logo

Dabusqal’a yodgorligining arxeologik o’rganilishi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5624.2138671875 KB
Mavzu : Dabusqal’a      
yodgorligining arxeologik   
o’rganilishi.                   Zarafshon daryosi sohilida bir 
muqaddas joy bor. Bilganlar 
uni e’zozlab, «Avliyo Ota» deb 
ulug’laydi. Uni Dabus, 
Dabusiya qal’asi, Dabus, 
Dabusqal’a, Dahbusqal’a deb 
ham atashadi. Aytishlaricha, 
qadimda bu yerda ulkan 
shahar bo’lgan. Ammo 
bugungi kunda bu yerda na 
shahar bor, na odamlar 
yashaydi. Keng hududdan 
iborat maydonda son-sanoqsiz 
qabrlar mavjud. Vayronaga 
aylangan shahar tuproq ostida 
qolgan. Dabusqal’a deb nom 
olgan ulug’ shaharning 
bisotida yolg’iz yodgorligi – 
Imom Bahra Ota maqbarasi 
bor.                 Ulug’ shahar tuproq 
ostida qolgan. Vayronalar 
ustidan yurib, bu keng 
maydonni ko’rib 
hayratdan yoqa ushlaysiz. 
Buyuk olimlardan 
hisoblangan Istahriy va 
Muqaddasiylarning 
yozishicha, X asrda Dabus 
qal’asida rabot qariyb 70 
gektarni, shahriston esa 
22-23 gektarni tashkil 
etgan.                 Х  asrda yashab ijod etgan 
buyuk filolog va geograf 
Abdulfaraj ibn Ja’far 
Qudama al-Basriy al-
Bag’dodiyning bundan 
ming oldin yozilib, 
kitobdan kitobga 
ko’chirilib bir necha marta 
qayta nashr etilgan «Kitob 
ul-xiroj va san’at al-
kitobia» (« Х iroj undirish 
va maktublar yozish 
haqidagi kitob») asari (928 
yil)da Dabus nomi bilan 
ataladigan qadimiy shahar 
Iskandar tomonidan 
qurilganligi to’g’risida 
rivoyat keltirilgan.                 Dabus shahrining yoshi 2340 yildan oshgan                 Bundan tashqari  Х  asrda yashab 
o’tgan (Buxoroning Narshax 
qishlog’idan bo’lgan) ulug’ 
tarixchi Abubakr Muhammad ibn 
Ja’far ibn Zakariyo ibn  Х attob 
ibn Sharik ham Dabus shahri 
to’g’risida benihoya katta 
tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan 
qimmatbaho ma’lumot 
keltirgan: «Hali Buxoro shahri 
vujudga kelmagan, lekin 
qishloqlardan ba’zilari paydo 
bo’lgan edi. Nur,  Х arqonurd, 
Vardona,  Т arovcha, Safna va 
Isvonalar o’sha qishloqlar 
jumlasidandir. Podshoh 
turadigan katta qishloq Baykand 
(Poykand) edi. Shahar «Qal’ai 
Dabus» – «Dabus qal’asi» bo’lib, 
shahar deb shuni atar edilar».                 Bulardan tashqari tarix 
fanlari doktori, professor 
Yu.F.Buryakov qal’a 
maydonidagi xarobalardan 
topilgan so’nggi antik davrga 
mansub sopol bo’laklari 
asosida tahlil qilib, 
shaharning yoshi miloddan 
avvalgi uchinchi asrga 
taqalishi, milodiy birinchi 
asrda keng maydon o’troq 
aholi tomonidan 
egallanganligi to’g’risida fikr 
bildirgan. Yirik arxeolog 
olimning ilmiy xulosasiga 
tayanib aytish mumkinki, 
bundan ikkki ming uch yuz yil 
burun Dabus qal’asi aholi 
o’troq holda zich yashaydigan 
qadimiy maskan hisoblangan.                 .
«G’iyosul-lug’ot»da yozilishicha, dabus – fors tojik tilida gurziyi 
ohani, ya’ni temir gurzi ma’nosini bildiradi. XVII asrda yashagan 
ulug’ olim Muhammad G’iyosning ilmiy qarashidan xulosa chiqarish 
mumkinki, shahar temirday mustahkam qilib qurilgani uchun ham shu 
nom bilan atalgan. Shuningdek «Farhangi zaboni tochiki» (« Т ojik tili 
lug’ati»)da ham Dabus – (arabcha so’z bo’lib, fors tojik tilidagi gurz, 
amud) zo’r, to’qmoq, ustun ma’nolarini ifodalaydi va qadimiy shahar 
har jihatdan mustahkam qilib bunyod etilganligini bildiradi. Bulardan 
tashqari IX asrda yashagan yirik geograf va tarixchi olim al-Yaqubiy 
Dabus qal’asini «dushman tig’i o’tmaydigan mustahkam va mashhur 
shahar» deb tasvirlagan. Yuqoridagi ta’riflar «Dabus» so’zi  
«mustahkam qo’rg’on» ma’nosida qo’llanilgan degan muxtasar fikrga 
kelishga asos bo’la oladi.                 Al-Muqaddasiy – Abu Abdulloh 
Muhammaad ibn Ahmad, ibn 
Abubakr al-Muqaddasiy (947-
1000)  Х  asrning yirik 
geograflaridan biri bo’lib, u 
butun musulmon mamlakatlari 
bo’ylab sayyohat qilgan. Uning 
985 yilda yozgan «Ahson at-
taqosim fi ma’rifat al-aqolim» 
(«Iqlimlarni o’rganish uchun eng 
yaxshi qo’llanma») asarida. 
Dabusda ishlab chiqarilgan sifatli 
sanoat mollari butun olamda 
mashhur bo’lganligi to’g’risida 
hikoya qilgan: «... Dabus va 
Vadordan yaxlit qilib to’qilgan 
vadar matolari, men ularni 
Bog’doddagi sultonlardan biri 
« Х uroson parchasi», deb 
atagannini eshitganman».                 Х  asrda yashagan yirik 
tarixchi Narshaxiy 
tomonidan bitilgan 
ta’rif, Qudama 
tomonidan rivoyat 
tarzida keltirilgan 
ma’lumotga 
hamohangdir. Ayni 
vaqtda ul buyuk zot 
arab geograflarining 
Dabus qal’asining 
barpo bo’lishi 
to’g’risidagi fikrini 
tasdiqlaydi.                 Beruniyning ta’rificha, 
 Dabus beshinchi 
iqlimdagi So’g’d 
viloyatiga qarashli 
shahar bo’lib, uzunligi 
48, kengligi 39,50. XII 
asrning o’rtalaridan 
boshlab Dabus 
qal’asida oltin 
tangalar ham zarb 
qilingan.  Т angalardagi 
yozuvlar to’rtburchak 
shaklida arab 
alifbosida yozilgan .                 E’tiboringiz uchun rahmat  
Tayyorladi : Xoliyarov A
Tekshirdi : Umarov U

Mavzu : Dabusqal’a yodgorligining arxeologik o’rganilishi.

Zarafshon daryosi sohilida bir muqaddas joy bor. Bilganlar uni e’zozlab, «Avliyo Ota» deb ulug’laydi. Uni Dabus, Dabusiya qal’asi, Dabus, Dabusqal’a, Dahbusqal’a deb ham atashadi. Aytishlaricha, qadimda bu yerda ulkan shahar bo’lgan. Ammo bugungi kunda bu yerda na shahar bor, na odamlar yashaydi. Keng hududdan iborat maydonda son-sanoqsiz qabrlar mavjud. Vayronaga aylangan shahar tuproq ostida qolgan. Dabusqal’a deb nom olgan ulug’ shaharning bisotida yolg’iz yodgorligi – Imom Bahra Ota maqbarasi bor.

Ulug’ shahar tuproq ostida qolgan. Vayronalar ustidan yurib, bu keng maydonni ko’rib hayratdan yoqa ushlaysiz. Buyuk olimlardan hisoblangan Istahriy va Muqaddasiylarning yozishicha, X asrda Dabus qal’asida rabot qariyb 70 gektarni, shahriston esa 22-23 gektarni tashkil etgan.

Х asrda yashab ijod etgan buyuk filolog va geograf Abdulfaraj ibn Ja’far Qudama al-Basriy al- Bag’dodiyning bundan ming oldin yozilib, kitobdan kitobga ko’chirilib bir necha marta qayta nashr etilgan «Kitob ul-xiroj va san’at al- kitobia» (« Х iroj undirish va maktublar yozish haqidagi kitob») asari (928 yil)da Dabus nomi bilan ataladigan qadimiy shahar Iskandar tomonidan qurilganligi to’g’risida rivoyat keltirilgan.

Dabus shahrining yoshi 2340 yildan oshgan