Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish
Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish Reja 1. Biologik xilma – xillik 2. Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish 3. Biologik xilma – xillikni saqlash va barqaror foydalanishning umumiy yo’li
Biologik xilma - xillik O‘zbekistonda 27 000ta nodir va yo‘qolish xavfi ostidagi turlar mavjud – ushbu bioxilma-xillikning muhofazasini yaxshilash usutvor yo‘nalishga aylanishi lozim. Butun dunyoning karantinga o‘tishidagi ajib «ijobiy oqibatlar» nafaqat yanada musaffo osmon va kamroq ifloslanishda namoyon bo‘ldi, balki yovvoyi hayvonlarning aks holda inson hukmronlik qilgan shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarda qayta paydo bo‘lishida ko‘rindi . COVID-19 bizning mavjudligimiz, harakatlarimiz va harakatsizligimiz bioxilma-xillikka bevosita ta'sir ko‘rsatishini namoyish qildi. 22 may kuni O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi Xalqaro biologik xilma-xillik kunini nishonlaydi, uning umumjahon shiori esa «Bizning qarorlarimiz - tabiatda!» bo‘ladi. Biz o‘z iqtisodiyotlarimiz va jamiyatlarimizni asta-sekinlik bilan qayta tiklar ekanmiz, Yer sayyorasidagi barcha tirik jonzotlar manfaati uchun bioxilma-xillikning yo‘qolishini kamaytirish bo‘yicha faoliyat ham O‘zbekistonda, ham butun dunyoda e'tibor markaziga aylanishi kerak.
.
.
.O‘zbekiston bizning e'tiborimizga va himoyamizga loyiq turfahil atrof-muhitdagi nodir yovvoyi tabiatga ega. Bizning bioxilma-xilligimiz yo‘qolish xavfi ostidagi ba'zi turlarni , shu jumladan Milliy Qizil kitobga kiritilgan qor qoplonini , Buxoro bug‘usini va sayg‘oqlarni o‘z ichiga oladi . BMTTDning mazkur nabotot va hayvonot dunyolarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati haqiqiy barqaror taraqqiyot nafaqat bioxilma-xillikning rivojlanishdagi o‘rnini e'tirof etishi, balki uning saqlanib qolishi uchun qulay sharoitlarni ta'minlab berishi lozimligini anglash asosiga qurilgan. BMTTD O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ilk yangi yaratilgan muhofaza qilinuvchi hududni – Quyi Amudaryo biosfera qo‘riqxonasini tashkillashtirishga yordam berdi, muhofaza qilinuvchi hududlarni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekistonning bosh rejasini, shuningdek 2019-2028 yillardagi davr uchun Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya i Harakatlar rejasini (BXSMSHR) ishlab chiqishda ko‘maklashdi.