logo

Fuzuliy hayoti va ijodi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1787.3017578125 KB
•
Mavzu: 
Fuzuliy 
hayoti 
va ijodi        Reja:
Fuzuliy – turkiy 
adabiyotning 
mashhur qalam 
sohiblaridan biri.
Fuzuliyning 
hayot yo’li.
Fuzuliy ijodi.        Ozarboyjon shoiri Muhammad Sulaymon 
o’g’li Fuzuliy turkiy she’riyatning Alisher 
Navoiydan keyingi eng mashhur qalam 
sohiblaridan biri hisoblanadi. Chunki u 
adabiyotda aynan Navoiy an’analarini 
izchil davom ettirdi, yuksak g’oyaviy – 
badiiy darajadagi go’zal she’rlar ijod qildi. Fuzuliy – turkiy 
adabiyotning mashhur 
qalam sohiblaridan biri.        U o’zining ,,Layli va Majnun’’ 
dostonida Navoiyni o’z ustozi 
deb tilga oladi:   
Turk-u arab-u ajamda ayyom, 
Har shoira vermish edi bir kom. 
O’lmish edi Navoiy suxandon- 
Manzuri shahanshohi Xuroson.       O’z navbatida, bu shoir asarlari o’zidan 
keyingi davrlar turkiy adabiyot, jumladan, 
o’zbek so’z san’ati rivojiga ham katta ta’sir 
o’tkazdi. O’zbek she’riyatining Fuzuliydan 
keyingi davri taraqqiyotini bu shoir 
ijodining ta’sirisiz tasavvur qilish- qiyin. 
Boshqacha aytganda, agar Alisher Navoiy 
bo’lmasa edi, Muhammad Fuzuliy ijodini, 
Muhammad Fuzuliy bo’lmasa edi, 
Boborahim Mashrab ijodini hozirgi  yuksak 
badiiy darajada tasavvur qilib bo’lmas 
edi.        O’tgan asarlarida Fuzuliy ijodiyoti 
yurtimizda yuksak qadrlangan. Uning 
devoni ham madrasalarimizda maxsus 
o’qitilgan. Qardosh turkiy xalqlar 
shoirlaridan faqat Fuzuliy asarlarigina 
bizda tarjimasiz chop etiladi, asl holida 
o’qib, tushunilaveradi. Ko’plab g’azallari 
hozirgacha ham qo’shiq sifatida kuylab 
kelinadi.       Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy    1498-yili 
hozirgi Iroqning Karbalo shahrida ziyoli oilada 
dunyoga keldi. U ozarboyjon xalqining bayot 
urug’idan bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, 
Fuzuliyning otasi asli Karbaloga Arash degan 
joydan ko’chib kelib, qolib ketgan. Fuzuliyning 
o’g’li – Fazliy bobo yurti bo’lmish Arashga qaytib 
borib, qarindosh-urug’lari yonida yashagan.   Fuzuliyning hayot 
yo’li.        Fuzuliy Iroqning Bag’dod, Hilla, 
Najaf degan shaharlarida hayot 
kechirgan. Umrining oxirida o’zi 
tug’ilib-o’sgan Karbaloga ko’chib 
kelgan. Fuzuliy 1556-yili shu 
yerda vabo kasali bilan vafot 
etgan. Shoir nisbatan qisqa, ya’ni 
58 yillik umri mobaynida katta 
meros yaratdi. 
           Fuzuliy turkiy, forsiy va arabiy 
tillarida devon tuzgan. Bunday 
ko’ptillilik kamdan kam 
qalamkashga nasib etadi. Fuzuliy ijodi        Bu devonlaridan tashqari, ,,Layli va Majnun’’ dostoni, ,,Matla 
ul-e’tiqod’’ ( ,, E’tiqodning boshlanish joyi’’ ) falsafiy risolasi,  
          ,, Hadiqat us-suado’’ ( Baxtiyorlar bog’I’’ ), ,, Suhbat ul-
asmor’’ ( ,, Mevalar munozarasi’’ ), ,, Shikoyatnoma’’ , ,,Yetti 
jom’’   ( ,, Soqiynoma’’ deb ham yuritiladi), ,, Rind va zohid ’’  
( ,,Mayparast va tarkidunyochi’’ ), ,, Sihhat va maraz’’ (sog’lik 
va bemorlik’’) kabi asarlar ham yozdi.         Fuzuliy asarlarining qo’lyozmalari 
dunyoning turli mamlakatlari, 
jumladan, O’zbekistonimizdagi 
nufuzli kutubxona va 
qo’lyozmalar xazinalarida 
saqlanadi. Ammo Rossiyaning 
Sankt-Peterburg shahridagi 
Sharqshunoslik institutida 
saqlanayotgan shoir ,,Kulliyot’’I 
qo’lyozmasining dunyoda yagona 
nusxasi eng muhim manba 
hisonlanadi. Chunki u, 
birinchidan,  shoir vafotidan        
34 yil keyin ko’chirilgani uchun 
nihoyatda ishonchli, ikkinchidan, 
bu kitobga muallifning deyarli 
barcha asarlari jamlangan.        Turkiy devonidan 300 ga yaqin g’azal,   
75 ruboiy, 42 qit’a, 27 qasida, bir 
nechtadan tarje’band, tarkibband, 
marabba’ va muxammas o’rin olgan.        Fuzuliy g’azallari tilining ravonligi va 
tasvirning jozibadorligi, vazn, qofiya, 
radif va badiiy san’atlar qo’llashda 
yuksak professional darajasi, uslubning 
o’ynoqiligi, lirik qahramon ruhiyatida 
ko’taringi kayfiyat otashinlik va 
shiddatkorlik borligi, falsafiy 
mushohada – mulohaza va hukm – 
xulosalarning yangiligi, ya’ni ohoriyligi 
va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.       Mustahkamlash uchun test savollari.  
1. Iroqning Karbalo shahrida tavallud topgan ijodkor? 
A. Sa’diy 
B. Fuzuliy 
C. Firdavsiy 
D. Rudakiy  
2. Fuzuliy g’azallarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan? 
A. A. Oripov 
B. E. Vohidov 
C. Sh. Rahmon 
D. Tarjimasiz chop etiladi 
3. Turkiy devonidan nechta g’azal o’rin olgan?
A. 240 ta 
B. 300 dan ortiq  
C. 300 ga yaqin 
D. 400 dan ortiq  
         4. Kim Navoiyga ,, Manzuri shahanshohi 
Xuroson’’ deb ta’rif beradi? 
A.Fuzuliy 
B.Jomiy 
C. Maxtumquli 
D. Bobur 
5. Fuzuliy qaysi tillarda devon tuzgan? 
A. Turkiy 
B. Forsiy 
C. Arab 
D. A. B va C        Uyga vazifa.  Fuzuliy hayoti va 
ijodini o’rganish.          E’ tiboringiz uchun 
tashakkur!!!

• Mavzu: Fuzuliy hayoti va ijodi

Reja: Fuzuliy – turkiy adabiyotning mashhur qalam sohiblaridan biri. Fuzuliyning hayot yo’li. Fuzuliy ijodi.

Ozarboyjon shoiri Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy turkiy she’riyatning Alisher Navoiydan keyingi eng mashhur qalam sohiblaridan biri hisoblanadi. Chunki u adabiyotda aynan Navoiy an’analarini izchil davom ettirdi, yuksak g’oyaviy – badiiy darajadagi go’zal she’rlar ijod qildi. Fuzuliy – turkiy adabiyotning mashhur qalam sohiblaridan biri.

U o’zining ,,Layli va Majnun’’ dostonida Navoiyni o’z ustozi deb tilga oladi: Turk-u arab-u ajamda ayyom, Har shoira vermish edi bir kom. O’lmish edi Navoiy suxandon- Manzuri shahanshohi Xuroson.

O’z navbatida, bu shoir asarlari o’zidan keyingi davrlar turkiy adabiyot, jumladan, o’zbek so’z san’ati rivojiga ham katta ta’sir o’tkazdi. O’zbek she’riyatining Fuzuliydan keyingi davri taraqqiyotini bu shoir ijodining ta’sirisiz tasavvur qilish- qiyin. Boshqacha aytganda, agar Alisher Navoiy bo’lmasa edi, Muhammad Fuzuliy ijodini, Muhammad Fuzuliy bo’lmasa edi, Boborahim Mashrab ijodini hozirgi yuksak badiiy darajada tasavvur qilib bo’lmas edi.