logo

Fors svilizatsiyasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

148.4111328125 KB
Fors svilizatsiyasi                                 Reja:

1. Fors davlatining paydo bo lishiʻ

2.Fors podahligining bosqinchilik yurishlari

3 .Fors davlatining barham topishi                  Axomaniylar davlatiga 
qadimgi fors podshohlari 
xonadoni – axomaniylar 
vakili Kir II asos solgan. 
Miloddan avvalgi 558 yil Kir 
II fors qabilalari ittifoqiga 
rahbar boʻlib, 553 yil 
midiyaliklar hukmronligiga 
qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 
Forslar 550 yil gʻalaba 
qozonib va Midiyani egallab 
keyingi uch yil mobaynida 
sobiq Midiya davlati 
tarkibiga kirgan 
mamlakatlarni bosib 
olganlar, 546 yil esa Lidiya 
va Kichik Osiyodagi yunon 
shaharlarini zabt etganlar. 
545–539 yillar oraligʻida 
Kichik Osiyoning katta 
qismi, 538 yilda Bobil, 525 
yilda Misr, 519–512 yillar 
oraligʻida Egey dengizidagi 
orollar, Frakiya, Makedoniya 
va Hindistonning shimoli-
gʻarbiy qismi 
boʻysundirilgan                 Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali 
boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan 
boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya 
(okrug)larga boʻlinib, ularning tepasida maxsus amaldorlar (satraplar) turgan. Ular fors 
podshosiga ulkan miqdorda soliqlar (pul va natura holda) toʻlashgan. Doro I davrida 
yagona tanga pul birligi – 8,4 g oltin ogʻirligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) 
mayda kumush tanga vazifasini oʻtagan. Axomaniylar davlati etnik tarkibi va ijtimoiy 
ukladi boʻyicha turli-tuman bo'lgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Bobil, Finikiya va Misr 
kirib, ularning qishloq xoʻjaligi va hunarmandchiligida qullar mehnatidan keng 
foydalanilgan                 Mahalliy tillar qatorida Axomaniylar davlatining rasmiy idora tili boʻlgan oromiy 
tili ham keng tarqalgan. Eronda qadimgi fors va oromiy tilidan tashqari ma’muriy 
ehtiyojlar uchun elam tilidan ham keng foydalanishgan. Forslar koʻpgina finikiy 
va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (masalan, Kilikiya, 
Sugʻdiyona va boshqalar) mahalliy shohlar va hokimlar sulolasini saqlab 
qolganlar, ibodatxonalarni soliq va toʻlovlardan ozod etganlar. Persepol bilan bir 
qatorda axomaniylar Bobil, Suza va Ekbatanani poytaxt qilishgan. Axomaniylar 
davlati madaniyati va san’ati Eron madaniy an’analarini Yunoniston, Ossuriya, 
Misr va boshqa mamlakatlar an’analari bilan chogʻishtirmasidan iborat boʻlgan. 
Forslarning oʻzi saltanatda mumtoz mavqega ega edilar.                 Ular soliqlar va majburiy ishlardan ozod 
etilganlar. Fors zodagonlari eng muhim harbiy 
va fuqarolik lavozimlarini egallashgan. Fors 
shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar 
va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va 
boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga 
asoslangan katta xoʻjaliklarga ega boʻlishgan. 
Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga 
ega boʻlmagani tufayli beqaror harbiy-ma’muriy 
birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami 
bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib 
turishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy 
qudrati zaiflashishi bilan ularning davlati 
parchalanib keta boshlagan. Misr, Bobil, Midiya, 
Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda koʻplab 
qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan (mas, 522 yilda 
Midiyada Gaumata qoʻzgʻoloni va 
Margʻiyonadagi qoʻzgʻolon, 500 – 493 yillarda 
kichik osiyolik yunonlar qoʻzgʻoloni, 405 yil 
Misrdagi qoʻzgʻolon). Miloddan avvalgi 5-asr 
oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda 
oʻzaro urush olib borganlar, ba’zan esa hatto 
podshohning oʻziga ham qarshi qurol 
koʻtarganlar.                 Misr, Bobil, Midiya, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda koʻplab qoʻzgʻolonlar 
koʻtarilgan (mas, 522 yilda Midiyada Gaumata qoʻzgʻoloni va Margʻiyonadagi 
qoʻzgʻolon, 500 – 493 yillarda kichik osiyolik yunonlar qoʻzgʻoloni, 405 yil Misrdagi 
qoʻzgʻolon). Miloddan avvalgi 5-asr oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda 
oʻzaro urush olib borganlar, ba’zan esa hatto podshohning oʻziga ham qarshi qurol 
koʻtarganlar. 500 – 449 yillardagi yunon-fors urushlari davridayoq fors qoʻshinining 
jangovarlik qobiliyati anchagina yoʻqotilgan. Miloddan avvalgi 330 yil Aleksandr 
Makedonskiy qoʻshini zarbalari ostida Axomaniylar davlati qulagan. Turon 
xalqlarining Axomaniylar davlatiga qarshi olib borgan kurashlari haqida: qarang 
Toʻmaris, Shiroq, Margʻiyona qoʻzgʻoloni                 Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz 
osoyishtalik o'rnatgach, bir qator islohotlar 
o'tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta 
satraplikka — viloyatga bo'lib, ularning har 
biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi 
qo'shinga harbiy sarkardalar boshchilik qilib, 
davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat 
o'rnatganlar. Butun mamlakat satrapliklarida 
»podshoning ko'zi va. qulog'i" deb nom olgan 
nazoratchilar faoliyat ko'rsatganlar.
Har bir shubhali kishi qattiq nazorat qilinib, 
jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o'ldirilgan 
ham. Mamlakat viloyatlari o'rtasidagi 
aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan 
nshoh yo'llari" qurilgan. Bu yo'llar 
Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga 
tarmoqlanib ketgan edi, yo'llarda, 
bekatlar,.karvonsaroylar, korizlar qurilib, ularni 
otliq soqchilar qo'riqlab turgan.
Ahamoniylar sulolasidan bo'lgan Fors shohi, 
urushlari bilan mashhur.
Doro 1                 Ahamoniylar sulolasi:  Kir II  (550 – 530) (Fors va Anshanda 558 
yildan hokimlik qilgan),  Kambis II  (530 – 522),  Doro 1  (522 – 486), 
Kserks I  (486 – 465),  Artakserks I  (465 – 424), Kserks II (424), 
Sugʻdiyon yoxud Sekudian (424 – 423),  Doro II  (423 – 404), 
Artakserks II  (404 – 358),  Artakserks III  (358 – 338), Arses (338 – 
336),  Doro III  (336 – 330).
Naqshi Rustam dagi surat                 Foydalanilgan adabiyotlar 

1.Qadimgi dunyo tarixi

2.www.orginal.uz

Fors svilizatsiyasi

Reja:  1. Fors davlatining paydo bo lishiʻ  2.Fors podahligining bosqinchilik yurishlari  3 .Fors davlatining barham topishi

Axomaniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Miloddan avvalgi 558 yil Kir II fors qabilalari ittifoqiga rahbar boʻlib, 553 yil midiyaliklar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Forslar 550 yil gʻalaba qozonib va Midiyani egallab keyingi uch yil mobaynida sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545–539 yillar oraligʻida Kichik Osiyoning katta qismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519–512 yillar oraligʻida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli- gʻarbiy qismi boʻysundirilgan

Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya (okrug)larga boʻlinib, ularning tepasida maxsus amaldorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar (pul va natura holda) toʻlashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi – 8,4 g oltin ogʻirligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda kumush tanga vazifasini oʻtagan. Axomaniylar davlati etnik tarkibi va ijtimoiy ukladi boʻyicha turli-tuman bo'lgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Bobil, Finikiya va Misr kirib, ularning qishloq xoʻjaligi va hunarmandchiligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan

Mahalliy tillar qatorida Axomaniylar davlatining rasmiy idora tili boʻlgan oromiy tili ham keng tarqalgan. Eronda qadimgi fors va oromiy tilidan tashqari ma’muriy ehtiyojlar uchun elam tilidan ham keng foydalanishgan. Forslar koʻpgina finikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (masalan, Kilikiya, Sugʻdiyona va boshqalar) mahalliy shohlar va hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va toʻlovlardan ozod etganlar. Persepol bilan bir qatorda axomaniylar Bobil, Suza va Ekbatanani poytaxt qilishgan. Axomaniylar davlati madaniyati va san’ati Eron madaniy an’analarini Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa mamlakatlar an’analari bilan chogʻishtirmasidan iborat boʻlgan. Forslarning oʻzi saltanatda mumtoz mavqega ega edilar.