buyruq va so’roq gaplarni aniqlash 3. Halima Xudoyberdiyevaning “Ona” She’rini yodlash va she’r matnidan fe’l zamonlarini aniqlash. 4. Shavkat Rahmonning “Turkiylar” sherini yodlash va she’r matnidan sinonim va paronim so’zlarini aniqlash.

Asqad Muxtor - Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.

Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta- jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi. Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi. Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi.

ONANI KOYIMAYDILAR Oramizda uzoq-uzoq yo‘llar; Senga intilaman bog‘lar gullasa, Ammo yo‘llar… yo‘llar mayli edi, Oradagi yillar bo‘lmasa. Lekin men ularni koyimayman, chunki Taqdir bo‘lib qolgan zamona. Orqamdan kuzatar meni, onamdek, U meni tuqqandir, chindan ham Ona Seni o‘ylaganda o‘sha yillar go‘yo Sekinlatar qalbim zarbini. Ular meni behudaga chorlar, Yaradek og‘riydi har biri.