logo

Jahon transporti geografiyasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

15076.264648438 KB
J ahon t ransport i geografi y asi  Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм    Transport iqtisodiyotning 
muhim tarmog‘i bo‘lib, 
yo‘lovchi, yuk, energiya 
va axborot tashishni 
ta’minlaydi. Bundan 
tashqari, transport 
davlatlararo mahsulot va 
xizmatlar almashinuvida, 
xalqaro iqtisodiy 
aloqalarning amalga 
oshirilishida asos bo‘lib 
xizmat qiladi.Transport  Harakatlanish xususiyatiga ko‘ra,  quruqlik   (temir yo‘l, avtomobil 
va quvur),  suv   (dengiz va daryo) hamda  hav o  transporti turlariga 
ajratiladi.  Transport tarmoqlari rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va 
texnologik jihatdan rivojlanganlik darajasi, hududining kattaligi va 
o‘zlashtirilganlik holati, tabiiy sharoiti, aholi zichligi kabi omillar 
bilan bog‘liq.         Transport tizim sifatida quyidagi tarkibiy unsurlardan tashkil 
topgan:
 yo‘l infratuzilmasi (avtomobil va temir yo‘llar, kanallar, quvur ??????
yo‘llari  va boshq.);
 
?????? terminallar (temir yo‘l hamda avtobus vokzal va bekatlari, 
aeroportlar,  dengiz va daryo portlari va boshq.);
 
?????? harakatlanish vositalari (avtomobil, poyezd, kema va boshq.);
 
?????? transport kompaniyalari.  Transport turlari orasida yuk tashish bo‘yicha dengiz, yo‘lovchilarni 
tashish bo‘yicha esa avtomobil transportining ahamiyati katta.    Avtomobil transporti eng keng tarqalgan  transport turi hisoblanadi. 
Bunga mazkur transport  turida “eshikdan-eshikkacha” olib borib qo‘yish 
imkoniyatining mavjudligi sabab bo‘lgan A v t omobil t ransport i      So‘nggi yillarda soha rivoji qattiq qoplamali yo‘llar uzunligining 
ortishi, avtomagistral yo‘llar to‘rining kengayishi,  xalqaro magistral 
yo‘llar ahamiyatining ortib  borayotganligi bilan tavsiflanadi  (38-
rasm).   Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligiga ko‘ra AQSH, Xitoy,
Hindiston, Braziliya, Rossiya kabi yirik hududga ega
bo‘lgan davlatlar yetakchilik qiladi.     Temir yo‘l transporti katta hajmdagi yuklarni uzoq masofalarga yetkazib 
berish, harakatlanishining ob-havo sharoitiga uncha bog‘liq emasligi, 
tashish xizmatlari tannarxining nisbatan pastligi kabi xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Temir y o‘l t ransport i      Temir yo‘llar umumiy uzunligi bo‘yicha AQSH, Xitoy, Rossiya, 
Hindiston, Kanada davlatlari peshqadam. Yo‘llar zichligiga
ko‘ra esa Yevropa davlatlari (Chexiya, Belgiya, Germaniya, 
Shveysariya) yetakchilik qiladi   Osiyo ham bugungi kunda ushbu soha tez sur’atlarda rivojlanib 
borayotgan mintaqa hisoblanadi. Temir yo‘l transportining hozirgi 
davr rivojida turli tezyurar  va magnit relslarda harakatlanuvchi 
poyezdlarning  ahamiyati katta  (39-rasm).    Quvur transporti 
suyuq va 
gazsimon 
ko‘rinishdagi 
yuklarni uzoq 
masofaga 
yetkazib beradi 
(40-rasm) . Quv ur t ransport i    U xizmatlari  tannarxining pastligi, yuklarni bir maromda  kerakli 
manzilga yetkazib berishi hamda atrofmuhitga salbiy ta’sirining 
pastligi bilan ajralib  turadi. Quvurlarning katta qismi neft-gaz 
qazib  oluvchi davlatlar hududiga to‘g‘ri keladi.    Neft quvurlari uzunligi bo‘yicha AQSH, Rossiya, Kanada, Xitoy, Saudiya 
Arabistoni, gaz quvurlari uzunligi bo‘yicha esa AQSH, Rossiya, Kanada, 
Germaniya, Fransiya kabi davlatlar yetakchilik qiladi.   Suv  t ransport i
Suv transporti tabiiy (daryolar, ko‘llar, dengizlar, okeanlar) va sun’iy 
(kanallar, suv omborlari) suv yo‘llari orqali yuklar va
yo‘lovchilarni tashiydi. U dengiz va daryo  transporti turlarini o‘z 
tarkibida birlashtiradi.      Dengiz transporti orqali jahonda  tashilayotgan yuklarning 60% 
idan katta qismi tashiladi. Unda yuk tashuv ishlari dengiz savdo
floti tomonidan amalga oshiriladi.     Uning yalpi  sig‘imiga ko‘ra Panama, Liberiya, Marshall
orollari, Xitoy, Singapur, Gretsiya kabi davlatlar yetakchilik qiladi.      Dengiz transportida umumiy yuk tashish hajmida eng katta ulush 
Tinch okeanga to‘g‘ri keladi.   Dengiz transport 
vositalariga xizmat 
ko‘rsatuvchi 2 
mingdan ortiq portlar 
mavjud bo‘lib, 
Shanxay, Singapur, 
Rotterdam portlari
ular orasida yuk qabul 
qilish hajmiga ko‘ra 
oldingi o‘rinlarda 
turadi  (41-rasm) . Eng katta portlar
ShanxaySingapurRotterdam      Dengiz  transporti 
rivojiga xalqaro 
kanallar va dengiz 
bo‘g‘izlari katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Xalqaro 
kanallar  orasida 
Suvaysh va Panama 
kanallarining 
ahamiyati eng katta. Xalqaro kanallar
Suvaysh Panama     Dengiz bo‘g‘izlari 
orasida  esa eng katta 
transport ahamiyatiga 
Malakka,  Bob-al-
Mandeb, La Mansh, 
Xormuz, Gibraltar,
Eresunn (Zond), 
Bosfor kabi bo‘g‘izlar 
egadir.Eng muhibo‘g‘izlar
MalakkaBob-al-Mandeb La-Mansh
XormuzGibraltarEresunn (Zond), Bosfor         Ichki suv transporti daryo, ko‘l hamda kanallar yordamida 
davlatlarning ichki  hududlariga yuk va yo‘lovchi tashishni
amalga oshiradi. Ichki suv transport yo‘llari uzunligiga ko‘ra, 
Rossiya, Xitoy, AQSH, Braziliya,  Kanada oldinda turadi.     Ichki suv 
transportida 
Amazonka, 
Missisipi, Dunay, 
Reyn, Volga, Yanszi, 
Kongo kabi 
daryolardan ko‘p 
foydalaniladi.Eng asosiy daryolar
Amazonka Missisipi Dunay
Reyn Volga
Yanszi
Kongo         Shu bilan bir 
qatorda kemalar 
qatnovida 
Qirg‘oqbo‘yi 
(AQSH), Buyuk 
(Xitoy), Volga-
Boltiq (Rossiya), 
Reyn- Mayn-Dunay 
(Germaniya) va 
boshqa daryo 
kanallaridan 
foydalaniladi.
Qirg‘oqbo‘yi Eng asosiy daryo kanallari
Buyuk VolgaReyn-Mayn-Dunay       Havo transporti yo‘lovchilar, pochta va boshqa yuklarni eng yuqori 
tezlik bilan tashiydigan nisbatan qimmat transport turi 
hisoblanadi. Havo transporti     Hozirgi kunda jahon yo‘lovchi tashish miqdorining 20% iga yaqini
havo transportiga to‘g‘ri kelmoqda.  Mazkur transport 
tarmog‘ining rivojlanishida aeroportlarning o‘rni beqiyos.     Yo‘lovchilarni 
qabul qilish 
miqdoriga ko‘ra, 
Atlanta (AQSH), 
Pekin (Xitoy), 
Dubay (BAA) 
aeroportlari 
peshqadam 
hisoblanadi.
Atlanta
PekinDubay Eng katta aeroportlar      Topshiriqlar
•
1. mavzuni o`qish
•
2. Kitobdagi topshiriqlarni 
bajarish
•
3. Jadval to`ldirish Transport turi Uzunligi, km Davlatlar         ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim 
markazi, 2022
•
@ edurtm_uz

J ahon t ransport i geografi y asi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Transport iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, yo‘lovchi, yuk, energiya va axborot tashishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, transport davlatlararo mahsulot va xizmatlar almashinuvida, xalqaro iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida asos bo‘lib xizmat qiladi.Transport

Harakatlanish xususiyatiga ko‘ra, quruqlik (temir yo‘l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda hav o transporti turlariga ajratiladi.

Transport tarmoqlari rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jihatdan rivojlanganlik darajasi, hududining kattaligi va o‘zlashtirilganlik holati, tabiiy sharoiti, aholi zichligi kabi omillar bilan bog‘liq.