logo

Buyuk Britaniya muzerlari

Загружено в:

09.12.2024

Скачано:

0

Размер:

753.6982421875 KB
Buyuk  Britaniya 
muzerlari 
Reja
1.London muzeyi  Britaniya muzeyi — jahondagi eng yirik muzeylardan, 
Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi. 1753-yilda 
asos solingan, 1759-yildan ishga tushgan (binosi ingliz 
soʻnggi klassitsizmi uslubida qurilgan, 1823—47, 
meʼmor Robert Smirke; toshlar yigʻimi), Yevropa, Osiyo, 
Afrikaning Oʻrta asrlar sanʼati yodgorliklari (arab, Eron, 
Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), 
shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, 
medallar toʻplangan. Muzeyning etnografiya boʻlimidan 
Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy 
yodgorliklari keng oʻrin olgan.  Rozett toshi — 1799-yil Misrda, 
Aleksandriyadan uzoq boʻlmagan, 
Rozetta (hozirda Rashid) 
shahridan topilgan granit plita. 
Unda maʼno jihatidan bir xil 3 ta 
matn bitilgan. Shulardan ikkitasi 
qadimgi misr tilida, bittasi 
qadimgi grek tilida.
Qadimgi grek tili lingvistlarga 
yaxshi tanish boʻlgan va ushbu 3 ta 
matnni taqqoslash bilan misr 
Iyerogliflarini oʻrganish 
boshlanadi. 1802-yildan Rozett 
toshi Britan muzeyida saqlanadi. Britaniya muzeyi o‘z tarixidagi 
eng qimmat sovg‘aga ega 
bo‘ladi — qiymati 1 milliard 
funt sterlingni tashkil 
etadigan Xitoy chinnilari 
muzey kolleksiyasidan o‘rin 
oladi,
1,7 mingta buyum o‘z ichiga 
oladigan jamlanma Xitoy tarixi 
bilan qiziqqan va ushbu davlat 
tilini yaxshi o‘rgangan 
britaniyalik biznesmen 
Persival Devid fondi vasiylari 
tomonidan topshiriladi.   Hozirgi muzeyning kelib chiqishi 1852-yilda shahar 
kutubxonalar va muzeylarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qonun 
qabul qilinishi bilan bogʻliq boʻlib, qonun doirasida Viktoriya 
maydonida shaharning birinchi kutubxonasi ochilishida 
boʻlib oʻtdi. Bu hududda hozirda Umummilliy qurilish 
jamiyati joylashgan. Oʻsha paytda shaharda muzey yaratish 
uchun jamoat kolleksiyasi yoʻq edi. Birinchi sovgʻa toʻplami 
1853-yilda kutubxonaning ochilish yilidagi qazilma qoldiqlari 
boʻlgan. Muzey kolleksiyalari asta-sekin oʻsib bordi va 1876-
yilga kelib ilmiy namunalar va etnografik ob’ektlarning bir 
nechta toʻplamiga ega boʻldi, kolleksiyalar oʻsib borishi bilan 
alohida muzey tashkil etilishi jamoatchilik tomonidan 
qoʻllab-quvvatlandi, ammo mahalliy hokimiyat 
oʻzmablagʻlarini bu maqsadda ishlatishga hali tayyor emas 
edi.  Amudaryo xazinasi yoki Oʻkuz xazinasi – miloddan 
avvalgi IV-II asrlarga oid zargarlik buyumlari majmuasi. 
1877-yil Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga 
quyilish joyi bo`lgan Taxtiqubod kechuvi yaqinida 
topilgan. 179 ta oltin va 7 ta kumush buyumlar hamda 
oʻsha davrlarda zarb qilingan 1500 ta kumush va chaqa 
(asosan miloddan avvalgi IV asr oxiri – II asr boshlari) 
tangalardan iborat. Oltin zeb-ziynatlar, bilaguzuk, uzuk, 
zirak, marjon, boʻyintumor, toʻqa va muhrlar hamda 
odam, kiyik, echki, gʻoz, baliq va boshqa jonivorlarning 
quyma oltin haykalchalari, shuningdek, oltindan 
yasalgan ot-aravacha, jomchalar ham bor. Buyumlarni turli davr ustalari 
ishlagan boʻlib, ahamoniylar, 
mahalliy yunon-baqtriya va 
saklar madaniyatiga mansub. 
Oltin va kumush tangalarda 
makedoniyalik Iskandar, 
salavkiylar hamda Yunon-
Baqtriya davlati hukmdorlari 
Diodot va Yevtidemlar nomlari 
zarb qilingan. Ular Afgʻoniston va 
Hindiston orqali Londondagi 
Britaniya muzeyiga (1897) olib 
ketilgan.  Buyumlardagi naqshlar va quyma haykalchalar 
skiflarning „Podsho maqbaralari“dan topilgan oltin va 
kumush buyumlaridagi jangchi va hayvon tasvirlariga 
oʻxshab ketadi. Bu Gerodotnit „saklar Qora dengiz 
boʻylarida yashovchi skiflar bilan yaqin“ degan 
maʼlumotini tasdiqlaydi. Amudaryo xazinasi Kichik 
Osiyo, Eron va Turonni qamrab olgan ulkan hududlarda 
miloddan avvalgi V-IIIasr larda yashagan xalqlarning 
ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayoti bilan 
chambarchas bogʻliq boʻlgan nodir yodgorlikdir.

Buyuk Britaniya muzerlari Reja 1.London muzeyi

Britaniya muzeyi — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi. 1753-yilda asos solingan, 1759-yildan ishga tushgan (binosi ingliz soʻnggi klassitsizmi uslubida qurilgan, 1823—47, meʼmor Robert Smirke; toshlar yigʻimi), Yevropa, Osiyo, Afrikaning Oʻrta asrlar sanʼati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar toʻplangan. Muzeyning etnografiya boʻlimidan Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy yodgorliklari keng oʻrin olgan.

Rozett toshi — 1799-yil Misrda, Aleksandriyadan uzoq boʻlmagan, Rozetta (hozirda Rashid) shahridan topilgan granit plita. Unda maʼno jihatidan bir xil 3 ta matn bitilgan. Shulardan ikkitasi qadimgi misr tilida, bittasi qadimgi grek tilida. Qadimgi grek tili lingvistlarga yaxshi tanish boʻlgan va ushbu 3 ta matnni taqqoslash bilan misr Iyerogliflarini oʻrganish boshlanadi. 1802-yildan Rozett toshi Britan muzeyida saqlanadi.

Britaniya muzeyi o‘z tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi — qiymati 1 milliard funt sterlingni tashkil etadigan Xitoy chinnilari muzey kolleksiyasidan o‘rin oladi, 1,7 mingta buyum o‘z ichiga oladigan jamlanma Xitoy tarixi bilan qiziqqan va ushbu davlat tilini yaxshi o‘rgangan britaniyalik biznesmen Persival Devid fondi vasiylari tomonidan topshiriladi.