Empirik tadqiqot usullari
MAVZU: EMPIRIK TADQIQOT USULLARI
RE JA: • Empirik tadqiqot usuli haqida • Empirik tadqiqot usuli turlari • Metrologiya • Metrologiya asosiy vazifalari
KIRISH • Fanda ilmiy yutuq va samaradorlikka erishishni muhim shartini tadqiqot usulini ishlab chiqish va tatbiq qilish, fan va texnologiya taraqqiyotiga javoban usul va uslubiy yondashuvlarni yangilash tashkil qiladi. • Tadqiqot usuli fanda o’ziga xos richag (pishang) rolini o’ynaydi, obyektni yangi xislatlari va qonuniyatlarini ochish, olingan ma’lumotlarni tavsiflash, tahlil qilish, gipoteza, g’oya va nazariyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Shu bois tadqiqot usuli masalalarini qo’yish, ularni ishlab chiqish, samaradorligini ko’tarish fanda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
• Tadqiqot oldiga qo’yiladigan maqsadlardan biri izlanish obyektidagi xossa va qonuniyatlarini ochish, ularni tushuntiradigan nazariyani ishlab chiqishdir. Lekin izlanish obyekti bo’lgan xossalar, qonuniyatlar va funksional munosabatlar «yashiringan» bo’ladi, ularni bevosita mushohada qilib bo’lmaydi.
SAVOL • Arximed qonuni ko’rinadimi yoki biron-bir asbob yordamida qayd qilsa bo’ladimi? Yo’q albatta. Yoki A.Eynshteynning • Ye =M.S2 formulasida ifodalangan massa, energiya va harakat tezligi o’rtasidagi bog’lanish qonuniyatini bevosita mushohada qilish mumkinmi?