Eritmalar analitik kimyosi asoslari
Eritmalar analitik kimyosi asoslari
ERITMA NIMA? Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema O’z agregat xolatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi xisoblanadi
TO’YINGAN ERITMA Erimay qolgan modda bilan cheksiz uzoq vaqt birga mavjud bo’la oladigan, ya’ni muvozanatda turadigan eritma to’yingan eritma deyiladi To’yingan eritma extiyotlik bilan sovutilganda o’ta to’yingan eritma xosil bo’lishi mumkin
ERUVCHANLIK Moddaning biror erituvchida erish xususiyati shu moddaning eruvchanligi deyiladi Moddaning eruvchanligi uning tabiatiga, temperaturaga va bosimga bog’liq Ayni moddaning ma’lum temperaturada 100 gr erituvchida erib to’yingan eritma xosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsenti deyiladi
Erish issiqligi ikki qismdan iborat: • Eritma xolatiga o’tish issiqligi • Solvatlanish issiqligi MODDALARNING ERISH ISSIQLIGI Bir mol modda eriganda yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deyiladi