logo

Jahon chorvachiligi va baliqchiligi geografiyasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5256.5087890625 KB
Jahon chorvachiligi va 
baliqchiligi geografiyasi •
Chorvachilik jahon qishloq xo‘jaligining 
chorva   mollarini ko‘paytirish bilan  
shug‘ullanadigan  tarmog‘i  sanaladi.  
Chorvachilik  qoramolchilik, qo‘ychilik,  echki 
chilik,  cho‘chqachilik,  yilqichilik,  tuyachilik,  
parrandachilik, darranda chilik, asalarichilik, 
pillachilik kabi tarmoqlarga bo‘linadi. 
Qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik va 
parrandachilik chorvachilikning  eng  katta  
ahamiyatiga  ega  tarmoqlari  hisoblanadi.  •
Aholi iste’molidagi jami go‘shtning, 
taxminan, 30 % ini, sutning asosiy qismini  
qoramolchilik  yetkazib  beradi.  Mo‘tadil  
mintaqaning  o‘rmon  va dasht  zonalarida  
intensiv,  qurg‘oqchil  hududlarda  esa  
ko‘chmanchi  ekstensiv  qoramolchilik  
rivojlangan.  Jahonda  qoramollarning  
umumiy  soni 1,3 mlrd. boshdan ortiq bo‘lib, 
ularning soniga ko‘ra Hindiston (298 mln. 
bosh), Braziliya (220 mln. bosh), Xitoy (108 
mln. bosh), AQSH (92 mln. bosh) va Pokiston 
(79,4 mln. bosh) mamlakatlari ajralib turadi 
(2016-y.)  •
Qo‘ychilik, asosan, jahonning quruq tog‘ yaylovlari, dasht 
va chalacho‘l mintaqalarida  rivojlangan  chorvachilik  
tarmog‘i  hisoblanadi.  Mayin  va yarimmayin  junli  
qo‘ychilik  iqlimi  yumshoq,  namroq  dasht,  chalacho‘l 
mintaqalarida;  teri  va  go‘sht  beruvchi  qo‘ychilik,  
jumladan,  qorako‘l qo‘ychiligi esa qurg‘oqchil chalacho‘l 
va cho‘l mintaqalarida rivojlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
jahon bo‘yicha 1,1 mlrd. boshdan ortiq qo‘y mavjud bo‘lib,  
Xitoy  (162  mln.  bosh),  Avstraliya  (67,5  mln.  bosh),  
Hindiston (63  mln.  bosh),  Eron  (42,5  mln.  bosh),  
Nigeriya  (42  mln.  bosh)  kabi davlatlar  qo‘ylarning  
umumiy  soni  bo‘yicha  yetak chilik  qiladi  (2016-y.). 
Avstraliya  va Yangi  Zelandiya  intensiv  qo‘ychilik  yuqori  
darajada  rivojlangan  davlatlar  hisoblanib,  ular  jahon  
bozoriga  katta  miqdorda  jun  va teri  yetkazib  bermoqda  •
Cho‘chqachilik  jahon  go‘sht  mahsulotlarining  40  
%  dan  ortig‘ini  tayyorlab  beruvchi  tarmoq  
hisoblanadi.  Mazkur  tarmoq  donchilik  va  
kartoshkachilik  rivojlangan  rayonlarda  hamda  
yirik  shaharlar  va  oziq-ovqat  sanoati  markazlari  
yaqinida  rivojlantiriladi.  Bu  tarmoq  rivojlanishida 
milliy-diniy omilning ta’siri katta bo‘lib, islom 
davlatlari chorvachiligida ushbu tarmoq mavjud 
emas. Cho‘chqalarning umumiy soni 1 mlrd. boshga 
yaqin  bo‘lib,  ularning  deyarli  yarmi  Xitoy  
hissasiga  to‘g‘ri  keladi  (457 mln.  bosh).  AQSH  
(71,5  mln.  bosh),  Braziliya  (40  mln.  bosh),  
Ispaniya  (29,2  mln.  bosh),  Germaniya  (27,4  mln.  
bosh)  kabi  davlatlar  ham  cho‘chqachilik  
tarmog‘ining  peshqadamlari  hisoblanadi.  •
Parrandachilik  aholi  iste’moli  uchun  parhez  
go‘sht  (jami  iste’moldagi go‘shtning  20  %  
ga  yaqini),  tuxum  va  yumshoq  pat  tayyorlab 
 beruvchi tarmoq  hisoblanib,  asosan,  
donchilik  rayonlarida  rivojlangan.  Xitoy  (6,2 
mlrd. bosh), AQSH (2,2 mlrd. bosh), 
Indoneziya (2,1 mlrd. bosh), Braziliya (1,4 
mlrd. bosh), Eron (1 mlrd. bosh) kabi davlatlar 
parranda soniga ko‘ra  jahonda  yetakchi  
o‘rinlarni  egallaydi .  •
Shuningdek,  chorvachilikning,  asosan,  
mo‘tadil  mintaqa  davlatlariga xos  
bo‘lgan  pillachilik  (Xitoy,  Yaponiya,  
O‘zbekiston,  Ispaniya,  Italiya va h.k.), 
cho‘l sharoitli davlatlar uchun an’anaviy 
hisoblangan tuyachilik (Somali,  Sudan,  
Mavritaniya  va  b.),  jahonning  ko‘plab  
mintaqalarida  rivojlangan yilqichilik 
(Xitoy, Braziliya, Meksika), shimoliy 
mintaqalardagi bug‘uchilik  (Rossiya,  
Kanada, AQSH),  shimoliy  kengliklar  
hamda  daryo qayirlarida  shakllangan  
darrandachilik  (Rossiya,  Kanada,  
Skandinaviya davlatlari)  kabi  sohalari  
ham  jahon  iqtisodiyotida  o‘z  o‘rniga  
ega.   •
Baliqchilik xo‘jalikning eng 
qadimiy tarmoqlaridan biri. Ushbu 
tarmoq hozirgi  kunda  ham  o‘z  
ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Chunki 
 aynan  mazkur tarmoq  jahon  
aholisini  inson  salomatligi  uchun  
zarur  bo‘lgan  oqsil  va boshqa 
biologik faol birikmalar bilan 
ta’minlab berad  •
  Baliq ovlash bilan amalda  suv  havzalariga  ega  bo‘lgan 
 jahonning  deyarli  barcha  davlatlarida  shug‘ullaniladi.  
Baliqlarning  asosiy  qismi  sho‘r  (dengiz  va  okeanlar), 
qolgan qismi esa chuchuk suv havzalaridan ovlanadi. 
Baliq chilik bo‘yicha okeanlar  orasida  Tinch  
(okeanlarda  ovlanadigan  baliqning  66  %)  okean, 
dengizlar orasida esa Norvegiya, Bering, Oxota, Yapon 
dengizlari peshqadamlik  qiladi.  Davlatlar  orasida  esa  
Xitoy  (jahon  baliq  ovlash  hajmining 1/3  qismi  to‘g‘ri  
keladi),  Indoneziya,  Hindiston  kabi  davlatlar  yetakchi 
hisoblanadi.

Jahon chorvachiligi va baliqchiligi geografiyasi

• Chorvachilik jahon qishloq xo‘jaligining chorva mollarini ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i sanaladi. Chorvachilik qoramolchilik, qo‘ychilik, echki chilik, cho‘chqachilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, darranda chilik, asalarichilik, pillachilik kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik va parrandachilik chorvachilikning eng katta ahamiyatiga ega tarmoqlari hisoblanadi.

• Aholi iste’molidagi jami go‘shtning, taxminan, 30 % ini, sutning asosiy qismini qoramolchilik yetkazib beradi. Mo‘tadil mintaqaning o‘rmon va dasht zonalarida intensiv, qurg‘oqchil hududlarda esa ko‘chmanchi ekstensiv qoramolchilik rivojlangan. Jahonda qoramollarning umumiy soni 1,3 mlrd. boshdan ortiq bo‘lib, ularning soniga ko‘ra Hindiston (298 mln. bosh), Braziliya (220 mln. bosh), Xitoy (108 mln. bosh), AQSH (92 mln. bosh) va Pokiston (79,4 mln. bosh) mamlakatlari ajralib turadi (2016-y.)