logo

GEOSIYOSATNING ASOSIY TUSHUNCHALARI.

Загружено в:

15.11.2024

Скачано:

0

Размер:

4488.77734375 KB
GEOSIYOSATNING 
ASOSIY 
TUSHUNCHALARI. Reja:
1. Tellurokratiya va Talassokratiya. Dunyo xaritasi.
2. Rimland va “chegara hududlar”. Tarixning jug‘rofiy mag‘zi 
(Heartland).
3. “ Yirik maskan” (GroSSraum) va geosiyosat nuqtai nazarida davlat. Tellurokratiya va Talassokratiya. Dunyo xaritasi.

Bu tushunchalarning kelib chiqishi tarixiy voqelikning o‘zgarishiga bog‘liq. Bir qator geosiyosiy tadqiqotlar bilan 
mashg‘ul olimlar sayyorani siyosiylashgan ikki unsurning o‘zaro ta’siri va aloqalari natijasida yuzaga keluvchi 
munosabatlar majmuasi deb tushunadilar. Bu xildagi idrok vositasi, ilmiy yo‘riqnoma sifatida tadqiqotchi uchun 
zarur aslaha bo‘lishi mumkin. Ayni paytda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bunday ajratishni muvaqqat tanqid ostiga 
oluvchi olimlar ham mavjud. Ularning ta’kidlashicha, bunday ajratish tamomlangan tadqiqotni chegaralagan 
bo‘lardi. Xolbuki, bu fikrlarni to‘liq anglab olish uchun  tellurokratiya va talassokratiya  tushunchalari mazmuni, 
ma’nolariga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq. Bunday bo‘lishning asosi sayyoraning jug‘rofiy tuzilishi va 
sivilizatsiyalarning  tarixiy tipologiyasida aks etgan  fundamental dualizmni  qaror toptirishdir. 

Bu dualizm  “tellurokratiya” (quruqlik qudrati) va “talassokratiya” (dengiz qudrati)  kabi tushunchalar o‘zaro 
ziddiyati, qarama-qarshiligidan iborat. Bu sifatdagi qarama-qarshilik savdo sivilizatsiyasi (Karfagen, Afina) va 
harbiy-avtoritar sivilizatsiyalar (Rim, Sparta)ning mutanosibliklarida o‘z aksini topadi. Boshqa so‘zlar bilan 
aytganda,  bu “demokratiya” va “ideokratiya” o‘rtasida vujudga kelgan dualizmdir.

Bu dualizm o‘zaro adovatli munosabatda bo‘lgan, uning ikki qutbi bir-biriga g‘animona va muqobil shakllangan. 
Demak, xulosa qilinadi, bundan kelib chiqadiki,  barcha insoniyat jamiyatlari tarixi ikki – “suv” (“suyuq”, 
“qo‘nimsiz”) va “quruq” (“qattiq”, “doimiy”) unsurdan iborat, deb qaraladi . Tellurokratiya va Talassokratiya.

“ Tellurokratiya”, “quruqlik qudrati”  fazo mustahkamlanganligi hamda sifat yo‘nalishlari va xususiyatlarining barqarorligi 
bilan uzviy bog‘liqdir. Bunga sivilizatsiyalar nuqtai nazaridan qarasak, tellurlik – o‘troqlik, konservatizm, kishilarning yirik 
ittifoqlari, urug‘lar, qabilalar, xalqlar, davlatlar, imperiyalar bo‘ysunadigan qat’iy yuridik tartiblarda o‘z aksini topadi. 
Quruqlikning qattiqlik sifatida ekani xulqiy qoidalarning qat’iyligi va  ijtimoiy an’analarning bir maromli va 
barqaror kechishi bilan belgilanadi.

“ Talassokratiya”, “Dengiz qudrati” esa, aksincha, bunga qarama-qarshi qurilmalarga asoslangan o‘ziga xos 
sivilizatsiyani tashkil qiladi. Bu xildagi sivilizatsiyalar texnik rivojlanishga moyil, dinamik va qo‘zg‘aluvchan.  Uning 
ustivor yunalishlari ko‘chmachilik, savdo-sotiq va individual tadbirkorlik ruhi.  Individuum kollektivning eng harakatchan 
bo‘lagi sifatida eng yuqori qadriyat darajasiga ko‘tariladi va bunda yuridik qonun-qoidalar nisbiy, ikkinchi darajali 
sifat kasb etadi.  Bunday sivilizatsiya  tez sur’atlar bilan rivojlanadi, faol ravishda takomillashadi, tashqi ko‘rinishini tez 
o‘zgartira biladi ,  muhitga tez moslasha oladi,  ammo, voqean, uning umumiy ichki qurilmalari o‘zgarmasdan qoladi.

Inson tarixining katta qismi har ikki ustivor yunalishning cheklangan ko‘lamida va  “tellurokratiya”ning global hukmronligi 
sharoitlarida kechgan.  Zamin elementi barcha sivilizatsiyalarga bevosita ta’sir ko‘rsatsa, suv elementi o‘z ta’sirini uzuq-
yuluq va tasodifiy tarzda o‘tkazadi. Bu voqeliklik muayyan sharoitlargacha jug‘rofiy jihatdan mahalliylashgan holatda – 
dengiz sohillari, daryo havzalari va basseynlari holatida bo‘ladi. Bu qarama-qarshilik Sayyoraning har bir burchagida har xil 
ko‘rinishda va har xil intensivlikda rivoj topgan.  Dunyo xaritasi.

Insoniyat rivojlanishining ma’lum davrlariga kelib,  “Makkinder xaritasi” da aks etgan dunyo surati qaror topadi (qadimgi 
dunyo).  Tellurokratiya tasarrufidagi fazo qat’iy ravishda Janubi-Sharqiy Yevrosiyo ichki qit’aviy kengliklari deb 
hisoblanadi. Talassokratiya Yevrosiyo materigi sohillari, O‘rta dengiz mintaqasi, Atlantika okeani hamda Yevropa 
va Osiyoning Janubiy va G‘arbiy tomonlardan yuvib turgan okean va dengizlar bilan aniq belgilanadi.

Dunyo xaritasi.  Dunyo siyosiy xaritasi har bir davrda ma’lum o‘zgarishlarni boshidan kechiradi. Shu nuqtai nazardan 
“X.Makkinder xaritasi”  deb nom olgan jahon xaritasi e’tiborni tortadi. Unda quyidagi geosiyosiy voqelik ifoda etilgan:

1. Ichki qit’aviy sivilizatsion xususiyatni o‘zida mudom saqlab kelayotgan  “qo‘zg‘almas platforma”, “o‘rtalikdagi 
zamin” (Heartland) yoki “tarixning jug‘rofiy mag‘zi” ga aylanadi.

2.  “Ichki” yoki “kontinental yarim oy”, “qirg‘oq zonalari”, Rimland , sohillik intensiv madaniy rivojlanishga moyil 
bo‘lgan fazodan iborat. Bu fazoda “talassokratiya”ga xos sifatlar yaqqol namoyon bo‘lsada, ular ba’zi tellurokratik 
tendensiyalar bilan muvozanatlashadi.

3.  “Tashqi yarim oy” yoki “Orol yarim oyi”  har qanaqa munosabatlarni faqat dengiz yo‘llari orqali o‘rnatish mumkin 
bo‘lgan “o‘rganilmagan (yoki inson qadami yetmagan) zaminlar”dan iborat. U Karfagen va Finikiya savdo-sotiqqa 
asoslangan sivilizatsiyalarda o‘zini birinchi bora Yevropaga tashqi ta’sir ko‘rsatgani holda namoyon etadi.  Bir qator tadqiqotchilar “1946–1991 yillar, ya’ni sovuq urush yillarida 
geosiyosiy dualizm  talassokratiya – AQSh ,  tellurokratiya esa SSSR 
timsolida maksimal mutanosiblikka erishdi”, deb hisoblashadi. Rimland va “chegara hududlar”. Tarixning jug‘rofiy 
mag‘zi (Heartland).

Ikki - talassokratiya va tellurokratiya tamoyillaridan keyin keladigan tamoyil bu rimland, sohillik (zonasi). 

Makkinderning fikricha, “ichki yarimoy” sivilizatsiyaning eng intensiv rivojlanishga moyil mintaqadir. Bu 
sivilizatsiya daryolar va dengizlar qirg‘og‘ida vujudga kelgan, degan tarixiy taxminga, ya’ni “potamik 
nazariya”ga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, yuqoridagi nazariya barcha geosiyosiy 
qurilmalarning asosini tashkil qiladi. 

“ Ichki yarimoy” (rimland) bu talassokratiya yoki tellurokratiyaning fragmentiga aylanish uchun potensial 
imkoniyatga ega bo‘lgan tarkibiy Fazo. Bu eng murakkab va madaniy jihatdan eng boy bo‘lgan mintaqadir. 
Dengiz unsuri, Suvning ta’siri “sohillik zamini”ning faol va dinamik rivojiga zamin tayyorlaydi. 

Tellurokratiya va talassokratiya o‘rtasidagi Rimland uchun bo‘lgan kurash oddiy strategik pozitsiyani 
egallashga bo‘lgan raqobatgina emas. Rimland o‘z taqdiri va faqatgina geosiyosiy dualizm doirasida hal 
bo‘ladigan mustaqil tarixiy mayli, irodasiga ega. Sohil zamini (rimland) mustaqil va erkin ravishda o‘z 
yo‘lini tanlash mavqeiga ega, biroq bu erkinlik tanlash tizimi, strukturasini o‘zgartirish huquqini bermaydi, 
chunki talassokratiya va tellurokratiyadan boshqa, uchinchi voqelikning o‘zi mavjud emas. Tarixning jug‘rofiy mag‘zi (Heartland).

Taniqli geosiyosatchi Makkinderning nazarida Davlat uchun eng foydali jug‘rofiy o‘rin - uning markazda 
joylashganligi. Markaziylik nisbiy tushuncha bo‘lib, har bir muayyan jug‘rofiy kontekstda moslashtirilishi 
yoki farqlanishi mumkin. Ammo sayyoraviy nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Dunyoning markazida 
Yevrosiyo materigi yotibdi, uning markazida esa – “dunyoning yuragi” yoki Heartland yotibdi.

“ O‘rtalikdagi zamin” (Heartland) bu Yevrosiyoning ulkan qit’aviy massalari umumjamlashgani. Bu butun 
dunyo ustidan nazorat qilish uchun dunyodagi eng qulay plasdarmdir.

“ O‘rtalikdagi zamin” (Heartland) bu Yevrosiyoning ulkan qit’aviy massalari umumjamlashgani. Bu butun 
dunyo ustidan nazorat qilish uchun dunyodagi eng qulay plasdarmdir.

“ O‘rtalikdagi zamin” (Heartland), Dunyo Oroli (World Island) sarhadlari, ya’ni yanada umumiy kontekstdagi 
asosiy makondir. Makkinder Dunyo Oroliga uch qit’a–Afrika, Yevropa, Osiyo qit’alarini kiritadi. Dunyo 
markazida “Tarixning jug‘rofiy mag‘zi” yoki “mag‘ziy maydon” (Pivot area) egalaydi. Bu geosiyosiy 
tushuncha o‘zining zamirida Yevrosiyoning bir qancha davlatlarini mujassam etadi. Shu “mag‘ziy” voqelik - 
“qalb-zamin”, Heartland, deb ataladi. Tarixning jug‘rofiy mag‘zi (Heartland).

“ Qalb-zamin” (Heartland)ning mag‘ziy ma’nosi mustahkam himoya va texnologik plasdarmlar 
yaratish imkonini beradigan erishish, yetib orish o‘ta mashaqqatli bo‘lgan ichki qit’aviy 
(kontinental) kenglik, sayxon yerlarning mavjudligini anglatadi.

Keyingi geosiyosiy tushuncha – “ichki” yoki “chekka yarimoy” (inner or mariginal crescent)dir. Bu 
Yevrosiyo qit’asining sohillari uzra yoyilgan chiziq, kamar ko‘rinishidagi makonga  to‘g‘ri keladi.

Keyingi tushuncha. Bu - “tashqi yoki Orol yarimoyi” (outer or insular crescent). Bu mintaqa Dunyo 
Oroli (World Island) materik massasiga nisbatan (jug‘rofiy va madaniy jihatlardan) butunlay 
tashqarida joylashgan.

Tarix, Makkinderning fikricha, qit’aviy mag‘z atrofida jug‘rofiy harakat qiladi. Bu tarix ayni “ichki 
yarimoy” fazosida juda yaxshi his etilsa kerak, chunki Heartland’da “qotib qolgan” arxaizm 
hukmronlik qilsa, “tashqi yarimoy”da g‘aroyib sivilizatsiya xaosi hukm suradi. “ Yirik maskan” (GroSSraum) va geosiyosat nuqtai 
nazarida davlat.

Keyingi tushuncha “Yirik maskan” (Grossraum)dir. “Yirik maskan” (Grossraum)ning muallifi Shmittdir. Bu 
konsepsiya davlatlarning rivojlanish  jarayoniga imkoni boricha katta xududga ega bo‘lishga intilishi sifatida qaraydi. 
Imperiyaga integratsiyalashuv tamoyili sintezga mantiqiy va tabiiy  insoniy intilish ifodasidir. Shu tariqa davlat 
fazosining kengayish bosqichlari inson ruhining universallikka tomon harakati bosqichlariga muvofiq keladi.

“ Yirik maskan” (Grossraum) boshqacha qonunlar bo‘yicha – bir necha davlatlar yoki xalqlar yagona diniy yoxud  
madaniy shaklni kasb etishi asosida ham qaror topishi mumkin.

Geosiyosiy nuqtai nazardan davlat tuzilishiga ko‘ra uchga bo‘linadi:

Ideokratiya, ya’ni jamiyat yaxlitligining muayyan g‘oyalar ta’siri asosida kechishi. Davlat ma’lum bir g‘oya asosida 
tashkil etilib, jamiyat hayotining barcha jabhalari shu g‘oya asosida yo‘lga qo‘yiladi. (Vizantiya, Qadimgi Rus, SSSR)

Nomokratiya, ya’ni davlatning yaxlitligi qonunlar va qoidalarga to‘la amal qilish bilan ta’minladi. (asosan Yevropa 
davlatlari)

Etokratiya, demak, an’ana va urf-odatlarga asoslangan davlat. Bu yerda an’anaviy qadriyatlar ustunligi asosiy bo‘g‘in.
(Osiyo davlatlari). Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Гаджиев К.Э. Геополитика. М., 1997 г.
2. Гафарли М.С., Касаев А.Ч. Ривожланишнинг ўзбек модели: тинчлик ва барқарорлик – тараққиёт асоси. Т., 2001 й.
3. Дугин А. Основы геополитики. М., 1997 г.
4. Нартов Н.А. Геополитика. Учебник. М., 2000 г 
5. Тажибоев А.С, Геосиёсатга кириш. Ўқув қўлланма. Т., 2001 й.
6.   www.geopolitika.ru
7. www.geopolitics.ru
8. www.panarin.com
9. www.democracy.ru
10. www.wikipedia.org
11. www . geopolitics _ zuganov / pagel . htm /
12. Классики геополитики.  XIX  в. М., 1997 г.
13. Классики геополитики.  XX  в. М., 1997 г E'tiboringiz uchun 
rahmat.

GEOSIYOSATNING ASOSIY TUSHUNCHALARI.

Reja: 1. Tellurokratiya va Talassokratiya. Dunyo xaritasi. 2. Rimland va “chegara hududlar”. Tarixning jug‘rofiy mag‘zi (Heartland). 3. “ Yirik maskan” (GroSSraum) va geosiyosat nuqtai nazarida davlat.

Tellurokratiya va Talassokratiya. Dunyo xaritasi.  Bu tushunchalarning kelib chiqishi tarixiy voqelikning o‘zgarishiga bog‘liq. Bir qator geosiyosiy tadqiqotlar bilan mashg‘ul olimlar sayyorani siyosiylashgan ikki unsurning o‘zaro ta’siri va aloqalari natijasida yuzaga keluvchi munosabatlar majmuasi deb tushunadilar. Bu xildagi idrok vositasi, ilmiy yo‘riqnoma sifatida tadqiqotchi uchun zarur aslaha bo‘lishi mumkin. Ayni paytda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bunday ajratishni muvaqqat tanqid ostiga oluvchi olimlar ham mavjud. Ularning ta’kidlashicha, bunday ajratish tamomlangan tadqiqotni chegaralagan bo‘lardi. Xolbuki, bu fikrlarni to‘liq anglab olish uchun tellurokratiya va talassokratiya tushunchalari mazmuni, ma’nolariga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq. Bunday bo‘lishning asosi sayyoraning jug‘rofiy tuzilishi va sivilizatsiyalarning tarixiy tipologiyasida aks etgan fundamental dualizmni qaror toptirishdir.  Bu dualizm “tellurokratiya” (quruqlik qudrati) va “talassokratiya” (dengiz qudrati) kabi tushunchalar o‘zaro ziddiyati, qarama-qarshiligidan iborat. Bu sifatdagi qarama-qarshilik savdo sivilizatsiyasi (Karfagen, Afina) va harbiy-avtoritar sivilizatsiyalar (Rim, Sparta)ning mutanosibliklarida o‘z aksini topadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, bu “demokratiya” va “ideokratiya” o‘rtasida vujudga kelgan dualizmdir.  Bu dualizm o‘zaro adovatli munosabatda bo‘lgan, uning ikki qutbi bir-biriga g‘animona va muqobil shakllangan. Demak, xulosa qilinadi, bundan kelib chiqadiki, barcha insoniyat jamiyatlari tarixi ikki – “suv” (“suyuq”, “qo‘nimsiz”) va “quruq” (“qattiq”, “doimiy”) unsurdan iborat, deb qaraladi .

Tellurokratiya va Talassokratiya.  “ Tellurokratiya”, “quruqlik qudrati” fazo mustahkamlanganligi hamda sifat yo‘nalishlari va xususiyatlarining barqarorligi bilan uzviy bog‘liqdir. Bunga sivilizatsiyalar nuqtai nazaridan qarasak, tellurlik – o‘troqlik, konservatizm, kishilarning yirik ittifoqlari, urug‘lar, qabilalar, xalqlar, davlatlar, imperiyalar bo‘ysunadigan qat’iy yuridik tartiblarda o‘z aksini topadi. Quruqlikning qattiqlik sifatida ekani xulqiy qoidalarning qat’iyligi va ijtimoiy an’analarning bir maromli va barqaror kechishi bilan belgilanadi.  “ Talassokratiya”, “Dengiz qudrati” esa, aksincha, bunga qarama-qarshi qurilmalarga asoslangan o‘ziga xos sivilizatsiyani tashkil qiladi. Bu xildagi sivilizatsiyalar texnik rivojlanishga moyil, dinamik va qo‘zg‘aluvchan. Uning ustivor yunalishlari ko‘chmachilik, savdo-sotiq va individual tadbirkorlik ruhi. Individuum kollektivning eng harakatchan bo‘lagi sifatida eng yuqori qadriyat darajasiga ko‘tariladi va bunda yuridik qonun-qoidalar nisbiy, ikkinchi darajali sifat kasb etadi. Bunday sivilizatsiya tez sur’atlar bilan rivojlanadi, faol ravishda takomillashadi, tashqi ko‘rinishini tez o‘zgartira biladi , muhitga tez moslasha oladi, ammo, voqean, uning umumiy ichki qurilmalari o‘zgarmasdan qoladi.  Inson tarixining katta qismi har ikki ustivor yunalishning cheklangan ko‘lamida va “tellurokratiya”ning global hukmronligi sharoitlarida kechgan. Zamin elementi barcha sivilizatsiyalarga bevosita ta’sir ko‘rsatsa, suv elementi o‘z ta’sirini uzuq- yuluq va tasodifiy tarzda o‘tkazadi. Bu voqeliklik muayyan sharoitlargacha jug‘rofiy jihatdan mahalliylashgan holatda – dengiz sohillari, daryo havzalari va basseynlari holatida bo‘ladi. Bu qarama-qarshilik Sayyoraning har bir burchagida har xil ko‘rinishda va har xil intensivlikda rivoj topgan.