logo

Jahon dehqonchiligi geografiyasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8511.1123046875 KB
  Jahon  dehqonchiligi  
geografiyasi •
Qishloq xo‘jaligi insoniyat tarixida o‘ta muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab  chiqarish  tarmog‘i  
hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotda  qishloq  xo‘jaligining  ahamiyati  
ancha  pasaygan  bo‘lishiga qaramay,  jahonning  
ko‘p  sonli  rivojlanayotgan  davlatlari  uchun  u  
asosiy xalqaro ixtisoslashuv sohasi bo‘lib qolmoqda. 
Jahon bo‘yicha hozirgi paytda,  taxminan,  1,4  
mlrd.  kishi  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  band  •
Qishloq  xo‘jaligining  asosiy  xususiyatlaridan  biri,  
uning  tabiiy  iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq 
ekanligidir. Aynan tabiiy iqlimiy sharoiti ko‘p jihatdan 
jahon davlatlari qishloq xo‘jalik tarmoqlariga 
ixtisoslashuvini belgilaydi.  Shu  sababli,  qishloq  xo‘jalik 
 tarkibi  va  tarmoqlarining  hududiy joylashish  holati  
turlicha  bo‘ladi.  Ushbu  tarmoq  rivojlanishiga  tabiiy  
iqlim sharoitidan  tashqari,  iqtisodiy-ijtimoiy  sharoit  
(qishloq  xo‘jaligiga  kapital qo‘yilmalar jalb etish, texnik 
vositalar bilan ta’minlanganlik holati) hamda aholining  
milliy-diniy  tarkibi  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Jahon davlatlari YIM qishloq xo`jaligining 
salmog`i  •
Ishlab chiqaradigan mahsulotlar xususiyatlariga ko‘ra, qishloq 
xo‘jalik tarmoqlari  ikki  guruhga:  dehqonchilik (ziroatchilik)  
va  chorvachilikka bo‘linadi.  Shuningdek,  qishloq  xo‘jaligida  
mahsulot  ishlab  chiqarish  xu-susiyatiga  ko‘ra,  ikki  tur  
ajratiladi.  Birinchisi,  rivojlangan tovar qishloq xo‘jaligi  bo‘lib, 
 unda  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar  bozor,  birinchi 
navbatda,  tashqi  bozor  uchun  mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Bunday 
 xo‘jaliklar ishi  intensiv  tashkil  qilingan  zamonaviy  
dehqonchilik  va  chorvachilik sohalari bo‘lishi mumkin. Tovar 
qishloq xo‘jaligi, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 
keng rivojlangan. Odatda, ularda FTI yutuqlaridan ustun  
darajada  foydalanishga  erishilmoqda.   •
Ikkinchisi,  ichki iste’moli uchungina  mahsulot  ishlab  
chiqaradigan, odatda,  kam  samarali  qishloq  xo‘jaligidir. 
 Bunday  xo‘jaliklar  qadimdan keng tarqalgan bo‘lganligi 
sababli an’anaviy qishloq xo‘jaligi ham deyiladi. Ularda 
ish, odatda, ekstensiv yo‘l bilan tashkil qilingan bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda bunday qoloq dehqonchilik xo‘jaliklari 
jahonning ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarida 
keng tarqalgan. Markaziy va Sharqiy Afrika,  Janubiy  va  
Janubi-sharqiy  Osiyo  mamlakatlarida  hali  ham  omoch 
kabi  oddiy  ish  qurollaridan  foydalaniladi   •
Donli ekinlar yetishtirish dehqonchilikning eng 
yirik tarmog‘idir. Donli ekinlar  turlari  ancha  
ko‘p  bo‘lib,  ular  jahon  ekin  maydonlarining  
yarmi  (0,7  mlrd.  ga)  da  ekiladi.  Donchilik  
tarkibida  bug‘doy,  sholi  va  makkajo‘xori  
yetishtirish  sohalarining  salmog‘i  katta.  
Jahon  yalpi  don  mahsulotlari  hosilining  80  
%  i  mazkur  ekin  turlariga  to‘g‘ri  keladi.  
Bundan tashqari,  arpa,  suli,  javdar  kabi  
turdagi  don  mahsulotlari  mavjud.  •
Bug‘doy donli ekinlar orasida eng ko‘p ekiladigan ekin turi 
hisoblanadi. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 800 mln. t 
bug‘doy yetishtirilgan. Bug‘doy yetishtirishda Xitoy (131,7 mln.t), 
Hindiston (86,9 mln. t), Rossiya (73,3 mln. t), AQSH (62,9 mln. t), 
Kanada (30,5 mln. t) yetakchilik qiladi. Jahon bug‘doy hosilining 
deyarli yarmi mazkur davlatlar hissasiga to‘g‘ri  keladi.  Jahonning  
asosiy  bug‘doy  ekiladigan  hududlari  Shimoliy yarim  sharning  
o‘rta  kengliklari  (AQSH,  Kanada,  Rossiya,  Ukraina,  
Qozog‘iston, Xitoy) va Janubiy yarim sharning o‘rta kengliklari 
(Avstraliya, Argentina,  Braziliya)  hisoblanadi.   •
Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga 
ko‘ra ikkinchi o‘rinni sholi egallaydi. Agar bug‘doy 
aksariyat hollarda dasht mintaqalari ekini  hisoblansa,  
sholi,  asosan,  musson  iqlimli  hududlarda  
yetishtiriladi.  Qo‘l  mehnatiga  asoslangan  
sholichilikning  rivojlanishi  nafaqat  agroiqlimiy  
sharoitga,  balki  ko‘p  sonli  ishchi  kuchiga  ham  
bog‘liq.  Ushbu omillar  jamlangan  Sharqiy,  Janubi-
sharqiy  va  Janubiy  Osiyo  jahonning asosiy  sholichilik 
 mintaqalari  hisoblanadi.  Xitoy,  Hindiston,  Indoneziya, 
Bangladesh,  Vyetnam  kabi  davlatlar  sholi  yalpi  hosili 
 bo‘yicha  jahonda peshqadamlik  qiladi.  •
Makkajo‘xori  jahon  don  hosilining  1/4 qismini  
beruvchi  ekin  turi  hisoblanadi.  Uning  tarqalish  
mintaqalari  deyarli  bug‘doy  ekiladigan  
madonlar bilan bir xil hududlarga to‘g‘ri keladi. 
AQSH, Braziliya, Meksika, Argentina, Xitoy 
jahonning eng ko‘p makkajo‘xori yetishtiruvchi 
davlatlari hisoblanadi. AQSH bu ekinning jahon 
bo‘yicha umumiy hosilining 25 % dan  ortig‘ini  
ta’minlaydi.   •
Aholi tomonidan iste’mol qilinadigan moyning asosiy 
qismi soya, kungaboqar, yeryong‘oq, chigit, zaytun 
kabi ekinlardan olinadi. Soya yetishtirishda  – AQSH  
(jahon  soyasining  yarmi),  Braziliya,  Xitoy;  
yeryong‘oq yetishtirishda  –  Hindiston,  G‘arbiy 
Afrika  davlatlari;  kungaboqar  yetishtirishda  –  
Ukraina,  Rossiya,  Argentina;  zaytun  yetishtirishda  
Italiya,  Ispaniya  kabi  O‘rta  dengizbo‘yi  davlatlari  
alohida  o‘rin  egallaydi. Soya dalasi  •
Ildizmevalilardan  kartoshka  yetishtirishda  Xitoy,  
Hindiston,  Rossiya,Ukraina, AQSH yetakchi davlatlar 
hisoblanadi. Qandli ekinlardan qandlavlagi  
yetishtirishda  Rossiya,  Fransiya, AQSH;  
shakarqamish  yetishtirishda Braziliya,  Hindiston,  
Xitoy  yetakchilik  qiladi   •
Choy,  qahva,  kakao  quvvat  beruvchi  ekin  turlari  
hisoblanadi.  Choy yalpi  hosili  bo‘yicha  Xitoy,  Hindiston,  
Keniya,  qahva  hosilini  yetishtirish  bo‘yicha  Braziliya,  
Indoneziya,  Vyetnam,  kakao  dukkaklari  yig‘ish bo‘yicha 
Kot-d’Ivuar, Gana, Indoneziya peshqadamlik qiladi. Texnik 
ekinlar  orasida  paxta  katta  salmoqqa  ega  bo‘lib,  Xitoy,  
AQSH,  Hindiston, Pokiston,  Braziliya,  O‘zbekiston  eng  
ko‘p  paxta  yetishtiradigan  davlatlar hisoblanadi.  Tabiiy  
kauchuk  (geveya)  yetishtirishda  Tailand,  Indoneziya, 
Malayziya,  Hindiston,  Xitoy  davlatlari  katta  salmoqqa  ega.     Topshiriqlar
•
1. Mavzuni o`qish
•
2. Yozuvsiz xaritadan qishloq xo`jaligi 
va donli ekinlar mavzusini bo`yab 
kelish
•
3. Jadvalni to`ldirish
Ekin turi Yetishtiriladigan 
davlat, mintaqa

Jahon dehqonchiligi geografiyasi

• Qishloq xo‘jaligi insoniyat tarixida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda qishloq xo‘jaligining ahamiyati ancha pasaygan bo‘lishiga qaramay, jahonning ko‘p sonli rivojlanayotgan davlatlari uchun u asosiy xalqaro ixtisoslashuv sohasi bo‘lib qolmoqda. Jahon bo‘yicha hozirgi paytda, taxminan, 1,4 mlrd. kishi qishloq xo‘jaligi sohasida band

• Qishloq xo‘jaligining asosiy xususiyatlaridan biri, uning tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq ekanligidir. Aynan tabiiy iqlimiy sharoiti ko‘p jihatdan jahon davlatlari qishloq xo‘jalik tarmoqlariga ixtisoslashuvini belgilaydi. Shu sababli, qishloq xo‘jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turlicha bo‘ladi. Ushbu tarmoq rivojlanishiga tabiiy iqlim sharoitidan tashqari, iqtisodiy-ijtimoiy sharoit (qishloq xo‘jaligiga kapital qo‘yilmalar jalb etish, texnik vositalar bilan ta’minlanganlik holati) hamda aholining milliy-diniy tarkibi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.