logo

ELEMENTLARNING DAVRIY O'ZGARUVCHI XOSSALARI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2244.296875 KB
ELEMENTLARNING DAVRIY 
O'ZGARUVCHI XOSSALARI Reja:
1. Atom tuzilishining elektron nazariyasi 
2. Metallar atomlarining tashqi 
elektron pog‘onalari
3. Ionlanish energiyasi  Atom tuzilishining elektron 
nazariyasi elementlar 
xossalarining atom tuzilishi va 
davriy sistemadagi o‘rniga bog‘liq 
ravishda o‘zgarishini izohlab 
berdi.  Bu nazariyaga ko‘ra, kimyoviy 
reaksiyalar asosida elektron 
munosabatlar – atomlar 
elektron pog‘onalarining qayta 
qurilishi jarayonlari yotadi.  Maksimal to‘lgan qavatlar eng barqaror bo‘ladi. Bunday 
elektron qavatlar tugallangan deb ataladi, bunda tashqi 
elektron pog‘ona qavat s 2
p 6
 (8 ta elektron) elektron 
konfiguratsiyasiga ega bo‘ladi (He dan tashqari). Metallar atomlarining tashqi elektron 
pog‘onalarida, odatda, 4 tagacha elektron bo‘lib,  
yadro bilan kuchsiz bog‘langan. 
Ular kimyoviy reaksiyaga 
kirishganda valent 
elektronlarini yo‘qotadi.  Ishqoriy metallar boshqa metallarga 
nisbatan eng kuchli metallik 
xossalariga ega deb qabul qilinadi. 
Chunki ular boshqa metallarga nisbatan tashqi, valent 
elektronlarini oson yo‘qotadi. Elementlarning metallik 
xossalarini solishtirish 
uchun, odatda, maxsus 
kattalik – ionlanish 
energiyasidan 
foydalaniladi. Ionlanish energiyasi – elektronning 
atomdan ajralishi uchun zaruriy energiya 
miqdori. Atomlarning ionlanish 
energiyasi elementning tartib 
raqami bilan davriy 
bog‘lanishda bo‘ladi. Elektronga moyillik – neytral 
atomga bitta elektronning 
birikishi natijasida ajraladigan 
yoki yutiladigan energiya miqdori
AnodNeytral 
atom
Katod Yettinchi guruh bosh 
guruhchasi elementlari 
(F, Cl, Br, I) – tiliq 
metallmaslar eng katta 
elektronga moyillik 
qiymatlariga ega bo‘ladi. Haqiqatan ham, uchinchi 
davr ishqoriy metall – 
natriy bilan boshlanadi. 
Uning ketidan esa 
boshqa bir metall – 
magniy joylashganki, u 
natriyga nisbatan 
kamroq metall xossasiga 
ega. Davrlarda element atomlarining yadro zaryadlari 
ortib borishi natijasida atom radiusi kichrayadi, tashqi 
qavatdagi elektronlar soni esa ortadi. Katta davrlarda kichik davrlarga 
nisbatan metallik xossalari 
sekinlik bilan zaiflashadi, 
metallmaslik xossalari esa 
sekinlik bilan bo‘lsa-da 
kuchayadi.

ELEMENTLARNING DAVRIY O'ZGARUVCHI XOSSALARI

Reja: 1. Atom tuzilishining elektron nazariyasi 2. Metallar atomlarining tashqi elektron pog‘onalari 3. Ionlanish energiyasi

Atom tuzilishining elektron nazariyasi elementlar xossalarining atom tuzilishi va davriy sistemadagi o‘rniga bog‘liq ravishda o‘zgarishini izohlab berdi.

Bu nazariyaga ko‘ra, kimyoviy reaksiyalar asosida elektron munosabatlar – atomlar elektron pog‘onalarining qayta qurilishi jarayonlari yotadi.

Maksimal to‘lgan qavatlar eng barqaror bo‘ladi. Bunday elektron qavatlar tugallangan deb ataladi, bunda tashqi elektron pog‘ona qavat s 2 p 6 (8 ta elektron) elektron konfiguratsiyasiga ega bo‘ladi (He dan tashqari).