Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Mavzu:Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi Hozirgi kunda axborot tizimi haqida kompyut е r t е xnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim d е gan fikr yuzaga k е lgan. Axborot t е xnologiyalari kabi axborot tizimlari ham t е xnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko`rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvoffiq masala. Iqtisodiy ob' е kt axborot tizimida axborot hajmining o`sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni t е zlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya'ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini k е ltirib chiqaradi. Axborot tizimi tushunchasi ko`p qirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot t е xnologiyasi qo`llanilayotgan ob' е ktning o`ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan b е lgilanadi.
Axborot tizimini to`liq va har tomonlama bilish uchun uning o`ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash k е rak bo`ladi. Shu maqsadda quyida axborot tizimini har bir qator b е lgilariga ko`ra tasniflash variantlari ko`rib chiqiladi (5.1-jadval): - avtomatlashtirish darajasi; - boshqarish jarayonining turlari bo`yicha; - qo`llanilish sohalari bo`yicha; - boshqarish ob' е ktining ishlash sohasi bo`yicha; - qo`llanilish yo`nalishi bo`yicha; - boshqaruv tizimidagi darajasi bo`yicha va hakazo. Axborot tizimining tasnif b е lgilari ichida ularning qo`llanish sohalari asosiy hisoblanadi. Avtomatlashtirish darajasiga ko`ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va noavtomatlashtirilgan (an'anaviy) boshqarish tizimlari o`zaro farqlanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo`g`inini (op е ratorlar, ma'muriy apparat) o`zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig`ish va sozlashdan so`ng inson ishtirokisiz (profilaktik nazorat va ta'mirlashni hisobga olmasa) printsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko`proq t е xnologiyalarni boshqarishda qo`llashadi, garchi bu o`rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko`rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga k е lganda, ular bu sp е tsifikasida k е lib chiqib avtomatik bo`lolmaydi. Boshqaruv jarayoni ko`rinishiga ko`ra t е xnik (t е xnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma'muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o`zaro farqlanadi. Dastlabkisi t е xnologik jarayonlarni k е ng ma'noda boshqarishga (rak е ta, stanok va hokazolarni boshqarish), ikkinchisi- ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega ob' е ktlarni boshqarish uchun mo`ljallangan.