Beruniyning Saydana asari


Beruniyning "Saydana" asari Reja: 1. Abu Rayhon Beruniy haqida 2. "Saydana" asari haqida 3. "Saydana" asarining tilshunoslikdagi va adabiyotdagi o'rni
Abu Rayhon Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048)ning asarlari 152 ga boradi. Afsuski, bizgacha faqat 30 tachasigina etib kelgan. Ularni o‘rganish bu buyuk olimning astronomiya, matematika, fizika, minerologiya, geodeziya, jug‘rofiya, falsafa, filologiya kabi fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nihoyatda ulkan ekanini ko‘rsatadi. Biroq Beruniyning shu kungacha fanga ma’lum bo‘lgan asarlarining hammasi ham nashr etilgan va to‘la o‘rganilgan deb aytolmaymiz, ularning ayrimlari hamon qo‘lyozmaligicha qolib kelmokda. SHu sababli, ensiklopedist olim ijodining ayrim tomonlari, jumladan, tilshunoslik qarashlari etarli darajada yoritilmagan va munosib baholanmagan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan.
Saydana(Farmakognoziya) Beruniy umrining oxirgi yillarida Mahmud G‘aznaviyning vorisi Ma’dud sultonligi davrida ya’ni, 1048 yilda dorivor o‘simliklar, hayvonlar va ma’danlar tavsifiga bag‘ishlangan «Saydana» (Kitob us-saydana-fit-tibb) asarini yozdi. Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo‘lgan qarashlari mana shu asarida yaqqol namoyon bo‘ladi.