Erkin Vohidov
Mavzu: Erkin Vohidov Reja: 1.Erkin Vohidov hayot yo'li. 2.Adib she'riyati. 3.Adibning "Ruhlar isyoni" dostoni tahlili.
Erkin Vohidov hayot yo'li Erkin Vohidov 1936- yil 29 dekabrda Farg'onaning Oltiariq tumanida o'qitivchi oilasida dunyoga keladi. Otasi Cho'yanboy Vohidov, onasi Roziyaxon davrning obro'li insonlaridan bo'lishgan. Ammo ular hayotdan erta ko'z yumishgan.
Shoirning o'zi: "mening she'riyatga oshno bo'lishimga G'ayratiy to'garagi, Mirtemir seminari dorilfunundagi ijodiy muhit katta ta'sir qilgan", —deya e'tirof etadi. Shubhasiz , o'sha yillar respublika Yozuvchilar uyishmasida ham adabiy muhit jo'sh urgan, yosh iste'dodlar tarbiyasiga e'tibor kuchaygan, shoir Mirtemir bo'lgan ijodiy seminar dovrug' qozongan bir davr edi.
"San'atning, adabiyotning sharti— barkamollik va mukammallikdir", "Iste'dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida sadaf ichida ham gavhar,iste'dod bir shunday zilol irmoqki, uning har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor", deb aytaytgan edi Erkin Vohidov.
Adib she'riyati TUSH Bir oy bo'ldi Takror-takror Men bir xil tush ko'raman, Tushlarimda mudrab yurgan El ichida ichida yuraman. Ular bilan Men ham mudrab, Asta qadam sudrayaman.