Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish tartibi
Mavzu:Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish tartibi. Reja: 1.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tshkil etish. 2.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tushunchasi va usullari. 3.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qayta tashkil etish tushunchasi. 4.Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish asoslari .
Tadbirkorlik subyektining ta'rifi Tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar yoki uyushmalardir. Ular iqtisodiy resurslarni birlashtirib, mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarish va sotish orqali foyda olishni maqsad qiladilar. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi Yuridik shaxs davlat ro’yhatidan o’tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Yuridik shahsni davlat ro’yhatidan o’tkazish uni uni tashkil etishdagi yakunlovchi bosqich bo’lib hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati ni tashkil etishning shakllari 1. Ta’sis farmoyish - bu usul asosan davlat mulkiga asoslangan korxonalar tashkil etiladi. 2. Ta’sis etish usuli – bunda bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar ham tuzilishi mumkin. Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan bo’ladi. 3. Shartnomaviy ta’sis – ikki va undan ortiq ta’sischilar tomonidan o’zlarining mulkiy ulushini birlashtirish asosida ta’sis shartnomasi tuzish yo’li bilan xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining yo’nalishlari belgilanadi va tuziladi.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish
Ro'yxatdan o'tish talablari Tadbirkorlik subyektlari ro'yxatdan o'tishi uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilishlari zarur. Ro'yxatdan o'tish jarayoni talablar va hujjatlarni taqdim etishni o'z ichiga oladi, bu esa tadbirkorlikning qonuniy asosini ta'minlaydi. Litsenziya va ruxsatnomalar Ba'zi faoliyat turlari uchun litsenziya va ruxsatnomalar olish zarur. Bu jarayon, odatda, muayyan standartlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qiladi. Soliq va hisobot talablari Tadbirkorlik subyektlari soliq organlariga ro'yxatdan o'tishlari va belgilangan soliq to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirishlari kerak. Hisobotlar muntazam ravishda taqdim etilishi lozim. Qo'shimcha talablar Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari mehnat qonunchiligiga, ekologik talablar va boshqa normativ hujjatlarga ham rioya qilishlari shart.Tadbirkorlik subyektlari ga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qo ' yiladigan talablar Ushbu talablar tadbirkorlik faoliyatining qonuniyligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Nizomga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi: - Internet orqali yagona portalda .- O‘zi kelgan holda. Tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tegishlicha hujjatlarni, shuningdek davlat boji to‘langanligi to‘grisidagi ma’lumotlarni yoki belgilangan davlat boji miqdori to‘langanligi to‘grisida bank to‘lov hujjatining nusxasini taqdim etadi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tushunchasi va usullari.Tadbirkorlik huquqi subektlarini tugatish tartib taomillari O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida”gi qonunning 6-bobi yakunlovchi qoidalaridagi 49-moddasida, tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) asoslari belgilangan. Unga ko‘ra, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi .