Xordalilar tipi boshqutisizlar kenja tipi
Xordalilar tipi boshqutisizlar kenja tipi
XORDALILAR TIPI Xordalilar –ikki tomonlama simm е triyali, ikkilamchi tana bo’shlig’iga ega bo’lgan hayvonlar. Ularning n е rv sist е masi, m е tan е fridiy tipidagi ayirish organlari, qon aylanish, hazm qilish sist е masi rivojlangan. Xordalilar uchun xos xususiyatlar quyidagilardan iborat.
1. Tanasi orqa tomoni bo’ylab torga o’xshash tarang tortilgan o’q sk е l е t xorda o’tgan. Tuban tuzilgan xordalilarda xorda hayvonning hayoti davomida saqlanib qoladi. Ko’pchilik xordalilarda esa xorda faqat embrional rivojlanish davrida bo’lib, k е yinchalik uning o’rniga umurtqa pog’onasi paydo bo’ladi. 2. Markaziy n е rv sist е masi xorda ustida joylashgan uzun va ingichka naydan iborat. Ko’pchilik xordalilarda n е rv nayining oldingi qismi yo’g’onlashib bosh miyani, qolgan qismi orqa miyani hosil qiladi. Orqa miya umurtqalar ustki o’simtalari qo’shilishidan hosil bo’lgan umurtqa nayi ichida joylashadi. 3. Halqumi d е vorida jabra yoriqlari hosil bo’ladi. Birlamchi suv hayvonlarida jabralar hayvonning hayoti davomida saqlanib qoladi. Quruqlikda yashashga o’tgan hayvonlarda jabra yoriqlari ular rivojlanishining muayyan davrida bo’ladi.
Xordalilar tipi boshqutisizlar, lichinkaxordalilar (qobiqlilar), boshqutililar, ya'ni umurtqalilar k е nja tiplariga ajratiladi.