logo

Qishloq xo`jaligi sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1100.12890625 KB
Mavzu:Qishloq xo`jaligi sohalarida 
ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari
“ Qishloq  xo‘jaligida  axborot  texnologiyalari”  fani 
qishloq,  o‘rmon  va  baliq  xo‘jaligi  ta’lim  sohasining 
bakalavrlar  tayyorlash  tizimining  muhim  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi.  Fanni  o‘rganish  vaqtida  zamonaviy  axborot 
texnologiyani  qishloq  xo‘jaligiga  qo‘llashning  asosiy  usul 
va  tamoyillari,  axborot  va  telekommunikatsiya  tizimlari 
bilan ishlash texnologiyalari, axborotlarni izlash va qayta 
ishlashning  tezkorligini  oshirish  mexanizmlari, 
axborotlarni  uzatish  va  saqlash,  axborot  manbalarining 
joylashgan  o‘rniga  bog‘liq  bo‘lmagan  xolda  ularga  kirish 
masalalari  qaraladi.  Ushbu  fan  keyinchalik  boshqa 
fanlarni  o‘rganishda,  kurs  ishi  va  malakaviy  bitiruv 
ishlarida  hamda  o‘z  kasbiy  faoliyatida  axborot 
texnologiyalardan foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi 1.  Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanning maqsadi va 
vazifalari, axborotning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni.                 Qishloq xo‘jaligi jarayonlarini 
axborotlashtirish.

Sotsial-iqtisodiy,  siyosiy-ijtimoiy  jarayonlarning  murakkablashuvi,  insoniyat 
faoliyatining  barcha  sohalaridagi  jarayonlar  dinamikasining  o‘zgarishi,  jamiyat 
uchun  muhim  bo‘lgan  axborotga  ehtiyojni  bilimlarni  o‘stirish  va  yangi  vositalarni 
rivojlantirishni  rag‘batlantirish  orqali  qondirishni  shart  qilib  qo‘ydi.  Agrosanoat 
majmuasi  o‘zining  murrakkabligi  va  echilayotgan  vazifalarining  qiyinligi  bilan 
ajralib turadi

O‘z  navbatida  axborot  texnologiyalarining  jadal  rivojlanishi,  jamiyatning  yanada 
rivojlanishiga  turtki  bo‘luvchi,  axborot  qiymatini  oshiruvchi  global  axborot 
inqilobini  o‘zida  mujassam  etadi.  Bu  esa  ta’limni  axborot  texnologiyalarga, 
telekommunikatsiya  tizimlariga,  zamonaviy  moddiy  texnik  bazaga  asoslangan 
yagona  axborot  maydoniga  olib  keladi. Axborot  eng  muhim  strategik  va  boshqaruv 
resurslaridan  biri  bo‘lib,  uni  yaratish  va  undan  foydalanish  ijtimoiy  hayotning turli 
sohalarining  samarali  rivojlanishi  va  faoliyat  ko‘rsatishi  13  uchun  zaruriy  asos 
bo‘lib xizmat qiladi.                 
O‘simliklarning  o‘sishi  va  rivojlanishiga  oid  axborotlar  rejalashtirish,  oziqlantirish, 
sug‘orish  va  shunga  o‘xshash  agrotexnik  tadbirlarda  muhim  rol  o‘ynaydi.  Sifatli 
axborotga  ega  bo‘lish  uchun  birinchi  navbatda  axborot  manbalaridan  boshlang‘ich 
axborotlarni  yig‘ish  zarur  bo‘ladi.  Axborotlashgan  jamiyat  iqtisodiy  va  ilmiy-
texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq 
xo‘jaligi  mahsulotlari  sifatini  va  mehnat  unumdorligini  oshirishga,  iqtisodiyotni 
zamonaviy  texnologiyalar  asosida  boshqarishni  takomillashtirish  hamda  istiqbolli 
ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. 

Jamiyatning  asosiy  ijtimoiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchi  sanalmish  inson  barkamolligi 
yo‘lidagi  axborotlashtirish  jarayonlari  rivojlanishning  asosiy  negizi  bo‘lib  xizmat 
qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng 
qo‘llash  bo‘yicha  malakasini  oshirishga  va  o‘zining  tuganmas  qobiliyatini  amalda 
sinab ko‘rishga katta imkoniyat tug‘diradi.                 Qishloq xo‘jaligi ob’ektning axborot 
resurslari.

Resurs - biror  narsaning zahirasini,  manbasini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodining 
har  qanday  tarmog‘i  tahlil  etilayotganida  uning  tabiiy,  mehnat,  moliyaviy,  energetik 
resurslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.

Moddiy  resurslar  jamiyat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanish  uchun 
mo‘ljallangan  mehnat  va  xom-ashyolari  majmuidir.  Masalan,  22  xom-ashyo 
materiallar,  yoqilg‘i-moylash  materiallari,  energiya,  mineral  o‘g‘itlar,  yarim  tayyor 
mahsulotlar, detallar va xakozo.

Tabiiy  resurslar  –  insonlarning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 
jamiyat  tomonidan  foydalaniladigan  ob’ektlar,  jarayonlar,  er,  suv,  tabiat  sharoitlari, 
jarayonlari, ob’ektlaridir. 

Mehnat  resurslari  –  qishloq  xo‘jaligi  korxonalarida  ishlash  uchun  kasbiy  bilimga  ega 
kishilar; Moliyaviy resurslar – davlat yoki xo‘jalik tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir. 

Energetik resurslar – energiya omillari, masalan, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, 
elektroenergiya va hokazo.                 
Axborot  resurlari  –  axborot  tizimidagi  (kutubxonalar,  arxiv,  jamg‘armalar, 
ma’lumotlar  banklari  va  hokazo)  alohida  hujjatlar  va  hujjatlarning  butun  bir 
majmuidir.  Axborot  resurslarini  axborot  tizimidagi  barcha  axborotlar  hajmi 
deb  tushunish  mumkin.  Boshqacha  aytganda,  axborot  resurslari  –  moddiy 
tashuvchi vositalarda qayd etilgan va foydalanishi uchun mo‘ljallangan barcha 
bilimlar demakdir

Axborot,  axborot  resurslari  har  doim  mavjud  bo‘lgan,  ammo  ularga  o‘z 
xususiyatiga  ko‘ra,  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  qaralmagan.  23  Jamiyat 
rivojlanib  borishi  va  texnologiyalarning  murakkablashishi  natijasida,  axborot 
hajmi  shunchalik  ko‘payib  ketdiki,  uni  boshqaruv  sohasida  qayta 
ishlamaslikning iloji bo‘lmay qoldi.                  
Boshqaruv  ierarxiyasining  paydo  bo‘lishi,  tovar  -  pul  munosabatlarining  yuzaga 
kelishi,  hisoblash  mashinalarining  yaratilishi  boshqaruv  uchun  katta  hajmdagi 
axborotlarni qayta ishlashda ushbu  qiyinchiliklarni engish  imkonini berdi. Hozirgi 
paytda  axborot  hajmining  ortishi  va  uning  murakkablik  darajasining  yuksalishi 
axborot  industriyasini  barpo  etishni  talab  etmoqda.  Axborot  mavjudligi 
mamlakatning  rivojlanishi,  tarmoqlar,  iqtisodiy  ob’ektlar  yuksalishini  belgilab 
beradi.  Axborot  strategik  resurs,  axborot  resurslari  esa  ulardan  eng  muhimi 
bo‘lib  qoldi.  Bu  zahiraning  umumiy  foydalanadigan  hajmi  yaqin  kelajakda 
davlatlarning strategik, shu jumladan mudofaa qobiliyatini belgilab beradi.                 Xo‘jalik yoki ob’ektning axborot 
resurslarini shakllantirish manbalari. 

Y u zaga  kelish  manbaiga  bog‘liq  holda  iqtisodiy  ob’ekt  doirasidagi  axborot 
resurslarini  tashkil  etuvchi  ichki  va  tashqi  axborotlar  mavjud.  Ichki  muhit  axboroti 
odatda  aniq  bo‘lib,  xo‘jalikning  moliyaviy  holatini  to‘liq  aks  ettiradi.  Uni  tahlil 
etish  ko‘pincha  standart  formallashgan  protseduralar  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Tashqi  muhit  –  iqtisodiy  ob’ektdan  tashqarida  bo‘lgan  iqtisodiy  va  siyosiy 
sub’ektlardir.  Bu  ob’ektning  mijozlar,  vositachilar,  raqobatchilar,  davlat  organlari 
va  xakozo  bilan  iqtisodiy,  ijtimoiy,  texnologik,  siyosiy  va  boshqa  munosabatlarini 
o‘z  ichiga  oladi.  Tashqi  muhit  haqidagi  axborot  ko‘pincha  taxminiy,  noaniq, 
to‘liqsiz, ziddiyatli, ehtimolli bo‘ladi.                 
Bu holatda u nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi. Iqtisodiy ob’ekt 
turli manbalardan quyidagi tashqi axborotlarni olishi mumkin: 1. 
Iqtisodiyotning ahvoli haqida umumiy axborot. Manbalar: axborot – tahliliy 
materiallar, ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, Internet resurslari. 2. 
Ixtisoslashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor bo‘yicha. 24 3. Tovarlar 
narxlari bo‘yicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jurnal va byulletenlar, 
kataloglar, Internet ma’lumotlar bazasi. 4. O‘ziga xos axborot. Turli manbalar, 
jumladan, Internet manbalari. Uni axtarishda izlab topish tizimlaridan 
foydalaniladi. 5. Davlat boshqarish organlarining axborotlari (qonunlar, 
qarorlar, soliq organlari xabarlari va hokazo).                 
Har  qanday  resurslar  kabi,  axborot 
resurslarini  ham  boshqarish  mumkin, 
lekin  ularni  miqdoriy  va  sifat  jihatidan 
baholash  metodologiyasi,  ularga  bo‘lgan 
ehtiyojni  oldindan  belgilash  hali  ishlab 
chiqilmagan,  shunga  qaramay  iqtisodiy 
ob’ekt  darajasida  axborot  ehtiyojlarini 
o‘rganish,  axborot  resurslarini 
rejalashtirish  va  boshqarish  mumkin. 
Axborot  resurslarini  boshqarish  deganda: 
har  bir  darajada  va  boshqarish  funksiyasi 
doirasida  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojlarni 
baholash;  iqtisodiy  ob’ektning  hujjat 	

aylanishini  o‘rganish,  uni 
optimallashtirish,  hujjatlar  turi  va 
shakllarini  standartlash,  axborot  va 
ma’lumotlarni  to‘plash;  ma’lumotlar 	

turlari  nomunosibligini  engib  o‘tish; 
ma’lumotlarni boshqarish tizimini yaratish 	

anglaniladi.                 Axborot hususiyatlari va unga ta’sir 
etuvchi omillar

Axborot maxsulotning har ikki xususiyatiga: iste’mol qiymatining mavjudligi (foydaliligi, qadr-
qimmati)  va  qiymatiga(ya’ni  ijtimoiy  mehnatning  ayrim  sarfiga)  ega  bo‘ladi.  Axborot  va 
tovarlar  sifatidagi  buyumasalanarsalar  ob’ektining  umumiy  va  farqli  xususiyatlari  mavjud.  Bu 
ob’ektlarning  odatdagi  mahsulot  va  moddiy  zahiralar  bilan  quyidagi  bog‘liqligi  bor:  ularga 
iste’mol  so‘rovi  mavjud;  ular  mulkiy  ob’ektlardir,  ya’ni  ularga  ega  bo‘lish,  foydalanish  va 
egalik  qilish  mumkin;  ular  aniq  ishlab  chiqaruvchilar  (ta’minotchilar)ga  ega;  ular  qiymat  va 
tegishli narxga ega; ular turli shart-sharoitlarda etkazib berilishi mumkin. 

Biroq  axborot  zahiralari  va  texnologiyalarning  o‘zaro  bir  qator  jiddiy  farqlari  mavjudki,  ular 
qatoriga  quyidagilar  kiradi:  cheklanmagan  miqdorda  sotish;  amaliy  jihatdan  yo‘q  qilib 
bo‘lmaslik;  aniq  foydalanuvchilar  shart-sharoitlariga  25  invidual  moslash  zaruriyati 
(umumtizimli  paketlardan  tashqari);  ob’ektlarni  muallif  hamrohligida  etkazib  berish 
majburiyati;  nafaqat  foydalanish,  balki  ikkilamchi  tirajlashga  ham  turli  cheklanmalar  qo‘yish 
imkoniyati;  mualliflik  yoki  ta’minotchilik  xuquqlariga  rioya  qilishni  identifikatsiyalash  (bir 
xillashtirish)ning murakkabligi; takrorlanuvchi ob’ektlarning ko‘pligi.                                  E’TIBORINGIZ 
UCHUN 
RAHMAT

Mavzu:Qishloq xo`jaligi sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari “ Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari” fani qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi ta’lim sohasining bakalavrlar tayyorlash tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Fanni o‘rganish vaqtida zamonaviy axborot texnologiyani qishloq xo‘jaligiga qo‘llashning asosiy usul va tamoyillari, axborot va telekommunikatsiya tizimlari bilan ishlash texnologiyalari, axborotlarni izlash va qayta ishlashning tezkorligini oshirish mexanizmlari, axborotlarni uzatish va saqlash, axborot manbalarining joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan xolda ularga kirish masalalari qaraladi. Ushbu fan keyinchalik boshqa fanlarni o‘rganishda, kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlarida hamda o‘z kasbiy faoliyatida axborot texnologiyalardan foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi 1. Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanning maqsadi va vazifalari, axborotning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni.

Qishloq xo‘jaligi jarayonlarini axborotlashtirish.  Sotsial-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarning murakkablashuvi, insoniyat faoliyatining barcha sohalaridagi jarayonlar dinamikasining o‘zgarishi, jamiyat uchun muhim bo‘lgan axborotga ehtiyojni bilimlarni o‘stirish va yangi vositalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish orqali qondirishni shart qilib qo‘ydi. Agrosanoat majmuasi o‘zining murrakkabligi va echilayotgan vazifalarining qiyinligi bilan ajralib turadi  O‘z navbatida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, jamiyatning yanada rivojlanishiga turtki bo‘luvchi, axborot qiymatini oshiruvchi global axborot inqilobini o‘zida mujassam etadi. Bu esa ta’limni axborot texnologiyalarga, telekommunikatsiya tizimlariga, zamonaviy moddiy texnik bazaga asoslangan yagona axborot maydoniga olib keladi. Axborot eng muhim strategik va boshqaruv resurslaridan biri bo‘lib, uni yaratish va undan foydalanish ijtimoiy hayotning turli sohalarining samarali rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi 13 uchun zaruriy asos bo‘lib xizmat qiladi.

 O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga oid axborotlar rejalashtirish, oziqlantirish, sug‘orish va shunga o‘xshash agrotexnik tadbirlarda muhim rol o‘ynaydi. Sifatli axborotga ega bo‘lish uchun birinchi navbatda axborot manbalaridan boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish zarur bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi.  Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson barkamolligi yo‘lidagi axborotlashtirish jarayonlari rivojlanishning asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirishga va o‘zining tuganmas qobiliyatini amalda sinab ko‘rishga katta imkoniyat tug‘diradi.

Qishloq xo‘jaligi ob’ektning axborot resurslari.  Resurs - biror narsaning zahirasini, manbasini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodining har qanday tarmog‘i tahlil etilayotganida uning tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.  Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat va xom-ashyolari majmuidir. Masalan, 22 xom-ashyo materiallar, yoqilg‘i-moylash materiallari, energiya, mineral o‘g‘itlar, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va xakozo.  Tabiiy resurslar – insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan ob’ektlar, jarayonlar, er, suv, tabiat sharoitlari, jarayonlari, ob’ektlaridir.  Mehnat resurslari – qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlash uchun kasbiy bilimga ega kishilar; Moliyaviy resurslar – davlat yoki xo‘jalik tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir.  Energetik resurslar – energiya omillari, masalan, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, elektroenergiya va hokazo.

 Axborot resurlari – axborot tizimidagi (kutubxonalar, arxiv, jamg‘armalar, ma’lumotlar banklari va hokazo) alohida hujjatlar va hujjatlarning butun bir majmuidir. Axborot resurslarini axborot tizimidagi barcha axborotlar hajmi deb tushunish mumkin. Boshqacha aytganda, axborot resurslari – moddiy tashuvchi vositalarda qayd etilgan va foydalanishi uchun mo‘ljallangan barcha bilimlar demakdir  Axborot, axborot resurslari har doim mavjud bo‘lgan, ammo ularga o‘z xususiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya sifatida qaralmagan. 23 Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko‘payib ketdiki, uni boshqaruv sohasida qayta ishlamaslikning iloji bo‘lmay qoldi.