logo

Erkin Vohidov asarlarida nutq madaniyati masalalari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5898.759765625 KB
Mavzu:  Erkin Vohidov 
asarlarida nutq madaniyati 
masalalari XX asr o ‘ zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri 
Erkin V ohidov ijodi o'ziga xosligi va ko ‘ p qirraligi 
bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijodiyotini 
qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiylik, 
tarixiylik kabi ezgu g ‘ oyalar tamoyili beixtiyor 
kitobxonni poetik mushohadaga chorlaydi. Hayot 
haqiqatini murakkabligi va to ‘ lig ‘ icha, ziddiyatlari 
bilan boricha namoyon etish, o ‘ tkir ijtimoiy 
masalalarni dadil ko ‘ tarib chiqish, ma 'naviy va 
jismoniy ruh erkinligini badiiy tasvirlash shoir 
ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir. 
E .Vohidov ijodi ham tadqiqotchilarni o ‘ ziga 
chorlashda davom etganligi ushbu to ‘ plamdagi 
maqolalar zalvoridan ayonlashadi. E.Vohidov ijodini 
o ‘ rganish yillar o ‘ tgan sayin yangicha qirralari kashf 
etilishi orqali diqqat markazidan tushmay kelyapti .    Shoir she ’ riyati XX asr oxiri va XXI asr boshlari 
lirikasida o ‘ z o ‘ rniga egaligi bilan o ‘ ziga xoslik kasb etsa, 
adibning  “ Nido ” .  “ Ruhlar isyoni ”  kabi poemalari.  “ Oltin 
devor ”  komediyasi badiiy saviyasi yuqoriligi, 
xalqimizning sevib mutolaa qiladigan asarlariga aylanib 
qolganligi bilan ajralib turadi. E.Vohidovning publitsistik 
asarlari orqali uning ko ‘ p sohalar bilimdoni ekanligi. 
mumtoz adabiyotni, xususan, Navoiy ijodiyotini chuqur 
o ‘ rganganligi ,  jahon adabiyoti bilimdoni ekanligi 
anglashiladi. Ta ’ kidlash kerakki, Erkin Vohidov, umuman, aruz vazni, xususan, g ‘ azal 
janrini tiklash uchun emas, balki o z o yʻ ʻ - u tuyg ‘ ulari aynan g ‘ azalda 
moddiylashishga moyil bo ‘ lgani uchun bu janrga qo ‘ l uradi. G ‘ oyat 
nazokatli va zarif shoi r i bezovta qilgan fikru tuyg ‘ ular ham uning 
shaxsiyati singari nazokat - u zarofatli yo ‘ sinda ifodalanishni taqozo 
etardi. Shoir o ‘ z davri uchun shakkoklik sanalgan isyonkor fikrlarni ham 
g ‘ azalning go ‘ zal, mayin va jozibali libosiga o ‘ rab bera bildi. E.Vohidov 
poetik fikrining zalvori g ‘ oyat og ‘ ir bo ‘ lgani holda uning ifoda yo ‘ sini 
o ‘ ta mayin bo ‘ lardi. Uning she ’ rlarida o ‘ tli chaqiriq bor edi. Lekin bu 
da ’ vat o ‘ qirmanni olamni ag ‘ dar-tortar qilishga emas, balki dunyo va 
undagi tartibot haqida jiddiy o ‘ yga toldiradigan yo ‘ sinda latif she ’ riy 
shaklda taqdim ctilardi.  E.Vohidov g ‘ azallarida oshigning dil rozlari, ma ’ shuqaning 
ta ’ rif-tavsifi mumtoz adabiyotdagi yanglig ‘  har qancha 
mubolag ‘ ador, serbo ‘ yoq bo'lmasin, undagi timsollar bugunning 
odami ekani anglashilib turadi. Ular  “ zamon zayli ” ni hisobga 
oladigan. Ma ’ lumki, mumtoz she ’ riyatda vaqt tushunchasi 
ancha nisbiy bo ‘ lgan. Chunki mumtoz shoirlar o ‘ tkinchi, 
bugunning tashvishlari aks etgan mavzularga qo ‘ l urmaganlar. 
Shuning uchun ham ula rn ing ijodida   o ‘ z davrining belgilari 
ko ‘ zga tashlanib turmaydi. E.Vohidovning g ‘ azallarida esa 
bugunning nuqsoni aks etadi.  E.Vohidovning ” Arslon o ‘ ynatuvchi  ”  she ’ ri - 
XX asr o ‘ zbek milliy poeziyasining jiddiy 
yutuqlaridan biri. Bu she ’ r qaramlik, mutelik 
va erksizlikka qarshi o ‘ tkir poetik 
aybnomadir. She ‘ rda erksizlik dunyosining 
shafqatsizligi, kun ko ‘ rish tashvishi nafaqat 
odamzod, balki umuman, tirik mavjudotni 
har ko ‘ yga solishi mumkinligi butun 
keskinligi bilan ko ‘ r satiladi. She ’ rda 
kishilarni bir-biriga ko ‘ rinmas kishanlar 
bilan bog ‘ lab tashlagan ehtiyojning qudrati 
ochib beriladi. Sherda hayvonlar podshosi b o‘lm ish 
qudratli arslonini charsillab yonib turgan 
olov halqa ichidan sakrab o ‘ tishga majbur 
qilgan, shunday qudratli jonliqni jisman 
ojizgina odamga qaram, befarq olomonga 
esa e r mak qilib qo ‘ ygan bilgisiz kuch nima 
ekani haqida mushohada yuritiladi. Muallif 
hodisaning sirtiga emas. mohiyatiga nazar 
tashlaydi. Chuqur poetik tahlil va nozik 
tasvir orqali haqiqiy aybdor sirk 
maydonidagi arslon ham, hayvon 
o ‘ ynatuvchi ham, tomoshabin ham emas, 
balki sahna ortidagi ayovsiz hayot ekani 
ko ‘ rsatiladi. Dramalari :
Oltin 
devor   Istambul 
fojiasi   D D
O
S
T
O
N
L
A
R
I Nido
Orzu chashmasi
Ruhlar Isyoni
Quyosh maskani
Palatkada yozilgan doston Erkin Vohidov ijodining avvalgi bosqichlanda uchramagan murojaat 
usuli  “ Og'riqli savollar ” .  “ Davlat ishi ” .  “ Shaharmi bu, qishloqmi 
bu... ” ,  “ Sen menga tegma ” ,  “ Bizdan keyin hech bir avlod qayta 
qurmasin ”  singari she ’ rlarida aniq ko ‘ zga tashlanadi. Ammo dilini 
qoniqtiradigan javob ololmay faryod chekadi. Binobarin, 
E.Vohidovning bu she ’ rlari inson qalbiga bevosita yo ‘ naltirilgan, inson 
sha ’ ni uchun kurashadigan, inson shaxsiga nisbatan mehr bilan 
sug ‘ orilgan she ’ riyat ekanligini isbotlaydi . Erkin Vohidov bundan ko ‘ p 
yillar muqaddam ;  
Shoirlik - bu shirin jondan kechmakdir. 
Limmo-lim fidolik jomin ichmakdir. 
Shoirlik - jigarni ming pora etmak, 
Bag ‘ ir qoni bilan satrlar bitmak.
  O ‘ zni tomchi-tomchi, zarra va zarra
  Elga qurbon qilib, eng so ‘ nggi karra - Armon bilan demak:  “ Ey, ona 
yurtim, 
Kechir-xizmatingni silolmay o'tdim ” .   Bugun shoirning ulkan adabiy merosidan bahramand bo ‘ lish 
asnosida to ‘ la  h uquq bilan aytishimiz mumkinki, Erkin Vohidov 
xalqiga xizmat qila olgani uchun haqli ravishda  “ O'zbekiston 
xalq shoiri” unvonini oldi.  “ Limmolim fidoyilik jomini ”  ichgani 
va bu yo ‘ lda namuna ko ‘ rsatgani uchun muhtar Prezidentimiz 
o ‘ z qo ‘ llari bilan ko ‘ ksiga  “ Oltin yulduz ” ni qadab  “ O ‘ zbekiston 
qahramoni ”  deb e ’ lon qildilar. Xalqimiz va Vatanimiz oldidagi 
buyuk xizmatlari munosib taqdirlanib kelmoqda. Hozir Erkin 
Vohidov ijodi aynan shiraga to ‘ lgan payti. Bu fikrimizni 
shoirning keyingi paytda e ’ lon qilgan she ’ rlari, publitsistik 
maqolalari, suhbatlari to ‘ la isbotlab turibdi. E.Vohidov istedodi yorqin namoyon bo ‘ lgan asarlar orasida 1979 - yilda 
yaratilgan  “ Ruhlar isyoni ”  dostoni yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. 
Nazrul Islom XX asr boshlarida sheriyatga chaqindek yaraqlab, 
momaqaldiroqdek gulduros bilan kirib kelgan va Kunchiqish poeziyasi 
taraqqiyotida o ‘ chmas iz qoldirgan isyonkor shoir edi. U da ’ vatkor she ’ rlari 
bilan butun Hindistonni larzaga solgan, iste ’ dodi va hayotini vatani ozodligi, 
xalqlar birdamligi, erki va baxti yo ‘ lida fido etgan dovyurak shoirdir. 
Bosqinchilar va ularning mahalliy yaloqxo ‘ rlari qilgan adoqsiz tazyiq va 
qiynoqlar hali o ‘ ttiz beshga ham kirmagan isyonkor va bo ‘ ysunmas shoirni 
ayni ijodi qaynagan paytda aqldan ozdiradi. Oradan yillar o ‘ t di, 
mustamlakachilar shoirning vatanidan quvildi. Mamlakat mustaqillikka 
erishgach, bir vaqtlar tahqirlangan ,  jabrlangan shoir qadr topadi, el 
ardog ‘ iga sazovor bo ‘ ladi. Ammo endi u bularni bilmas, chunki uni aqlidan 
ayirgan edilar. Nazrul Islom yurtidagi o ‘ zgarishlarni sezmay, shu ahvolda 
yana qirq yil yashaydi. Iste ’ dodli bo ‘ lish yoki bo ‘ lmaslik odamning ixtiyorida 
emas. U kishiga Yaratgan tomonidan qilingan inoyat, 
ulkan mas ’ uliyat va tayin etilgan qismatdir. Shu bois 
iste ’ dodli shaxsning Haqni qaror topdirish uchun 
kurashishi tabiiy holdir. Iste ’ dodning istibdodga chiday 
olmasligiga sabab istibdod zamirida adolatsizlik va zulm 
borligidir. Shuning uchun ham dostonda alohida 
ta ’ kidlanadiki:
Kuy, g ‘ azali odamzodnin
  Darddir, ezgu armondir.
  Yaralishdan iste ’ dodning.
Tabiati isyondir.
  Shoir yurak-pok tilagi.
  Imonidir basharning. 
Armon to ‘ la yurakdagi
  Isyonidir basharning.  ERKIN VOHIDOV. ARUZ HAQIDA
Bir vaqtlar, taxminan 15 yilcha ilgari bizning studentlik vaqtimizda 
“ O‘zbekiston madaniyati ”  gazetasi o‘z sahifalarida aruz vazni haqida bahs 
ochgan edi.
Shunda katta-katta olimlar, shoirlar ikki guruhga bo‘linib, bir qismlari 
aruzning raqiblari, bir qismlari uning tarafdori bo‘lgan edilar. Aruz kerak, 
bizning zamonamizga xizmat qilishi mumkin deganlar klassik va 
zamonaviy g‘azallarning eng yaxshi namunalariga suyanganlar. Aksincha, 
aruzning raqiblari esa arzon va jo‘n g‘azallarni, aksari, qo‘shiq qilib 
aytilayotgan zamonaviy aruzning turfahol namunalarini misol qilib 
ko‘rsatganlar. Bunday  “ g‘azal ” larning o‘sha vaqtda ham haddan ziyod 
ko‘payib ketgani natijasida hatto adabiyotimizning bir necha ulkan 
namoyandalari aruz raqiblari qarorgohidan joy olgan edilar. Ular o‘sha 
vaqtda balki haqli ham edilar. Chunki:
Yaxshilikni odat et, qilma yomonlik hech qachon:
Yaxshilik yaxshi erur, lekin yomonlikdir yomon.
singari o‘ta jo‘n nasihatlar,  “ aylading — ketding ”  kabi radiflarda yuksak 
his-tuyg‘udan yiroq oshiqonalar matbuot sahifalarini seldek to‘ldirgan edi.
Bugun she’riyatimiz bosib o‘tgan ulkan yo‘lga nazar solib, aruzning yutuq 
va kamchiliklari haqida ma’lum darajada ob’ektiv xulosalar chiqarish 
mumkin . Hamza Hakimzoda boshlagan, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Uyg‘un, 
Sobir Abdulla, Zokir Habibiylar davom ettirgan o‘zbek g‘azali o‘zining 
an’analariga ega.
Dastavval shuni aytish kerakki, yangi zamon aruzi tor, cheklangan 
mavzulardan — may va mahbuba, yor va ag‘yor, garduni dun kabi 
tushunchalar doirasidan chiqib hozirgi zamon kishisining ichki dunyosini, 
uning qalbidagi yor muhabbati bilan el mehri, vatan sevgisini, olam 
haqidagi o‘ylarini ifoda qilmoqda.
G‘azal — murakkab va ancha qiyin janr. G‘azalnavisdan oz so‘zda ko‘p 
ma’no berish, fikr durdonalarini badiiy tashbeh sadaflari ichida taqdim 
etishni talab etuvchi janr.
Yana shuni aytish kerakki, xalqimiz Navoiy va Fuzuliylar, Hofiz va 
Bedillarning go‘zal va teran g‘azallarini biladi. Uning aruz vazniga didi 
ana o‘shalarni o‘qib tarbiya topgan. Shu sababdan jo‘n va sayoz 
misralarning xalqimiz orasida e’tibor topmasligi tabiiy.
Aruz adabiyotning, umuman san’atning hamma turlari kabi talant va 
mahorat, teran xayol va ehtiros talab qiladi. “ KO‘NGIL NIDOSI’’    
‘‘ SHE’R DUNYOSI’’
‘‘ UMR DARYOSI’’SHE’R IY  TO‘PLAMLARI :
“ ISH SAVDOSI’’ Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S. Karimov 
Nutq madaniyati va mutolaa san’ati fanidan o ‘ quv 
qo ‘ llanma. Samarqand- 2020.
2. www.arxiv.uz E ’ tiboringiz uchun  t ashakkur!!!

Mavzu: Erkin Vohidov asarlarida nutq madaniyati masalalari

XX asr o ‘ zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin V ohidov ijodi o'ziga xosligi va ko ‘ p qirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijodiyotini qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiylik, tarixiylik kabi ezgu g ‘ oyalar tamoyili beixtiyor kitobxonni poetik mushohadaga chorlaydi. Hayot haqiqatini murakkabligi va to ‘ lig ‘ icha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish, o ‘ tkir ijtimoiy masalalarni dadil ko ‘ tarib chiqish, ma 'naviy va jismoniy ruh erkinligini badiiy tasvirlash shoir ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir. E .Vohidov ijodi ham tadqiqotchilarni o ‘ ziga chorlashda davom etganligi ushbu to ‘ plamdagi maqolalar zalvoridan ayonlashadi. E.Vohidov ijodini o ‘ rganish yillar o ‘ tgan sayin yangicha qirralari kashf etilishi orqali diqqat markazidan tushmay kelyapti .

Shoir she ’ riyati XX asr oxiri va XXI asr boshlari lirikasida o ‘ z o ‘ rniga egaligi bilan o ‘ ziga xoslik kasb etsa, adibning “ Nido ” . “ Ruhlar isyoni ” kabi poemalari. “ Oltin devor ” komediyasi badiiy saviyasi yuqoriligi, xalqimizning sevib mutolaa qiladigan asarlariga aylanib qolganligi bilan ajralib turadi. E.Vohidovning publitsistik asarlari orqali uning ko ‘ p sohalar bilimdoni ekanligi. mumtoz adabiyotni, xususan, Navoiy ijodiyotini chuqur o ‘ rganganligi , jahon adabiyoti bilimdoni ekanligi anglashiladi.

Ta ’ kidlash kerakki, Erkin Vohidov, umuman, aruz vazni, xususan, g ‘ azal janrini tiklash uchun emas, balki o z o yʻ ʻ - u tuyg ‘ ulari aynan g ‘ azalda moddiylashishga moyil bo ‘ lgani uchun bu janrga qo ‘ l uradi. G ‘ oyat nazokatli va zarif shoi r i bezovta qilgan fikru tuyg ‘ ular ham uning shaxsiyati singari nazokat - u zarofatli yo ‘ sinda ifodalanishni taqozo etardi. Shoir o ‘ z davri uchun shakkoklik sanalgan isyonkor fikrlarni ham g ‘ azalning go ‘ zal, mayin va jozibali libosiga o ‘ rab bera bildi. E.Vohidov poetik fikrining zalvori g ‘ oyat og ‘ ir bo ‘ lgani holda uning ifoda yo ‘ sini o ‘ ta mayin bo ‘ lardi. Uning she ’ rlarida o ‘ tli chaqiriq bor edi. Lekin bu da ’ vat o ‘ qirmanni olamni ag ‘ dar-tortar qilishga emas, balki dunyo va undagi tartibot haqida jiddiy o ‘ yga toldiradigan yo ‘ sinda latif she ’ riy shaklda taqdim ctilardi.