logo

PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISH

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

71.6103515625 KB
PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISH
•
Reja: 
1.    T a’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil 
etishning tamoyillari va strukturasi.
2.    Psixologik xizmatning predmeti maqsad va 
vazifalari.                      Ta’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil 
etishning tamoyillari va strukturasi
•
M a’lumki, psixologiya fanida aynan psixologik 
xizmat muammosiga bag‘ishlangan va uning 
barcha yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga 
qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasada, 
bugungi kunda fan olamida va jamiyat 
taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining 
zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning 
“metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi 
ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.                     •
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar 
ekanmiz, ulardagi psixologik 
xizmat metodologiyasiga taalluqli 
ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy 
psixologiya fani nuqtayi nazaridan 
tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keladi .                     •
Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi 
dalillar asosida ilmiy yo‘nalishni ochib beruvchi 
metodik qurilmalaming tuzilishi bilan bevosita 
bog‘liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo‘lmagan 
sohada aniq amaliy natijalar ham bo‘lmaydi. 
Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir 
muhim yangi vazifasi psixologik xizmat 
metodologiyasi bilan bog‘Iiq nazariy, amaliy va 
empirik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ko‘lamini 
belgilashning bugungi kungacha nechogMik hal 
qilinayotganligini tahlil qilishga to‘g‘ri keladi .                     •
G ‘arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar 
psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim 
ahamiyatga ega. Chunonchi, L. Festingerning kognitiv 
dissonanslar nazariyasi (insonning faoliyat obyektiga 
nisbatan xuiq-atvori yoki munosabatini ongli ravishda 
o ‘zgartirishga asoslangan), T. Nyuxomning hamkorlik 
kommunikativ nazariyasi (o‘zgalarga va umumiy 
faoliyat obyektiga ijobiy munosabatlarni tarkib 
toptirishga asoslangan), C.X. Osgud va P. 
Tanenbaumaning “kongruentlik” (inson kognitiv 
tuzilishi asosidagi obyektni baholashga qaratilgan) 
nazariyasi, G. O lport A. Maslou. K. Rodjers kabi 
ijtimoiy psixologlarning gumanistik doiradagi qator 
tadqiqiy izlanishlari shular jumlasidandir.                     •
Yana shuni qayd etish kerakki, amerikalik 
taniqli psixolog Abraxam Xarold Maslouning 
“Insonga bir butun yondashuv konsepsiyasi” 
psixologik xizmat jarayonida insonni 
tushunish va ijtimoiy motivatsion 
rivojlantirish muammosi us9 tida tadqiqotlar 
olib borilishi uchun muhim ahamiyat kasb 
etadi. Maslouning fikricha, insonning barcha 
tug‘ma potensial imkoniyatlari faqatgina 
ijtimoiy shart-sharoitning yaratilishi bilan 
ro‘yobga chiqishi va kamol topishi mumkin                     •
Albatta, mazkur fikrlaming nechog‘lik 
haqiqat ekanligini bugungi kunda har bir 
insonning o ‘ziga xos va uning ijtimoiy 
taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi 
imkoniyatlari ko‘lamini o ‘rganish hamda 
tarbiyalashni asosiy vazifa qilib olgan 
psixologik xizmatning tashkil etilishini 
muntazam kuzatishlarimiz natijalari 
tasdiqlab turibdi.                     •
Psixologik xizmat metodologiyasini yaratishda 
insonning hissiy holatini tushunish va uning o ‘z 
mehnati mahsullaridan ijtimoiy qoniqish 
jarayonini tahlil qilish, rivojlantirishga bag 
‘ishlangan ayrim tadqiqotlarning o‘mi hamda 
istiqboliga ham alohida e ’tiborni qaratish lozim. 
Masalan, F. Xersberg va uning izdoshlari 
tomonidan mehnat faoliyatini tashkil etishdagi 
emotsiogen farqlanish mexanizmlari tadqiq 
qilindi.                     •
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun 
individual psixologik farqlanish nazariyasining 
yaratilishini va bu borada o ‘nlab yirik 
tadqiqotlaming mavjudligini muhim 
manbalardan biri sifatida hech mubolag‘asiz 
e’tirof etish mumkin. Differensial psixologiyaning 
mahsuli bo'lgan bu yo‘nalish, dastaw al, nemis 
psixologi V.Shtern nomi bilan bevosita bogiiqdir. 
U o ‘zining 1901-yilda yozgan “Individual 
farqlanish psixologiyasi haqida'1 nomli asarida 
har bir individning o ‘ziga xos psixologik olami 
mavjudligini eksperimental tarzda tadqiq qiladi.                     •
F. Gal’ton, A. Bine, F. Lazurskiy, R. Kettell kabi 
olimlar bu sohada yangi bir yo‘nalishni kashf 
qildilar. Shundan so‘ng differentsial psixologiya 
har bir individ yoki guruhdagi qiziqishlar, 
ustanovkalar, hissiy qo‘zg‘alishlarni o ‘lchash va 
farqlash obyekti sifatida maydonga chiqdi. 
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun 
ahamiyatli tomoni shundaki, har bir individ yoki 
shaxsning o ‘zigagina xos psixologik 
parametrlarini aniqlash va tegishli ilmiy 
mulohaza yurita olishga xizmat qiluvchi kompleks 
testlar, usullar, metodikalar majmuasi yaratildi.                     •
Shunga muvofiq maxsus tadqiqotlar shuni 
tasdiqlayaptiki. faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil 
etish uchun individual xususiyatlar, ayniqsa, har 
bir shaxs temperamenti hamda individual 
uslubiga ham bog‘liq. Ayniqsa, mehnat va o ‘quv 
faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil 
qilish va rivojlantirish bilan bog‘liq usullar 
majmuasining ishlab chiqilishi psixologik 
xizmatning muhim vazifasi ekanligidan 
dalolatdir                     •
V.M. Rusalov tadqiqotlarida ijtimoiy psixologiya 
uchun muhim bo‘lgan hamkorlik faoliyati 
muvaffaqiyati ma'lum jihatlari bilan individual 
uslub imkoniyatlariga ham bog‘liq ekanligi qayd 
etilib, “xolerik” temperamentli kishi bilan sherik 
bo‘lib ishlashga qaraganda “flegmatik’’ va 
“melanxolik” bilan birgalikda ishlash ancha 
samarali boMishi empirik ma'lumotlar asosida 
aniqlandi. Demak, muassasadagi amaliy psixolog 
har bir shaxs faoliyati hamkorligini tashkil etish 
jarayonida ushbu imkoniyatlarni hisobga olishi 
orqali ijtimoiy-psixologik yutuqlarga erishishi 
mumkin                     •
Bunday shart-sharoit esa har bir shaxsning 
umurniy va maxsus in d iv id u al im k o n iy a tla 
ri k o ‘larnini ijtim o iy -p six o lo g ik jih a tdan 
tahlil qilish va tobora kamol toptira borish 
yoMlarini izlash asosidagina qaror toptirilishi 
mumkin. Shunga muvofiq, shaxs va faoliyat 
uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi 
ijtimoiy psi15 xologik muhofaza omili sifatida 
“muvaffaqiyatli individual uslub” omili va uni 
ifodalovchi 3 mezon :                     •
1.faoliyat va subyektiv hissiy kechinmalar 
mutanosibligi;
•
  2. faoliyat va individual imkoniyatlar 
mutanosibligi; 
•
3. faoliyat va shaxsga qo‘yilgan talablar 
mutanosibligi kabi sifatlar belgilandi va bu 
sifatlarning har bir shaxsda (o‘quvchi yoki 
ishchi-xodimda) nechog'lik tarkib topib 
borayotganligini o ‘rganish, tahlil qilish 
vazifasini psixologi                     •
1.  Psixologik  xizmat  har  bir 
shaxsning  faoliyatdan  ijtimoiy  va 
Hissiy  qoniqishjarayonini  tadqiq 
qilishga  qaratilgan  usullar  va 
uslublar  majmuasiga  asoslanishi 
lozim.                     •
2 . Psixologik xianatshaxsnmg faoliyat 
jarayonidagio'z- : o'ziga. o'zgalarga va 
faoliyatga bo'lgan nnmosabatlaridagi 
ierarxiktizim dinamikasini tadqiq 
qilishi va shu tizim asosida ijtimoiy 
psixologik muhitning yaratilishiga 
zamin hozirlay olishi bilan bog'liq 
izlanishlar ko'lamini o'z ichiga oladi .                     •
3. Psixologik xizmat jarayoni bilan 
bog'liq ijtimoiy muliim 
jvo'rsatkichlaraing tahlili liar bir 
shaxs faoliyati uchun karakterli 
bo'lgan individual farqlanish. 
individual uslub va ijtimoiy 
ustanovkaning qaror toptirilishini 
o'rganisli asosida amalga oshirilishi 
mumkin.                     •
4.  Psixologik  xizmat  jarayonini 
ijtimoiy  psixologik  muhofaza  vositasi 
sifatida  tadqiq  qilish  muammosi 
bugungi  kunda  ijtimoiy 
psixologiyaning  eng  dolzarb 
muammolaridan  biri  hisoblanadi  Va 
bu muammoni bartaraf etishda im'lu                     Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va 
vazifalari
X alqta’limitizimidagi v ao ‘rta maxsus kasb-
hunartizimidagi psixologik xizmatning maqsadi - 
shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, 
toMaqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi 
qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. 
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o ‘tkazish 
obyekti maktabgacha voshdagi bolalar, o‘quvchilar, 
maxsus o ‘quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, 
o‘qituvchilar, ota-onalar bo‘lib hisoblanadi, ulami 
alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.                     •
Psixologik xizmatning mazmuni:
•
A) psixoprofilaktika
•
  B) psixologik maoril' va ma'rifat
•
.C)psixodiagnostika. 
•
G ) psLxik rivojlantirish va pstxokorreksiya,
•
D) psLKologik konsultatsiya.                     •
Psixologik xizmatni uch nuqtayi 
nazardan qarab chiqish mumkin: 
ilmiy nuqtayi nazar, tashviqot nuqtayi 
nazar va amaliy nuqtayi nazar. Ilmiy 
nuqtayi nazar, tashviqot nuqtayi 
nazar va amaliy nuqtayi nazarlarning 
birligi psixologik xizmat predmetini 
tashkil etadi.                     •
Ilmiy nuqtayi nazar - psixologik 
xizmatning metodologik muammolarini 
ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu 
yo‘nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi 
maktab psixologik xizmatida ishning 
psixodiagnostik, psixokorreksion va 
rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish 
va nazariy asoslashga bag‘ish1angan ilmiy 
tadqiqotlarni o4kazishdan iborat.                     •
Tashviqot nuqtayi nazari xalq ta’limi 
xodimlarining psixologik bilimlardan 
foydalanishini nazarda tutadi. Bu 
yo‘nalishda asosiy harakatlantiruvchi 
shaxslar bo1 lib pedagoglar, 
metodistlar va didaktlar maydonga 
chiqadi.                     •
Amaliy nuqtayi nazarni maktab psixologlari 
amalga oshiradilar. Ularning vazifasi 
bolalaming maktab ta’limiga tayyorligini 
aniqlash, o'quvchilarning o'qish faoliyatini 
osonlashtirish,  о ‘  quvchi shaxsin i har tom 
onl ama kamol topti rish, о ‘ q uvch i lam i ng 
qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, 
rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga 
oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, 
turli xildagi “tarbiyasi qiyin” bolalar bilan ish 
olib borish kabi asosiy va zifa ni hal qilishdan 
iboratdir

PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISH • Reja: 1. T a’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va strukturasi. 2. Psixologik xizmatning predmeti maqsad va vazifalari.

Ta’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va strukturasi • M a’lumki, psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasada, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning “metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.

• Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtayi nazaridan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keladi .

• Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yo‘nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalaming tuzilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo‘lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo‘lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog‘Iiq nazariy, amaliy va empirik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ko‘lamini belgilashning bugungi kungacha nechogMik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to‘g‘ri keladi .

• G ‘arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, L. Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi (insonning faoliyat obyektiga nisbatan xuiq-atvori yoki munosabatini ongli ravishda o ‘zgartirishga asoslangan), T. Nyuxomning hamkorlik kommunikativ nazariyasi (o‘zgalarga va umumiy faoliyat obyektiga ijobiy munosabatlarni tarkib toptirishga asoslangan), C.X. Osgud va P. Tanenbaumaning “kongruentlik” (inson kognitiv tuzilishi asosidagi obyektni baholashga qaratilgan) nazariyasi, G. O lport A. Maslou. K. Rodjers kabi ijtimoiy psixologlarning gumanistik doiradagi qator tadqiqiy izlanishlari shular jumlasidandir.