Vizantiya siviliatsiyasi
Vizantiya siviliatsiyasi
Vizant iy a (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-asrlar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya.o.ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit o.lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizm olingan. Axrlisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqa Davlat tili 4—6- asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda V. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. V. geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iktisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻldi, siyosiy va harbiy markazga aylandi.
Imperator Yustinian I hukmronligi davri (527—565)da maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazildi, markaziy davlat mustahkamlandi, kuchli armiya vujudga keltirildi. Bu esa Yustinianga 533—534 yillarda Shim. Afrikadagi vandallar davlatini, 555 yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, Jan.-Sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini berdi. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va 7-asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. 6-asr oxiri —7-asr boshlarida V. hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etdi. 7-asrning 70-yillarida V.ning shim.gʻarbiy chegarasida qad. bulgʻorlar davlati — Bulg'oriston barpo boʻldi. 636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shim. Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar V. hududining anchagina qismini bosib oldi. 8—9-asrlarda V. hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi.