DARYO TRANSPORTI


DARYO TRANSPORTI Reja 1.Dengiz va daryo transportining xalq xo’jaligidagi ahamiyat 2.Jahon dengiz va daryo transporti 3.Dengiz va daryo portlari
• Suv transportida yuk tashish juda mashhur xizmat turidir, chunki suv transporti uzoq vaqtdan beri o'zini ishonchli va barqaror tashuvchi sifatida ko'rsatdi. Bugungi kunda Rossiyada ham, butun dunyoda yuk kemalari parki juda katta va o'sishda davom etmoqda . • Barcha suv transportidan uchta katta toifadagi kemalar ajralib turadi: daryo, dengiz, aralash tipli (daryo va dengiz bir vaqtning o'zida). • Daryo kemalari ichki suv yo'llarida - ko'llar, daryolar va boshqa suv havzalarida ishlaydi. • Dengiz hududlarida suzishga qodir bo'lgan barcha kemalar dengiz kemalari deb ataladi. • Aralash turdagi kemalar suv yo'llariga nisbatan universaldir. • Daryo transporti. Ichki suv yo’llari transporti kemalar qatnaydigan daryolar, kanallar, va ichki suv havzalaridan foydalanadi va u ushbu ob’ektlarning tabiiy xususiyatlariga ko’p darajada bog’liqdir. • Masalan, Amazonka, Panama, Missisipi, Ob’, Enisey, YAnszi, Kongo daryolari dunyoning eng qudratli temir yo’l magistrallariga nisbatan ham ancha katta o’tkazish qobiliyatiga ega. Lekin bu imkoniyatlardan foydalanish umumiy iqtosodiy rivojlanish darajasiga bog’liq. • SHu sababdan dunyoda suv transporga yuk oboroti bo’yicha AQSH, Rossiya, GFR, Niderlandiya, Belgiya, shuningdek, Xitoy ajralib turadi. Ba’zi mamlakatlarda sun’iy suv yo’llari va ko’l kemachiligi rivojlangan.
Umuman, ichki suv transporti ayrim mamlakatlarning ichki ehtiyojlariga xizmat qiladi, lekin u xalqaro yuk tashishda ham ishtirok etadi. Ayrim mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda, masalan, Amazonka, Panama, Kongo kabi buyuk daryolar imkoniyatlaridan foydalanish juda past darajada. Dunyo suv yo’llarining umumiy uzunligi 550 ming km bo’lib, unda asosiy o’rinni MDH (123 ming km), Xitoy (110), AQSH (41), Braziliya (31), keyingi o’rinlarni Venesuela, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Zoir, Fransiya, GFR, Nigeriya, Finlyandiya egallaydi. Lekin ichki suv transportining rivojlanish darajasini yuk oboroti hajmi va ushbu transport turining umumiy transport yuk oborotidagi salmog’i belgilab beradi. YUk oboroti bo’yicha o’rinlar kuyidagi tartibda taqsimlanadi: AQSH, Xitoy, Rossiya, Kanada, Niderlandiya, Fransiya, Belgiya. Ko’rinib turibdiki, bu ro’yxat undan oldin berilgan ro’yxatdan farq qilib, uning tarkibida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bor, holos. Boshqa ko’rsatkich - ichki suv transportining umumiy transport yuk oborotidagi salmog’i bo’yicha ko’rsatgichlar juda yuqori (52%).
Bu ko’rsatgichlar GFRda 25, Belgiyada 17, AQSHda 10, Rossiyada 5,5 foizni tashkil etadi. SHu bilan bir qatorda bu transport turi amaliy jihatdan rivojlanmagan (Yaponiya, Mongoliya, Kuba, O’rta Osiyo mamlakatlari) yoki kam rivojlangan (Buyuk Britaniya, Italiya). Ichki suv trinsportining rivojlanishiga ichki suv yo’llarining ahvoli va flotining katta- kichikligi katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, AQSHdagi 41 ming km suv yo’lidan 31 ming km kanallar va shlyuzlangan daryo uchastkalariga to’g’ri keladi. Bu mamlakat 20 mln. t. dan ko’proq tonnajga ega bo’lgan dunyodagi eng katta daryo va ko’l flotiga ega. MDH, Xitoy, GFR, Fransiyada ham katta kanallar va suv yo’llari barpo etilgan.