logo

BOSIM TIRIK ORGANIZMLAR HAYOTIDA

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

714.21484375 KB
BOSIM TIRIK ORGANIZMLAR HAYOTIDA •
Sayyoramizni o‘rab turgan 
havo qobig‘i – atmosfera 
Yerning yuzasiga va undagi 
barcha jismlarga ma’lum 
kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu kuch atmosfera bosimi 
deb ataladi. Dengiz sathidagi 
o‘rtacha atmosfera bosimi 
inson uchun qulay bo‘lib, 
normal bosim deyiladi. 
Normal bosim qiymati 760 
mm simob ustuniga teng. ATMOSFERA BOSIMI BALANDLIKKA KO‘TARILGAN SARI O‘ZGARADI. 
5000 METR YUQORIDA ATMOSFERA BOSIMI DENGIZ SATHIDAGI 
BOSIMDAN IKKI BARAVAR PAST. SHUNING UCHUN BALAND 
TOG‘LARGA KO‘TARILGAN ODAM NAFAS OLISHGA QIYNALADI. 
MAXSUS TAYYORGARLIKDAN O‘TMAGAN SAYYOHLAR TEZ 
CHARCHASH, NAFAS QISILISHIDAN AZIYAT CHEKADILAR Siklon (past bosim) va antisiklon (yuqori bosim) almashinuvi tez-tez takrorlansa, inson 
salomatligida muammolar yuzaga keladi. Siklon vaqtida havo tarkibidagi kislorod 
miqdori kamayadi, karbonat angidrid miqdori esa ortadi. Bunday ob-havo qon bosimi 
past insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu toifadagi insonlarda kislorod yetishmovchiligi oqibatida quyidagi belgilar 
kuzatiladi: qonning oqish tezligi, puls susayadi; nafas olish qiyinlashadi, bosh 
aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik yuzaga keladi. Atmosfera bosimi pasayganida qon 
bosimi past insonlarga quyidagi tavsiyalar beriladi: dush qabul qilish, ko‘proq suyuqlik 
ichish, to‘yib uxlash.
Antisiklon vaqtida esa qon bosimi yuqori insonrlarning yurak urishi tezlashadi, boshi 
og‘riydi, holsizlanadi. Bunday insonlar atmosfera bosimining o‘zgarishi tufayli sodir 
bo‘lish ehtimoli bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishni bilishlari lozim     •
Bosim – biror jismning 
boshqa jism sirtiga 
ko‘rsatadigan kuchi. Bu 
kuch jism yuzasiga bog‘liq. 
Yuza qancha kichik bo‘lsa, 
bosim kuchi shuncha katta 
bo‘ladi. Mittigina chivin 
xartumchasi va ari 
nayzasining yuzasi xuddi 
ignaning uchi kabi juda 
kichik. Ular odam yoki 
hayvonlar terisiga 
sanchilganda katta bosim 
ko‘rsatadi va terini teshadi. •
Qumli cho‘llarda 
yashovchi tuyalarni juda 
yaxshi bilasiz. Ularning 
keng yuzali tuyoqlari 
qumga botib ketmaydi. 
Chunki oyoqlarning keng 
yuzali bo‘lishi sirt 
maydonini oshiradi va 
bosim kuchini kamaytiradi. 
Bu moslanish tuyalarning 
qumda yuqori tezlikda 
harakatlanishlariga imkon 
beradi. •
Baliqlar suzgich pufagining asosiy 
vazifasi suzuvchanlikni ta’minlashdir: 
u baliq tanasi zichligini suv zichligiga 
yaqinlashtiradi. Natijada baliq ma’lum 
chuqurlikda turishi uchun energiya 
sarflashi shart emas.  Baliq suv ostiga 
tusha boshlaganda suvning  bosimi 
ortishi tufayli pufak ichidagi gazlar 
siqilib, pufak kichiklashadi, natijada 
baliq yanada pastga tushadi. Baliq 
yuqoriga ko‘tarilganda pufak 
kengayadi, tanasi zichligining 
kamayishi tufayli baliq suv yuzasiga 
chiqadi. TOPSHIRIQLAR
•
1. Mavzuni o`qish
•
2. Rasmlarni chizib kelish
•
3. Muhim ma’lumotlarni yozish
•
4. savollarga javob yozish •
1. Qaysi hayvonlar qumda yuqori 
tezlikda harakatlana oladi?
•
2. Akulalarda suzish pufagi 
bo‘lmaydi. Ular suv yuzasiga 
ko‘tarilish uchun qanday yo‘l 
tutadilar?

BOSIM TIRIK ORGANIZMLAR HAYOTIDA

• Sayyoramizni o‘rab turgan havo qobig‘i – atmosfera Yerning yuzasiga va undagi barcha jismlarga ma’lum kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi. Bu kuch atmosfera bosimi deb ataladi. Dengiz sathidagi o‘rtacha atmosfera bosimi inson uchun qulay bo‘lib, normal bosim deyiladi. Normal bosim qiymati 760 mm simob ustuniga teng.

ATMOSFERA BOSIMI BALANDLIKKA KO‘TARILGAN SARI O‘ZGARADI. 5000 METR YUQORIDA ATMOSFERA BOSIMI DENGIZ SATHIDAGI BOSIMDAN IKKI BARAVAR PAST. SHUNING UCHUN BALAND TOG‘LARGA KO‘TARILGAN ODAM NAFAS OLISHGA QIYNALADI. MAXSUS TAYYORGARLIKDAN O‘TMAGAN SAYYOHLAR TEZ CHARCHASH, NAFAS QISILISHIDAN AZIYAT CHEKADILAR

Siklon (past bosim) va antisiklon (yuqori bosim) almashinuvi tez-tez takrorlansa, inson salomatligida muammolar yuzaga keladi. Siklon vaqtida havo tarkibidagi kislorod miqdori kamayadi, karbonat angidrid miqdori esa ortadi. Bunday ob-havo qon bosimi past insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu toifadagi insonlarda kislorod yetishmovchiligi oqibatida quyidagi belgilar kuzatiladi: qonning oqish tezligi, puls susayadi; nafas olish qiyinlashadi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik yuzaga keladi. Atmosfera bosimi pasayganida qon bosimi past insonlarga quyidagi tavsiyalar beriladi: dush qabul qilish, ko‘proq suyuqlik ichish, to‘yib uxlash. Antisiklon vaqtida esa qon bosimi yuqori insonrlarning yurak urishi tezlashadi, boshi og‘riydi, holsizlanadi. Bunday insonlar atmosfera bosimining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishni bilishlari lozim