Fors tili taraqqiyotining yangi davri haqida
■ Fors tili taraqqiyotining yangi davri haqida ma’limot. ■ “ Be” , “Pe”, “Te”, fors tili undoshlarini tasniflash. ■ Matnning diakritik belgi- harakatlarini (zir,zabar, pish) qo’yish. ■ Matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib yozish. ■ Matnning transkripsiyasini yozing. ■ Matnni o’zbek tiliga tarjima qilish
Yangi ya’ni hozirgi fors tili (IX asrdan shu kungacha bo'lgan davrni o‘z ichiga oladi). ■ IX asrda Eron va 0 ‘rta Osiyo xalqlari o‘z davlat mustaqilligi uchun olib borgan kurashda g‘olib chiqdilar va arab xalifaligi hukmronligidan ozod bo‘lib, o‘zlarining markazlashgan Somoniylar davlatini vujudga keltirdilar. Somoniylar dariy yoki forsiy nomi bilan atalgan mahalliy tilni o‘zlarining davlat va adabiy tili deb e’lon qildilar. Dariy tili qadimgi va o‘rta davr fors tilining tarixiy taraqqiyoti davomi sifatida shaklIandi va arab so‘zlari hisobiga o‘z leksik tarkibini boyitdi. Shunday qilib, IX asrdan boshlab fors tili tarixida III davr — yangi fors tili 11 davri boshlandi. Dariy tili tez sur’at bilan taraqqiy etdi va ko‘p sohalardan arab tilini siqib chiqarib, tez vaqt ichida fan va adabiyot uchun asosiy til bo‘lib qoldi.
IX asrdan XV asrgacha bo‘lgan davrda 0 ‘rta Osiyo va Eron xalqlarining tarixida ilm va madaniyat, adabiyot va she’riyat yuksak darajaga ko‘tarilgan davr bo‘ldi. ■ Somoniylar davlati barpo bo‘lishidan boshlangan besh asrlik davr eron va tojik xalqlari adabiyotining, xususan she’riyatning kamolot cho'qqisiga ko‘tarilgan davri bo‘ldi. Bu davrda dariy (forsiy) tilida insoniyatning ma’naviy boyliklari xazinasiga katta xissa qo‘shgan, o‘zining o’lmas asarlari bilan jahon kitobxonlarini maftun etgan Abu Abdullo Rudakiyning lirik she’rlari, Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» asari, Umar Xayyomning ruboiylari, Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo‘ston» asarlari, Amir Xusrav Dehlaviyning «Hamsa»si, Shamsiddin Muhammad Hofizning g‘azallari, Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»i va boshqa bir qancha shoir va olimlarning asarlari yaratildi.
BE HARFI - ب ■ Be harfi – arab alifbosidagi ikkinchi harf bo’lib, « b » tovushini bildiradi Be o’zidan oldingi harfga ham,o’zidan keyingi harfga ham qo’shilib yoziladi.Shuning uchun to’rt ko’rinishga ega. O’zbek tilidagi b undoshini ifodalaydi. Be harfi satr chizig’iga yoziladi, uning nuqtasigina satr chizig’idan pastga tushirib yoziladi; ■ اب bo اباب bobo بآ ob ابآ obo
Pe be harfiga shakldosh harf bo’lib undan tagidagi nuqtalar sonining uchta bo’lishi bilan farqlanadi. O’zbek tilidagi pe tovushini ifoda etadi. ■ ردپ padar اپرب barpo اورپ parvo ■ زاورپ parvoz رسپ pesar لپ po’l پیت tip توت tut ساپ pos نابساپ posbon لاسراپ porsol سپس sepas