AVTOMATLASHTIRILGAN ISH JOYLARI


AV T OMAT LA SHT IRILG A N ISH J OY LA RI Bajardi: G’abborov Madamin Tekshirdi: Sharipov Sh.
• Birinchi mexanik hisoblash mashinaslni yaratgan Blez Paskal bu ajoyib qurilmani otasining hisoblash ishlarini yengillashtirish maqsadida yaratgan edi. Bu bilan Paskal otasining ishini ma’lum darajada mexanizatsiyalashtirgan edi. Demak, Paskal yaratgan mexanik hisoblash mashinasi dastlabki mexanizatsiyalashtirilgan (bugungi tushunchada “avtomatlashtirilgan”) ish joyiga misol bo‘la oladi.
• Bu — inson yaratgan birinchi avtomatlashtirilgan ish joyi emas, albatta. Avtomatlashtirilgan ish joylarining tarixi ancha qadimga borib taqaladi. • Umuman, avtomatlashtirilgan ish joylari deganda, biror mehnat faoliyati samarasini oshirish va shu mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchiga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar majmuyi tushuniladi. • Masalan, kotibaning ish joyi deganda, uning o‘z vazifasini bajarishi uchun zarur bolgan vositalar, masalan, kompyuter, chop etish qurilmasi, chop etish uchun qog‘oz, stol, stul kabi bir qancha narsalarni tushunamiz. Chop etish qurilmasi hujjatlarni bir vaqtda bir necha nusxada chop etish imkonini beradi va, shuning bilan, kotiba ishini ma’lum darajada avtomatlashtiradi. Bu kabi misollarni (turli mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylarini) ko‘plab keltirishimiz mumkin.
• Turli stanoklarning yaratilishi ishchilarning mehnatini avtomatlashtirgan bo‘lsa, kompyuter bilan boshqariladigan stanok larning yaratilishi uni yanada yuqori darajaga ko‘tardi.