QISHLOQ XO`JALIGIDA “ELEKTRON TIJORAT TIZIMI”DAN FOYDALANISH
MAVZU:QISHLOQ XO`JALIGIDA “ELEKTRON TIJORAT TIZIMI”DAN FOYDALANISH
REJA: 1:QISHLOQ XO`JALIGIDA “ELEKTRON TIJORAT TIZIMI”DAN FOYDALANISH 2:ELEKTRON TIJORAT TIZIMI AHAMIYATI 3:QISHLOQ XO`JALIGIDAN FOYDALANISH
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tgan asming 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida 887 ta jamoa xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatib, respublikada yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotining 35 foizini berar edi. Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin mulkchilikning bu shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas edi, chunki amalda ular davlat tasarrufida edi. Bunday hoi bozor iqtisodiyoti talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan tarmoqdagi davlat xo'jaliklari negizida jamoa xo‘jaliklari bosqichma-bosqich yangicha ko‘rinishda tashkil etila boshlandi. Bu o'rinda eslatib o‘tish kerakki, jamoa xo'jaliklari 1990-yillargacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ma’lum darajada o‘z hissalarini qo'shganlar. Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan paxtaning 41 foizini, g'allaning 37 foizini, sutning 36 foizini berar edi.
1:Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi tarmogining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joy larda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bogiiqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va v a lu ta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘ja!igi tarmogi sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo‘jaligi tarmogi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o‘sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmmi yanada ko‘paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur. Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishda agrar sohadagi yutuqlar nihoyatda muhimligini qayd etib, “ Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizning samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqbolimizni rejalash, xullas qanday muammo, qanday masalani koimaylik, ulaming aksariyati birinchi navbatda qishloq xo‘jaligiga borib laqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha qishloq xo‘jaligi tarmogidir”, - deb ta’kidlagan edi.
Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega boigan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik turlari hamda ular oitasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini teranlashtirish, takomillashtirish, investitsiyalarni ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalarni, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital hamda mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to iiq va samarali foydalanish yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag'batlantirish tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko‘paytirish yoilarini asoslangan holda belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ularni ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e ’tiborga olish zarur. Yuqoridagi masalalarning erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qonunqoidalarini, barcha munosabatlaming mohiyatini, sabab va oqibatlarini, tushunchalarini, ulaming qishloq xo‘jaligida qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini, kelajakda takomillashtirish yoilarini Qishloq xo‘jaligi≪ iqtisodiyoti fani o‘rganadi. ≫