logo

Fuzuliy

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

387.0927734375 KB
Fuzu
liy(	1	
4	
9	
8	
-	 1	
5	
5	
6	
)  •
Muhammad Sulaymon o'g'li 
Fuzuliy Sharqning eng mashhur 
shoirlaridandir.                 
•
U 1498- yilda Iroqning Karbalo 
shahrida tug'ilgan.  Karbalo dasht i 
haqida
•
Payg'ambarimizning nabirasi Imom Husayn 
Karbalo dashtida shahid bo'lgani sababli bu 
yurt juda mashhur bo'lib ketgan. Shoira 
Uvaysiy bu haqdagi dostonini “Karbalonoma” 
deb atagan edi.  M a d h  
•
Zamonamizning taniqli shoiri E. Vohidovning 
“Fuzuliy haykali qoshida” she'rida shunday 
misralar bor:
   Yellar, bir daqiqa to'xtang esishdan, 
   Sernavo bulbullar, sayramang biroz. 
   Karbalo dashtida yayov kezishdan 
   Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz. •
Yosh  Muhammad  shoir  sifatida 
Bag'dodda  shakllandi.  Uning  Fuzuliy 
taxallusi  yoniga  Bag'dodiy  nisbasining 
qo'shilib  kelishi  shundan.  Shoir 
taxallusining  o'zagi  fazl  (fazilat) 
so'zidan,  fuzul  fazlning  jamini,  fozil, 
fazilat  egasi  ma'nolarini  beradi. 
Bo'lajak  shoir  maktab,  madrasada 
qunt-ishtiyoq  bilan  o'qigan.  Uning  ona 
tilidan  tashqari  arab,  fors  tillarini  ham 
mukammal  o'rganib,  ularda  ajoyib 
she'rlar  bitishi,  tabiiy  fanlardan  chuqur 
xabardorligi bunga dalil. •
Ozarbayjon,  fors  va  arab  tillarida  ijod  qilgan.  Otasi 
Bayot  kabilasidan  bo‘lib,  XV  asr  oxirlarida 
Ozarbayjondan  Bag‘dodga  ko‘chib  borgan.  Bag‘dod 
madrasalarida  tahsil  olib,  o‘zi  ham  mudarrislik 
qilgan. 
•
Uzoq  vaqt  Bag‘dodda  yashagan. 
Ozarbayjon  hukmdori  shoh  Ismoil 
I  Safaviy  va  Turkiya  sultoni 
Sulaymon  I  Qonuniy  shoirni 
moddiy  jihatdan  bir  oz  ta’minlab 
turganlar.Bilib 
oling
! •
Fuzuliy  boy  adabiy  an’anaga  ega  bo‘lgan 
forsiy  va  turkiy  adabiyotning  Xoqoniy 
Shirvoniy,  Mujrim  Baylagani,  Nizomiy 
Ganjaviy, Sa’diy Sheroziy, Salmon Sovajiy, 
Hofiz  Sheroziy,  Atoiy,  Lutfiy,  Alisher 
Navoiy  ijodini  mehr  bilan  o‘qib-o‘rganib, 
ularning  mahorat  sirlaridan  bahramand 
bo‘lgan.  Shoir  ijodiga,  ayniqsa,  Lutfiy 
bilan Navoiy kuchli ta’sir ko‘rsatgan. •
Fuzuliy  devon  tuzib,  uni  «Muhabbatnoma», 
«Farzandi dilband» deb ta’riflagan. 
•
Shoir  ishqiy  lirikasida  insonning  ma’naviy 
olami,  jo‘shqin  his-tuyg‘ular  tug‘yoni, 
olijanoblik  bilan  jaholat,  ochko‘zlik  o‘rtasidagi 
kurash,  insonga  samimiy,  yuksak  muhabbat 
bilan bog‘liq botiniy kechinmalar aks ettirilgan. 
•
Fuzuliy  poetik  merosining  asosiy  qismini 
g‘azal va qasidalar tashkil etadi. •
Fuzuliy  ijodining  cho‘qqisi  «Layli 
va Majnun» dostoni (1536—37)dir. 
•
Asar  lirik-epik  xarakterda  bo‘lib, 
Sharqda  mashhur  bo‘lgan 
an’anaviy  syujet  va  obrazlar 
asosida  yaratilgan  va  turkiyzabon 
xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan. Asarlari 
•
  «Matla’ ul-e’tiqod» falsafiy risolasi;
•
«Hadiqat us-suado» («Baxtiyorlar bog‘i»);
•
«Suhbat ul-asmor» («Mevalar munozarasi»);
•
«Shikoyatnoma»;
•
«Bangu boda» («Bang va boda»);
•
«Anisul-qalb» («Qalb do‘sti»);
•
«Yetti jom» yoki «Soqiynoma»;
•
«Rindu Zohid»;
•
«Sihhat va Maraz» («Sog‘lik va bemorlik»)
  kabi nazmiy-nasriy, falsafiy-didaktik asarlari ozarbayjon 
adabiyotining eng nodir durdonalari hisoblanadi. Meros  
•
Atoqli ozarbayjon bastakori Uzayr Hojibekov 1908 
yil  «Layli  va  Majnun»  dostoni  asosida  birinchi 
ozarbayjon operasini yaratgan. 
•
1958—61  yillarda  Hamid  Arasli  tahririda  Fuzuliy 
asarlarining to‘la ilmiy-tanqidiy nashri yaratildi. 
•
Devonining 1581-yil ko‘chirilgan nusxalaridan biri 
O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  Abu  Rayhon 
Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  instituti 
qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. O‘landan so‘r…
•
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r,
Zuloli zavq shavqin tashnai diydor o‘landan so‘r.
Labing sirrin kelib guftora mandan o‘zgadan so‘rma,
Bu pinxon nuqtani bir voqifi asror o‘landan so‘r.
Ko‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g‘ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o‘landan so‘r.
Xabarsiz o‘lma fatton ko‘zlaring javrin chekanlardan
Xabarsiz mastl    ar bedodini hushyor o‘landan so‘r…
Mirzo Kenjabek tarjimasi •
Ey firoqi labi jonon, jigarim xun etding,
Chehrai zardimi xunob yala gulgun etding.
Jigarim qonini ko‘z yoshina to‘kding, ey dil,
Vora-vora ani qulzum, buni Jayhun etding.
Necha husn ila sani Layliya nisbat qilayim,
Bilmayub qadrimi, tarki mani Majnun etding.
Ahd qildimki, jafo kesmayasan oshiqdan,
Oshiqi va’dayi ehson ila mamnun etding.
Jur’a-jur’a may ichib, zebi jamol orttirding,
Zarra-zarra ko‘ziming nurini afzun etding.
Ey Fuzuliy, oqidib seli sirishk og‘layali, 
Ishq ahlina fig‘on etmagi qonun etding.

Fuzu liy( 1 4 9 8 - 1 5 5 6 )

• Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Sharqning eng mashhur shoirlaridandir. • U 1498- yilda Iroqning Karbalo shahrida tug'ilgan.

Karbalo dasht i haqida • Payg'ambarimizning nabirasi Imom Husayn Karbalo dashtida shahid bo'lgani sababli bu yurt juda mashhur bo'lib ketgan. Shoira Uvaysiy bu haqdagi dostonini “Karbalonoma” deb atagan edi.

M a d h • Zamonamizning taniqli shoiri E. Vohidovning “Fuzuliy haykali qoshida” she'rida shunday misralar bor: Yellar, bir daqiqa to'xtang esishdan, Sernavo bulbullar, sayramang biroz. Karbalo dashtida yayov kezishdan Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.