Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
• Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning shimoli-g‘arbidagi Britaniya orollarida joylashgan. Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismini Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqi tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakat tarkibiga bir nechta maydaroq orollar ham kiradi. Birlashgan Qirollik qirg‘oqlari Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. La-Mansh bo‘g‘izi Buyuk Britaniyani Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘idan ajratib turadi. Quruqlikda mamlakat faqat Irlandiya Respublikasi bilan chegaradosh.
• Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning 15 taga yaqin dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari bor. Ularning katta qismi Karib dengizidagi orollarda joylashgan. Yevropa qit’asidagi yagona mustamlaka hudud – Gibraltar ham Birlashgan Qirollikning dengizorti hududi hisoblanadi. Ammo rasman hech qaysi dengizorti hududi Birlashgan Qirollik tarkibiga kirmaydi.