logo

BOGIMOYOQLILAR TIPI. O’RGIMCHAKSIMONLAR SINFI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1725.517578125 KB
HAYVONLAR 
EKOLOGIYASI
BOGIMOYOQLILAR TIPI. 
O’RGIMCHAKSIMONLAR SINFI REJA:
•
BO’GIMOYOQLILARNING MORMOFOLOGIK TUZILISHI
•
BO’GIMOYOQLILARNING ANATOMIK TUZILISHI
•
BO’GIMOYOQLILARNING  VAKILLARI
•
O’RGIMCHAKSIMONLARNING TUZILISHI
•
O’RGIMCHAKSIMONLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI  ’ BOG’IMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. 
Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali 
chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha 
umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to’g’risidagi muammo 
hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad шьпш 
bo’g’imoyo й lilardan trilobitasimonlar quyi kembriy 
qatlamlaridan boshlab uchraydi.  Ordovik va silur davrida Bo’g’imoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. 
Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan 
(Bo’g’imoyoqlilar nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama 
simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin 
qoplog’ich tashqi skelet funktsiyasini ham bajaradi, unga ichki 
tomondan muskullar birikadi. Tana bo’g’imlari geteronom, ya’ni 
ularning shakli va kattaligi har xil bo’ladi.  Bo’g’imoyoqlilar tanasi, odatda, bosh, ko’krak va qorin 
bo’limlaridan iborat. Lekin ba’zan tananing turli bo’limlari o’zaro 
har xil tarzda birikib ketishi mumkin. Bo’g’imoyoqlilarning bosh 
bo’limi bosh bo’lagi — akrondan va 4 tana bo’g’imlarining 
qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ko’krak va qorin bo’limlaridagi 
bo’g’imlar har xil sistematik guruhlarda bir xil bo’lmaydi. 
Bo’g’imoyoqlilar tanasidagi har bir bo’g’im dastlab bir juftdan 
nayga o’xshash o’simtaga ega bo’lgan, keyinchalik bu o’simtalar 
jag’lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so’rg’ichlar, o’rgimchak 
bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo’qolib ketgan Bo’g’imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o’pka orqali nafas oladi. 
Birlamchi ovqat hazm qilish sistemasi ektodermadan hosil 
bo’lgan oldingi va keyingi ichakdan, endodermadan hosil bo’lgan 
o’rta ichakdan hamda ular bilan bog’langan so’lak va hazm 
bezlaridan iborat. Ayirish organlari kelib chiqishi va funktsiyasiga 
ko’ra, halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o’xshash 
bo’lgan antennal, koksal va maksillar bezlar — tselomoduklardan 
yoki ichak o’simtalari — malpigi naychalaridan iborat . Qon aylanish sistemasi ochiq, qon aylanish organlari har xil 
darajada rivojlangan. Nerv sistemasi gangliylarning qo’shilishidan 
hosil bo’ladigan bosh miya va qorin nerv zanjiridan iborat. Qorin 
nerv zanjiridagi nerv gangliylari tana bo’g’imlarining o’zgarishiga 
mos holda turli darajada kontsentrasiyalashgan bo’ladi. Ko’pchilik 
Bo’g’imoyoqlilarning yaxshi rivojlangan sezgi organlari, jumladan 
murakkab fasetkali ko’zlari, har xil mexano va xemoreseptorlari, 
eshitish, muvozanat saqlash, ovoz chiqarish organlari bo’ladi. Deyarli barcha Bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli. Jinsiy dimorfizm yaxshi 
rivojlangan. Jinsiy yo’l bilan (ba’zan partenogenez) ko’payadi. 
Ko’pchilik turlari metamorfoz orqali rivojlanadi. Qattiq tana 
qoplog’ichi Bo’g’imoyoqlilarning o’sishiga to’sqinlik qiladi. Shuning 
uchun Bo’g’imoyoqlilar faqat eski xitin qoplog’ichni tashlash (tullash), 
yangi xitin pust hosil qilish orqali o’sadi. Tana bo’shlig’i aralash tipda 
(miksosel). Muskullari to’pto’p bo’lib joylashgan. Ko’pchilik 
Bo’g’imoyoqlilarning yuragi naysimon, ko’p kamerali, qoni tana 
suyuqligiga o’xshash bo’lib, gemolimfa deyiladi.   Bo’g’imoyoqlilar tipi 4 ta kenja tip: trilobitasimonlar (qazilma 
holda uchraydigan yagona trilobitlar sinfi), jabra bilan nafas 
oluvchilar (yagona qisqichbaqasimonlar sinfi), xeliseralilar 
(qilichdumlilar, o’rgimchaksimonlar sinflari), traxeyalilar 
(ko’poyoqlilar, hasharotlar sinflari) ga bo’linadi. 2 millionga yaqin 
turi bor. Yerda mavjud bo’lgan hamma yashash muhitlarini 
egallagan. Bo’g’imoyoqlilarning quruqlikda yashashga va havoda 
uchishga moslanishi hayvonot dunyosida sodir bo’lgan eng 
muhim o’zgarishlardan biri hisoblanadi.   Bo’g’imoyoqlilar biosferada beqiyos katta 
ahamiyatga ega. Ko’pchilik ekosistemalardagi tirik 
organizmlarning asosiy qismini tashkil etishi, 
xilmaxil oziqlanishi tufayli Bo’g’imoyoqlilar 
tabiatda moddalar aylanishi jarayonini amalga 
oshiradi. Bo’g’imoyoqlilar oziq-ovqat va kiyim-
kechak uchun xom ashyo manbai sifatida ham 
katta ahamiyatga ega.   O’pka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — malpigi 
naychalari va koksal bezlar. Ko’pchilik O’rgimchaksimonlarda zahar 
bezlari bor. Ayrim jinsli, tuxum qo’yadi, ayrim turlari (chayonlar) tirik 
tug’adi. 60000 ga yaqin turi bor; kanalar, chayonlar, telifonlar, Frinlar, 
tartaridlar, palpigradlar, fisinuleylar, soxta chayonlar, solpugalar, 
pichano’rarlar, o’rgimchaklar turkumlariga bo’linadi .  O’rgimchaksimonlar keng tarqalgan, ko’pchiligi 
quruqlikda yashaydi; kanalar va o’rgimchaklar orasida 
ikkilamchi marta suvda yashashga o’tgan turlari bor. 
Ko’pchiligi yirtqich, har xil umurtqasizlar bilan 
oziqlanadi. Bir qancha turlari parazit (kanalar) va 
o’simlikxo’r (o’rgimchakkanalar). O’zbekiston hududida 
kanalar, chayonlar, solpugalar va o’rgimchaklarning bir 
necha yuz turi tarqalgan. O’rgimchaksimonlar quruqlikda yashashga moslashgan bo’qimoyo’qlilar 
bo’lib, hozir ularning 36000 dan ko’proq turi ma’lum. Ko’pchilik 
o’rgimchaksimonlarning tanasi boshko’krak va qorindan iborat ikki 
bo’limga bo’linadi. L е kin ular orasida tanasi yaxlit bo’lgan kanalar ham 
bor. O’rgimchaksimonlar o’pka yoki havo o’tkazuvchi maxsus naychalar-
trax е yalar yordamida nafas oladi. Ularning og’iz organlari bir juftdan 
x е litseralar va p е dipalpalardan iborat. X е litserasi uchi tirnoqqa o’xshash 
o’tkirlashgan bo’lib, o’ljasi terisini t е shish uchun xizmat qiladi. P е dipalpa 
(oyo’qpaypaslagich) lar ustki qismi tuyg’u, asosiy bo’g’imi esa jag’ 
vazifasini bajaradi. Yurish oyo’qlari 4 juft bo’ladi. Bosh qismidagi 
oyo’qpaypaslagichlari tuyg’u vazifasini bajaradi. Ularning mo’ylovlari va 
murakkab fas е tkali ko’zlari bo’lmaydi. Ko’rish organi bir n е cha juft oddiy 
ko’zchalardan iborat. O’rgimchaksimonlarning tipik vakili butli 
o’rgimchak hisoblanadi But li o’rgimchak  tanasi bir-biridan aniq ajralib turadigan yaxlit bosh, 
ko’krak va qorin  qismlarga bo’lingan. Boshida to’rt juft oddiy 
ko’zchalari bo’ladi. O’rgimchakning boshi va ko’zlari harakatsiz 
bo’lganligi uchun bu ko’zlar turli tomonga qarab yo’nalgan va t е varak 
atrofdagi buyumlarning hammasini ko’ra oladi. Boshining pastki 
qismida og’zi joylashgan. Og’iz organlarining birinchi jufti x е litseralar,  
ya'ni yuqorigi jag’lari egilgan naychaga o’xshash bo’lib, o’tkir uchli 
tirnoqlar bilan tugaydi. Jag’larning asosida bitta zahar b е zi joylashgan. 
Jag’larning ichidan o’tgan naycha zahar b е zi bilan bog’langan. Zahar 
b е zlari ishlab chiqargan s е kr е t o’ljasini o’ldirish va dushmandan o’zini 
himoya qilish uchun zarur. Jag’larning ostida joylashgan bir juft og’iz 
organlari paypaslagichlar d е yiladi. Ular ko’rinishidan yurish oyo’qlariga 
o’xshash bo’lib, mayda tuklar bilan qoplangan. Tuklar tuyg’u vazifasini 
bajaradi. Ko’krak qismi bosh bilan qo’shilib kyetgan; unda to’rt juft 
oyo’qlari joylashgan .  Naf as olishi.  Butli o’rgimchak o’pka va trax е ya orqali nafas oladi. 
Qorin qismining pastida bir juft nafas t е shiklari o’pka bilan 
bog’langan. T е shiklar maxsus qopqoqchalar bilan yopilgan. 
O’pkasi bir juft xaltachaga o’xshash, xaltachada bargsimon mayda 
o’simtalar bor. Bu o’simtalarning yupqa d е vori orqali gazlar 
almashinuvi sodir bo’ladi. Trax е yalar qorin qismidagi havo 
tashuvchi tarmoqlangan naychalardan iborat. Bu naychalar 
o’rgimchak qorin qismining ostki tomoniga yaqin joylashgan, 
t е shikchalar (stigmalar) orqali atmosfera havosi bilan bog’langan. A y irish sist е masi.  Ayirish sist е masi bir juft shoxlangan malpigi 
naychalaridan tborat. Malpigi naychalari ichak bo’shlig’iga (o’rta 
va orqa ichak ch е garasida) ochiladi. Ayirish mahsuloti 
kristalchalar shaklidagi qattiq moddadan iborat. O’rgimchaklar 
suvni juda t е jab sarflashi tufayli quruqlik muhitiga yaxshi 
moslashgan.O’rgimchaklar qon aylanish va nerv sist е masi 
qisqichbaqasimonlarnikiga bir muncha o’xshash bo’ladi . K o’payishi va rivojlanishi.  O’rgimchaksimonlar ayrim jinsli. 
O’rgimchaklarning  urg’ochisi erkagidan yirik bo’ladi. Erkigi oyo’q 
paypaslagichlarining uchi to’g’nog’ichsimoH-yumaloq shaklda, 
urg’ochilarida esa ipsimon bo’ladi. O’rgimchaklar yozning oxirida 
juftlashadi. Urug’langan urg’ochi o’rgimchak kuz kirishi bilan pilla 
ichiga tuxum qo’ya boshlaydi. Bahorda shu tuxumlardan yosh 
o’rgimchaklar chiqadi. Bir qancha vaqt o’tganidan k е yin ular 
o’rgimchak iplarida shamol yordamida uchib, t е varak-atrofga 
tarqaladi va mustaqil hayot k е chira boshlaydi. O’rgimchaklar 
o’zgarishsiz rivojlanadi.   104 GURUH
• 1.NORMAMATOVA KAMOLA
•
TEKSHIRDI: NARZULLAYEV S . •
E’TIBORINGIZ 
UCHUN RAHMAT

HAYVONLAR EKOLOGIYASI BOGIMOYOQLILAR TIPI. O’RGIMCHAKSIMONLAR SINFI

REJA: • BO’GIMOYOQLILARNING MORMOFOLOGIK TUZILISHI • BO’GIMOYOQLILARNING ANATOMIK TUZILISHI • BO’GIMOYOQLILARNING VAKILLARI • O’RGIMCHAKSIMONLARNING TUZILISHI • O’RGIMCHAKSIMONLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

’ BOG’IMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to’g’risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad шьпш bo’g’imoyo й lilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi.

Ordovik va silur davrida Bo’g’imoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan (Bo’g’imoyoqlilar nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog’ich tashqi skelet funktsiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi. Tana bo’g’imlari geteronom, ya’ni ularning shakli va kattaligi har xil bo’ladi.