logo

Jahon energetikasi geografiyasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21819.900390625 KB
J ahon energet ik asi geografi y asi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм     Sanoat jahon, turli mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining yetakchi 
tarmog‘I hisoblanadi. Uning tarmoqlari orasida yoqilg‘I energetika 
tarmog‘i alohida o‘rin egallaydi. Elektr energetika sanoatning 
muhim tarmog‘i hisoblanib, boshqa sohalarning rivoji uchun asos 
yaratib beradi.     Shu sababli mazkur tarmoq so‘nggi yillarda tez sur’atlar 
bilan rivojlanmoqda. Neft, ko‘mir, gaz va elektr energetika 
sanoatlari yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy 
tarmoqlaridir.     Neft  sanoat i. 
So‘nggi 70 yil mobaynida jahonda neft qazishning yalpi hajmi
8,5 barobar ortgan  (28-rasm).     Neftga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli dengiz sayozligidagi neft 
havzalari (masalan, Shimoliy dengiz, Meksika, Gvineya, Kaliforniya 
ko‘rfazlari) ham ishga tushirilmoqda. Norvegiya, Buyuk Britaniyada 
aynan shu hududlar qazib olinadigan neftning 100% ini, AQSHda esa 
50% ini beradi.    2020-yil jahon bo‘yicha jami 4,2 milliard tonna neft qazib 
olingan bo‘lib, uning katta qismi OPEK tashkilotiga a’zo 
davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan   (29-rasm).     OPEK –  Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti. Tashkilotning 
bosh qarorgohi Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan (30-rasm). 
1.01.2022-yil holatiga ko‘ra Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 13 ta 
davlat a’zosi hisoblanadi (31-rasm).     OPEK davlatlari (Angola, Birlashgan Arab Amirliklari, Ekvatorial 
Gvineya, Eron, Gabon, Jazoir, Iroq, Kongo, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, 
Saudiya Arabistoni, Venesuela) hududida jahon neft zaxiralarining 
⅔ qismi to‘plangan bo‘lib, ular yillik neft qazishning ⅓ qismini 
ta’minlab bermoqda.     Hozirgi kunda Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Amerika va 
Yevropa (MDH bilan birga) mintaqalari jahonda qazib 
olinadigan “qora oltin”ning deyarli ⅔ qismini bermoqda.     2020-yil yakunlariga ko‘ra, davlatlar orasida neft qazib olish 
bo‘yicha AQSH (712,7 mln t), Rossiya (524,4 mln t), Saudiya 
Arabistoni (519,6 mln t), Kanada (252,2 mln t) hamda Iroq (202,0 
mln t) yetakchilik qilgan.      Mazkur davlatlar  hissasiga jami qazib olingan neftning 53% iga 
yaqin qismi to‘g‘ri kelgan.  Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Kuvayt, 
Iroq kabi davlatlar yirik neft eksportyorlari hisoblansa, AQSH, Xitoy, 
Yaponiya, G‘arbiy Yevropa davlatlari esa asosiy neft sotib oluvchi 
davlatlar guruhini tashkil etadi  (30-rasm) .      Jahondagi yirik neftni qayta ishlash zavodlari yirik neft konlari 
asosida yoki iste’molchilarga yaqin hududlarda joylashgan. Jahon 
mintaqalari orasida Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, davlatlar 
orasida esa AQSH, Xitoy, Rossiya neftni qayta ishlash bo‘yicha 
peshqadamlik qiladi.     Gaz sanoat i  
Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan ekologik
jihatdan nisbatan bezarar energiya manbai ekani bilan ajralib turadi. 
Shu bilan birga, u qazib olish tannarxining arzonligi, issiqlik berish 
quvvatining yuqoriligi kabi xususiyatlarga ham ega.       Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning jahon bo‘yicha umumiy isbotlangan 
zahirasi 188,1 trillion m3 ni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda gaz qazib 
olish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Agar 1950-yil u 200 milliard 
m3, 2000-yil esa 2420 milliard m3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilga 
kelib, 3854 milliard m3 ga yetdi     Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa
mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida AQSH (914,6 milliard 
m3), Rossiya (638,5 milliard m3), Eron (250,8 milliard m3), Xitoy 
(194,0 milliard m3), Qatar (171,3 milliard m3) peshqadam.                 
                                                                                                                         
                                                                                                                         
                                 Suyult irilgan gaz
Tashish va saqlashda qulay bo‘lishi uchun sun’iy ravishda 
− 160 °C haroratgacha sovutilgan tabiiy gaz.      Tabiiy gaz suyuq  holatga o‘ tkazilishi  jarayonida o‘rtacha hisobda 600 
marotabagacha siqiladi. Bu maxsus gaz tashuvchi tankerlar 
yordamida uni qit’alararo eksport qilish imkonini beradi (31-rasm).     Jahonning 30 taga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab 
chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlar ular orasida 
yetakchilik qiladi. Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi suyultirilgan 
gazning asosiy iste’molchilaridir.     Ko‘mir sanoat i
Qo‘ng‘ir va toshko‘mir asosan elektr stansiyalarida yoqilg‘i sifatida, 
qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi.        E’tiborlisi shundaki, qazib chiqarilayotgan ko‘mir asosan 
o‘sha davlatlarning o‘zida iste’mol qilinadi, eksportga esa 
ancha kam qismi chiqariladi.     Ishlab chiqarishda neft va tabiiy gazdan keng miqyosda 
foydalanish ko‘mirga bo‘lgan talabning kamayishiga sabab bo‘ldi. 
Ko‘mirning aniqlangan zaxiralari 1074,0 milliard tonnani tashkil 
etgan holda, jahon bo‘yicha yillik qazib olish miqdori 7,7 milliard 
tonnaga teng (2020-y.).     Qazib olingan ko‘mirning 50%i Xitoy (3,9 milliard t) hissasiga to‘g‘ri 
keladi. Hindiston (756,5 mln t), Indoneziya (562,5 mln t), AQSH (484,7 
mln t), Avstraliya (476,7 mln t) kabi davlatlar ham shu soha 
peshqadamlari hisoblanadi. Jahon mintaqalari orasida ko‘mir qazib olish 
hajmi Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada yuqori.     Elek t r energet ik a sanoat i
Jahonda 2020-yil taxminan 27 trln kW ・ h elektr energiyasi ishlab 
chiqarilgan.       Xitoy (7,8 trln kW ・ h), AQSH (4,3 trln kW ・ h), Hindiston (1,6 trln 
kW ・ h), Rossiya (1,1 trln kW ・ h), Yaponiya (1,0 trln kW ・ h) kabi 
davlatlar eng ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.     Elektr energiyasini ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro va 
atom elektr stansiyalari) yo‘nalishlar ulushi deyarli 99% ni
tashkil etadi. Muqobil energiya manbalarining (quyosh, shamol, 
suv qalqishi, geyzerlardan olinadigan  energiya) salmog‘i esa ancha 
past.    I ssiqlik  e le k t r e ne rge t ik asi
Elektr energetika 
sanoatining yetakchi 
tarmog‘i hisoblanib, 
ko‘mir, gaz
va neft hamda 
ularning qoldiqlari 
asosida issiq bug‘ va 
elektr energiyasi 
ishlab chiqaradi.      Niderlandiya (97%), JAR (91%), Polsha (87%), Ruminiya (83%), 
Meksika (82%) kabi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan
elektr energiyasining asosiy qismi IESlarga to‘g‘ri keladi.      Tuoketuo, Tayjun (Xitoy), Surgut GRES-2 (Rossiya) jahondagi eng 
yirik IESlar hisoblanadi  (32-rasm).
31
2     S uv oqimining 
energiyasini gidravlik 
turbinalar yordamida 
elektr energiyasiga
aylantirishga tayanadi. 
GESlar  suvi ko‘p bo‘lgan 
tog‘ daryo-lariga, 
vodiylarining toraygan 
joylariga quriladi. Gidroe le k t r e ne rge t ik a      Norvegiya (99%), Braziliya (92%), Albaniya (90%), 
Kolumbiya (70%) kabi davlatlarda elektr energiyasining 
asosiy qismi GESlarda ishlab chiqariladi.
Eng katta GES - «Uch dara» GESi     A t om e le k t r e ne rge t ik asi
Elektr energetikaning fan-texnika inqilobi davrida rivojlanishni 
boshlagan, murakkab texnologik jarayonlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan tarmog‘i.        Hozirgi kunda jahonning 30 tadan ortiq davlatida AESlar 
faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Obninsk AES 1954-yil 
ishga tushgan.    Eng yirik AESlar Yaponiya, AQSH, Fransiya, Germaniya,
Rossiya kabi davlatlar hududida joylashgan. Fransiya (72%), Belgiya 
(61%), Koreya Respublikasi (54%) AESlar asosida olinuvchi elektr 
energiyasi ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar hisoblanadi.
Eng katta AES - Kasivadzaki-Kariva AESi     Noan’anaviy e ne rgiya manbalari
So‘nggi yillarda jahon 
mamlakatlarida 
ekologik jihatdan 
xavfsiz muqobil 
energiya manbalariga 
(quyosh, shamol, suv 
qalqishi, geotermal 
energiya) bo‘lgan talab 
ortib bormoqda.       Ular asosida ishlovchi elektr stansiyalari atrof-muhitga deyarli 
salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.     Geotermal energiyadan foydalanish AQSH, Rossiya, 
Filippin, Italiya, Islandiya kabi davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan 
bo‘lsa,      Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda dengiz qalqishidan,      Yevropaning bir qator davlatlari (masalan, Niderlandiya, 
Germaniya), AQSHda shamoldan,    AQSH va Fransiyada esa quyoshdan elektr energiyasini 
olish faol rivojlanmoqda.     Biomassa asosida islaydigan elektr stansiya     ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz

J ahon energet ik asi geografi y asi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Sanoat jahon, turli mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘I hisoblanadi. Uning tarmoqlari orasida yoqilg‘I energetika tarmog‘i alohida o‘rin egallaydi. Elektr energetika sanoatning muhim tarmog‘i hisoblanib, boshqa sohalarning rivoji uchun asos yaratib beradi.

Shu sababli mazkur tarmoq so‘nggi yillarda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Neft, ko‘mir, gaz va elektr energetika sanoatlari yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmoqlaridir.

Neft sanoat i. So‘nggi 70 yil mobaynida jahonda neft qazishning yalpi hajmi 8,5 barobar ortgan (28-rasm).