Ontogenez – tirik organizmlarning individual rivojlanishi
Mavzu: Ontogenez – tirik organizmlarning individual rivojlanishi
Rej a: 1. Lichi nk al i r iv oj l ani sh 2. Ga st r ul at si y a 3. Post em br i onal r iv oj l ani sh da vr i
• Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketmaket sodir bo‘ladigan morfologik, fi ziologik, biokimyoviy oʻzgarishlar majmuyi individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton – mavjudot, genezis– rivojlanish so‘zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866- yilda E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan.
• Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivojlanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi farqlanadi .
• Lichink ali riv ojlanish . Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik moddasi kam bo‘lgan organizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va amfi biylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z tuzilishi bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi.