logo

CHORVACHILIK

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9126.8212890625 KB
CHORVACHILIK Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм Qishloq xo‘jaligining  chorvachilik tarmog‘i:  qoramol-chilik, qo‘ychilik, 
pillachilik, yilqichilik va parranda-chilikka bo‘linadi. Unga asalarichilik, 
cho‘chqachilik va baliqchilik ham kiritiladi.  Qishloq xo‘jalik yerlarining 2/3 qismidan chorvachilikda foydalaniladi. Mamlakatimizning dasht va cho‘llaridagi o‘tloq va butazorlar qorako‘l 
qo‘ylari va tuya boqish uchun qulay. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida 
anchagina sero‘t yaylovlar bor. Bu mintaqalarda qo‘y, mayin junli echki, go‘sht-sut uchun qoramol boqiladi 
hamda yilqichilik rivojlangan. Chorvachilik paxtachilik bilan ko‘p tomonlama bog‘liq. Buni fermer 
xo‘jaliklarda paxtachilikdan olinadigan (kunjara, sheluxa singari)  ozuqa 
yemdan foyda lanishda yaqqol  ko‘rish mumkin. 
kunjara
sheluxa Paxtani beda va  jo‘xori bilan almashlab ekish go‘sht-sutnchorvachiligini 
ozuqa bilan ham  ta’minlaydi. Mamlakatimizda  qo‘y va echkilar ning umumiy soni 16 mln dan ortiq, 
ularning asosiy qismi qorako‘l qo‘ylardir (59-rasm).  Qorako‘l qo‘ylari (Toshkent,Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan 
tashqari) barcha viloyatlarda boqiladi. Ulardan asosan teri, jun hamda go‘sht 
olinadi.  Echkilar respublikaning deyarli barcha viloyatlarida, asosan, mayin tivit va 
jun uchun boqiladi (60-rasm). Qoramol   ham barcha viloyatlarda boqiladi. Qoramollar go‘sht va sut 
mahsulotlarini olish maqsadida boqiladi.  Mamlakatimizda qoramollarning jami soni 9,6 mln boshdan 
ortiq. Yilqilar  Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda 
boqiladi. Ularning soni 150 ming boshga yaqinlashadi.
1
234 Ilgari paxtachilikdagi ko‘pgina yumush (yuk tashish, paxtaga ishlov berish va 
hokazo)larni bajarishda otlardan foydalanilgan. Zero, yilqichilik bilan 
paxtachilik o‘zaro aloqador bo‘lgan. Bu ishlar endilikda texnika vositasida bajarilayotganligi tufayli bugungi 
kunda otlar turli sport o‘yinlari, shaxsiy xo‘jalikda foydalanish, go‘sht va 
qimiz olish maqsadida boqilmoqda.  Cho‘llarda tuya boqiladi. Tuyadan ishchi hayvon sifatida foydalaniladi, 
shuningdek, ulardan jun, sut olinadi.
Baqtriya tuyasi Dromedar tuyasi Pillachilik   ham mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining eng qadimgi 
tarmoqlaridan biri bo‘lib, paxtachilik bilan bog‘liq.  Ipak qurtining ozuqasi – tut daraxti paxta paykallari chekkalarida, ariq va 
kanallar hamda yo‘l yoqalarida o‘stiriladi. Tut daraxti g‘o‘zani kuchli 
shamoldan, ariq va kanallar qirg‘og‘ini yuvilishdan saqlaydi.  Pillachilikning paxtachilik bilan bog‘liqligi shu bilangina cheklanmaydi. 
Ma’lumki, ipak qurti aprel–may oylarida boqiladi. Bu vaqtda paxtachilikda 
ishlar kamayib, bo‘shagan ishchi kuchidan qurt boqishda foydalaniladi. Parrandachilik   inkubator stansiyalari, go‘sht va tuxum yetishtirishga 
ixtisoslashgan parrandachilik fermalarida tashkil etilgan. Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida, Qoraqal-pog‘iston 
Respublikasining ko‘l va suv omborlarida baliq urchitilmoqda hamda suv 
parranda fermalari tashkil etilmoqda.  Suv havzalarida, daryo bo‘ylarida qimmatbaho mo‘ynali kichik hayvonlar – 
nutriya va ondatra qo‘riqxonalari tashkil etilgan.
nutriya
ondatra Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” nashriyoti – 
Toshkent – 2014,2019 /  www.eduportal.uz

CHORVACHILIK Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Qishloq xo‘jaligining chorvachilik tarmog‘i: qoramol-chilik, qo‘ychilik, pillachilik, yilqichilik va parranda-chilikka bo‘linadi. Unga asalarichilik, cho‘chqachilik va baliqchilik ham kiritiladi.

Qishloq xo‘jalik yerlarining 2/3 qismidan chorvachilikda foydalaniladi.

Mamlakatimizning dasht va cho‘llaridagi o‘tloq va butazorlar qorako‘l qo‘ylari va tuya boqish uchun qulay. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida anchagina sero‘t yaylovlar bor.

Bu mintaqalarda qo‘y, mayin junli echki, go‘sht-sut uchun qoramol boqiladi hamda yilqichilik rivojlangan.