logo

Dunyoning tabiiy resurslari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8503.3857421875 KB
Duny oning t abiiy  
resurslari                   Tabiiy resurslar, tugamaydigan va 
              tugaydigan tabiiy resurslar, tiklanadi- 
              gan va tiklanmaydigan tabiiy resurslar, 
              tabiiy resurslarning hududiy bi rikmasi, 
               resurslar bilan ta’minlanganlik   Insoniyat o‘z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli 
xil tabiiy boyliklar (resurslar)dan foydalanadi.     Tabiiy resurslar  deb, inson hayo ti va faoliyati davomida 
bevosita foydalaniladigan barcha turdagi ne’matlarga 
aytiladi.    Sayyoramiz ko‘p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. 
Tabiiy resurslar orasida  mineral, yer, suv, biologik  va 
iqlimiy  resurslarning iqtisodiy ahamiyati yuqori.    Tabiiy resurslar  tugaydigan  va  tugamaydigan  guruhlarga 
bo‘linadi. Yer, suv, mineral, biologik resurslar tugaydigan 
tabiiy resurslar qatoriga kiradi.    Ular, o‘z navbatida,  tiklanadigan  va  tiklanmaydigan 
guruhlarga bo‘linadi. Tiklanish xususiyatiga yer, suv 
hamda biologik resurslar ega.    Mineral re surslar, ya’ni foydali qazilmalar, 
tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.    Tugamaydigan tabiiy resurslar Quyosh energiyasi 
(gelioresurslar), sha mol, dengiz qalqishlari va oqimlari 
energiyasi, Yerning ichki energiyasi (geotermal 
resurslar), agroiqlimiy resurslardan iborat.    Ba’zida har xil tabiiy resurslar bitta hududda uchraydi va 
bu holat ish lab chiqarishni rivojlantirish uchun juda 
qulay hisoblanadi.    Nisbatan kichik hudud doirasida turli tabiiy 
resurslarning mavjudligi  tabiiy resurslarning hududiy 
birikmasi  deb ataladi.     Masalan, temir rudasi va toshko‘mirning hududiy 
birikmasi yoki rangli metallarning rudalari va 
gidroenergiya re surslarining hududiy birikmalari 
iqtisodiyot uchun ancha yuqori qiymatga ega.         Bular tufayli qora hamda rangli metallurgiyaga 
ixtisoslashgan sanoat rayonlarining shakllanishi uchun 
qulay imkoniyatlar yaratiladi.     Mark aziy  Qozog‘ist on
Toshko‘mir
Temir rudalari       Toshk ent  v iloy at i 
Gidroenergiya
Rangli metall ruda konlari       Tabiiy resurslar va ularning hududiy birikmalari yer 
yuzasi bo‘ylab notekis tarqalgan. Buning sabablari yer 
po‘stining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixi, iqlimiy 
va biologik sharoitning xilma-xilligidir.        Shu bois, turli materik, mamlakat, hududlar tabiiy 
resurslar bilan turlicha ta’minlangan. Bu holatdan kelib 
chiqib  resurslar bilan ta’minlanganlik  tushunchasi 
ishlatiladi.    Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik deganda, tabiiy 
resurslarning umumiy zaxiralari ko‘rsatkichi bilan 
ulardan foyda lanish miqdori o‘rtasidagi nisbat 
tushuniladi.    U tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs 
zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishi 
ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.    Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra, 
jahon mamla katlari, odatda uch guruhga bo‘linadi:        1) tabiiy resurslarning ko‘p turlari bilan yaxshi 
      ta’minlangan mamla katlar; 
  2) tabiiy resurslarning ayrim turlari bilan yaxshi  
      ta’minlangan mam	
 lakatlar; 
  3) tabiiy resurslar bilan ta’minlanmagan mamlakatlar.    Birinchi guruhga jahondagi hududiy kattaligi jihatidan 
eng yirik dav latlar – Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, 
Braziliya, Avstraliya, Hindiston, JAR, Qozog‘iston kiradi.     Dunyodagi ko‘p mamlakatlar ikkinchi guruhga mansub. 
Masalan, Fors qo‘ltig‘i davlatlari neft va tabiiy gazga, 
Janubiy Amerikadagi tog‘li mam lakatlar mis va 
polimetall rudalariga, Finlandiya suv va o‘rmon resurs	
 
lariga ancha boy.      Uchinchi guruhga esa tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral 
boyliklar bi lan yetarli darajada ta’minlanmagan «mitti» 
davlatlar (Vatikan, Andorra, San-Marino, Singapur, Sent-
Lyusiya, Tuvalu va b.) kiradi.     Ko‘pchilik tabiiy resurslar, eng avvalo, sanoat ishlab 
chiqarish tar moqlari uchun qimmatli xomashyo 
hisoblanadi. Shu sababli sanoat xomashyosi bilan 
ta’minlanish muammosi ko‘pchilik mamlakatlar oldida 
dol	
 zarb bo‘lib turadi.                  1. Tabiiy resurslar qanday guruhlarga bo‘linadi 
                va ular qanday xususiyatlari bilan farqlanadi? 
 2. Qaysi davlatlar turli xil tabiiy resurslar bilan eng    
     yaxshi ta’minlangan? 
  3. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan 
      foydalanib, tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik 
      ko‘rsatkichlarini hisoblang.

Duny oning t abiiy resurslari

Tabiiy resurslar, tugamaydigan va tugaydigan tabiiy resurslar, tiklanadi- gan va tiklanmaydigan tabiiy resurslar, tabiiy resurslarning hududiy bi rikmasi, resurslar bilan ta’minlanganlik

Insoniyat o‘z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy boyliklar (resurslar)dan foydalanadi.

Tabiiy resurslar deb, inson hayo ti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi ne’matlarga aytiladi.

Sayyoramiz ko‘p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar orasida mineral, yer, suv, biologik va iqlimiy resurslarning iqtisodiy ahamiyati yuqori.