Vizantiya svilizatsiyasi
Mavzu:Vizantiya svilizatsiyasi
Sivilizatsion taraqqiyotning Qadimgi davrdan keyingi bosqichi O rta ʼ asrlar bo ldi. Bu davrda Vizantiya sivilizatsiyasi alohida, yetakchi o rin ʼ ʼ tutdi. Vizantiya tarixi 324 yilda Bosfor bo g ozidagi qadimgi Vizantiy ʼ ʼ shaharchasi o rnida Rimning yangi poytaxti Konstantinopolga asos ʼ solinishi bilan boshlanib, 1453 yilda turklar tomonidan bosib olinishidan so ng yakun topdi. Mustaqil davlat va sivilizatsiya sifatida ʼ esa uning tarixi Rim ikki qismga parchalanib ketgan 395 yildan boshlanadi. Konstantinopol Rim imperiyasining Yevropa va Osiyo qismlari tutashgan nuqtada, Sharq va G arb chorrahasida joylashgan edi. ʼ Darhaqiqat Vizantiya sivilizatsiyasi antik meros va sharqiy – xristian maslagining o ziga xos sintezi edi. Uning tabiiy-geografik o rni muhim ʼ ʼ savdo yo llarini nazorat qilish, bo g ozlar ustidan harbiy-strategik ʼ ʼ ʼ jihatdan hukmronlik qilish imkonini berardi.
Vizantiya chegaralari uning ming yildan ortiq tarixi davomida o zgarib ʼ turdi, biroq o zining qudratga erishgan davrida Vizantiya Bolqon yarim ʼ oroli, Kichik Osiyo, Shimoliy Mesopotamiya, А rmanistonnig bir qismi, Suriya, Falsatin, Misr, Krit va Kipr orollari, Qrimdagi Xersones, Kavkazdagi Lazika. А rabistonning ayrim hududlarini o z ichiga olgan. ʼ Vizantiyaga kiruvchi viloyatlar iqtisodiy imkoniyatlari jihatidan bir xil emas edi. Hunarmandchilik taraqqiyoti jihatidan Vizantiya g arbiy ʼ Yevropa mamlakatlaridan oldinda turgan. G arbiy Yevropadan farqli ʼ o laroq Vizantiyaning ichki xo jalik hayoti nisbatan barqaror edi. ʼ ʼ Vizantiya aholisi etnik jihatdan rang-barang bo lib, uning katta qismini ʼ yunonlar tashkil etgan, bu yerda shuningdek suriyaliklar, yahudiylar, armanlar, gruzinlar, koptlar (Misrda) istiqomat qilgan. Rimliklar ozchilikni tashkil etgan. X asrga kelib Vizantiyaning aholisi 20-25 mln. kishini tashkil etgan. 7 asrga qadar lotin tili ustunlik qilgan, ammo vaqt o tishi bilan yunon tili davlat tiliga aylandi. ʼ
Vizantiya imperiyasining imperatori (vasilevs) deyarli cheklanmagan hokimiyatga ega bo lgan, ammo o zini hech ʼ ʼ qachon qonundan ustun qo ymagan. Unga ko p sonli sud, harbiy ʼ ʼ va soliq muassasalari, davlat amaldorlari, shuningdek, maslahat organiga vazifasini bajargan sinklit (lotincha senat) bo ysungan. ʼ Vizantiyada nafaqat zodagonlar, balki iqtidorli va bilimli oddiy kishilar ham yuqori darajalarga erishish imkoniga ega bo lgan. ʼ Vizantiyaliklar imperiya g oyasini Rimdan qabul qilib olganlar. ʼ Xristianlik muqaddaslik tusini berib, imperiya g oyasini ʼ mustahkamlagan. 4 asrda Buyuk Konstantinning safdoshlaridan biri evseviy Kesariyskiy Vizantiya davlatchiligining diniy asosiga aylangan siyosiy nazariyani ishlab chiqqan.