logo

O’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish usullari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

676.7763671875 KB
O’qish  darslarida  mustaqil 
ishlar ni  tashkil  etish  usullari
        Mustaqil ish mashqning faol turi bo’lib, uni bajarish jarayonida 
o’quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o’rganadilar. 
Bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz 
komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda 
katta ahamiyatga ega. 
O’qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy 
tayyorlanadi, albatta. O’quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda 
topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. 
Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va 
o’quvchilar saviyasiga mos bo’lishi lozim. Mustaqil ish turlari har 
xil bo’lib, uni tanlashda o’quvchilarning tayyorgarligi, o’qiladigan 
matnning xarakteri, asarni o’rganish bosqichi hisobga olinadi.       Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida 
mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o’qish. 
2.  O’qilgan  matn  yuzasidan  berilgan  savol lar ga  javob 
berish. 
3.  O’qilgan  asar  mazmunini  to’liq  anglash,  bilib  olish 
uchun
o’qituvchi topshirig’ini bajarish. 
4.  O’qilgan  matn  rejasini  tuzishga  tayyorlanish  va  reja 
tuzish.    1. Asarni ichda o’qish. 
•
1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so’zlarni 
kesma harflar bilan tuzdirish va uni o’qishni mashq 
qildirish maqsadga muvofiq. O’quv yilining ikkinchi 
yarmidan boshlab ichda o’qib, ayrim qatnashuvchi 
shaxslarning gaplarini topish, uni o’qish va o’z so’zi bilan 
gapirib berish, matndan o’qituvchi bergan savolga javob 
bo’ladigan o’rinni topish kabi topshiriqlar berilishi 
mumkin.  2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savol lar ga javob berish.  
•
Bu mashq bolalarni diqqat-e’tibor bilan o’qishga 
o’rgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda 
foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam 
beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: 
avval o’quvchilar matnga oid savollarga javob berish 
bilan uning mazmunini o’zlashtirsalar, keyin asarning 
asosiy g’oyasini bilib oladilar, voqea-hodisalar o’rtasidagi 
sabab-natija bog’lanishlarini tushunadilar.   3. O’qilgan asar mazmunini to’liq anglash, bilib 
olish uchun   o’qituvchi topshirig’ini bajarish.  
•
Topshiriqlar quyidagicha 
bo’lishi mumkin:
•
a) O’qing va omonatga 
xiyonatning jazosi 
qandayligini aytib bering. 
(«Omonatga xiyonat»,   IV 
sinf) 
•
b) O’qing va nima uchun 
hunarsiz kishi o’limga 
yaqinligini tushuntirib 
bering. («Hunarsiz kishi 
o’limga yaqin», IV sinf) va 
hok.   4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.  
•
Bunda quyidagi ish turlaridan 
foydalaniladi: 
•
1) o’qilgan matnga oid rasm 
chizish; 
•
2) rasmga matndagi so’zlar yoki 
o’z so’zi bilan sarlavha qo’yish; 
•
Mustaqil ishning qanday 
bajarilganligini hisobga olish 
o’quvchilarning tayyorlik 
darajasini aniqlashda va keyingi 
bosqichlarda mustaqil mashqni 
to’g’ri tashkil qilish uchun 
material tanlashda o’qituvchiga 
yordam beradi.  O’QISH DARSLARIDA BADIIY ASARLARNI JANRIY 
XUSUSIYaTLARIGA   KO’RA O’RGANISH  
•
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy 
jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub 
asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, 
hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va 
topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan 
tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi.   •
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. 
Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak 
matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli 
asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar 
o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni 
hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. SHunga ko’ra, turli 
janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash 
talab etiladi.  XULOSA  FOYDALANILGAN  A DABIYOTLAR :
•
1 . Q. Abdullaeva, K. Nazarov, SH. Yo’ldosheva. Savod 
o’rgatish darslari.   T.: O’qituvchi, 1996.
•
2 . Q. Abdullaeva va boshq. O’qish kitobi (2-sinf uchun 
darslik). T.: O’qituvchi, 2007.
•
3 . Q. Abdullaeva va boshq. 2-sinfda o’qish darslari.  T.: 
2004.

O’qish darslarida mustaqil ishlar ni tashkil etish usullari

Mustaqil ish mashqning faol turi bo’lib, uni bajarish jarayonida o’quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o’rganadilar. Bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta ahamiyatga ega. O’qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi, albatta. O’quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o’quvchilar saviyasiga mos bo’lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo’lib, uni tanlashda o’quvchilarning tayyorgarligi, o’qiladigan matnning xarakteri, asarni o’rganish bosqichi hisobga olinadi.

Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Asarni ichda o’qish. 2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savol lar ga javob berish. 3. O’qilgan asar mazmunini to’liq anglash, bilib olish uchun o’qituvchi topshirig’ini bajarish. 4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.

1. Asarni ichda o’qish. • 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so’zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o’qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab ichda o’qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni o’qish va o’z so’zi bilan gapirib berish, matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.

2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savol lar ga javob berish. • Bu mashq bolalarni diqqat-e’tibor bilan o’qishga o’rgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval o’quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini o’zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g’oyasini bilib oladilar, voqea-hodisalar o’rtasidagi sabab-natija bog’lanishlarini tushunadilar.