Bozor iqtisodiyotida biznes maqsadlari, o’ziga xoslik va shakllari
Mav zu:Bozor iqt isodiy ot ida biznes maqsadlari, o’ziga xoslik v a shak llari
Reja: 1. Bozor iqtisodiyotida biznesning asosiy maqsadlari. 2. Bozor iqtisodiyotida biznesning o’ziga xos usullari. 3. Bozor iqtisodiyotida biznesning shakllari.
1.Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. ʻ Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo jalik emas, balki tovar xo jaligi ʻ ʻ hukmron bo ladi. ʻ 1
Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik bo lib, u ʻ tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta minlovchi ʼ mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi.
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos rivojlanish mexanizmi bor, u iqtisodiy stimullarga, ya’ni kishilarni to’q va xotirjam yashash, obro’ga ega bo’lish, hayotda o’z o’rnini topish kabi manfaatlarini yuzaga chiqarishga asoslanadi.