logo

GEOSIYOSIY TAHLIL. GEOSIYOSATNING KLASSIK MAKTABLARI

Загружено в:

15.11.2024

Скачано:

0

Размер:

416.26171875 KB
  GEOSIYOSIY TAHLIL. GEOSIYOSATNING 
KLASSIK MAKTABLARI  Reja :
•
Amerikalik olim Alfred Mexen ing geosiyosiy qarashlari  (1840-1914) 
•
Nikolas Spaykmen g‘oyalarini tushunishga kirish. Makkinder 
konsepsiyalarining tahlili.
•
Karl Xausxofer ning geosiyosiy konseptsialari  Alfred Mexen
•
Amerika  Birlashgan  Harbiy  Flot  Kuchlarining  ofitseri  Alfred 
Mexen  1885  yildan  boshlab  Nyu-Port  (Roud Aylend)  shahridagi 
Harbiy  flot  kuchlari  kollejida  harbiy  flot  tarixidan  dars  beradi. 
1890  yilda  uning  birinchi  va  harbiy  strategiyaning  klassik 
matniga  aylangan  “Tarixda  Dengiz  kuchlari”  (1660-1783)  kitobi 
nashrdan  chiqadi.   Keyinroq  uning  boshqa  asarlari  –  “Dengiz 
kuchining  Fransiya  revolyusiyasi  va  imperiyasiga  hozirgi 
zamondagi  va  kelajakdagi  ta’siri”  (1793-1812),  “Amerikaning 
bugun  va  kelajakda  Dengiz  kuchidan  manfaatdorligi”,  “Osiyo 
muammosi  va  uning  xalqaro  siyosatga  ta’siri”  hamda  “Dengiz 
kuchi va uning urushga munosabati” nashrdan chiqdi. 
•
Uning  deyarli  barcha  asarlari  bir  mavzuga  –  “Dengiz  kuchlari” 
(Sea  Power)ga  bag‘ishlangan  edi.  Uning  nomi  ba’zan  bu 
atamaga sinonimdek tuyulardi.
   Dengiz sivilizatsiyasi-savdo sivilizatsiyasi
•
  Mexen  nazarida  siyosatning  bosh  ish  quroli  savdodir. 
Harbiy  harakatlar  bor-yo‘g‘i  sayyoraviy  savdo 
sivilizatsiyani  barpo  etishda  qulay  shart-sharoit  yaratib 
berishi kerak. 
•
Iqtisodiy siklni Mexen quyidagicha ko‘rib chiqadi:
1) Ishlab  chiqarish  (mol  va  xizmatlarning  dengiz  orqali 
almashuvi);
2) Navigatsiya (bu ayriboshlashni amalga oshiruvchi kuch);
3) Koloniyalar  (ular  mol  almashuvini  dunyo  miqyosida 
amalga oshirish sirkulyatsiyasini amalga oshiradilar).  Dengiz sivilizatsiyasi-savdo sivilizatsiyasi
Alfred Mexen davlatning pozitsiyasi va geosiyosiy rutbasini tahlil qilishda quyidagi 6 mezonni keltirib o‘tadi:
1. Davlatning  jug‘rofiy  joylashuvi,  uning  dengizlarga  ochiqligi,  boshqa  mamlakatlar  bilan  dengiz  kommunikatsiyalari  imkoniyatining 
mavjudligi.  Quruqlikdagi  chegaralarning  cho‘ziqligi,  va  davlatning  strategik  muhim  mintaqalarni  nazorat  qilish  imkoniyati.  Raqibning 
hududlariga o‘z floti bilan tahdid solish imkoniyatining mavjudligi.
2. Davlatning “jismoniy konfiguratsiya”si, ya’ni dengiz sohillarining surati va ularda joylashgan portlarning miqdori. Bu omillar Davlatda 
savdoning gullab-yashnashi va strategik himoyalanganligining garovidir.
3. Hududning cho‘ziqligi. Bu ko‘rsatkich qirg‘oq chizig‘ining cho‘ziqligiga teng.
4. Aholining statistik miqdori. Bu ko‘rsatkich Davlatning kemalar qurish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini baholashda juda zarur.
5. Milliy mentalitet. Xalqning savdo-sotiq bilan shug‘ullanish layoqati, chunki dengiz qudrati keng va tinch savdo-sotiqqa asoslanadi.
6. Boshqaruvning  siyosiy  xarakteri.  Eng  zo‘r  tabiiy  va  inson  resurslarining  qudratli  dengiz  kuchini  barpo  etishga  jalb  qilish  ushbu 
ko‘rsatkichga bog‘liq.   « Manifest Destiniy »
•
Mexen Amerika va Yevropa mamlakatlarining 
o‘zaro aralashmaslik tamoyilini e’tirof etgan hamda 
AQSh qudratining o‘sishini uning yaqin hududlarga 
ekspansiyasiga bog‘lagan AQSh prezidenti Monro 
(1758-1831) doktrinasining otashin tarafdori edi. 
Mexenning fikricha, Amerikaning boshida “Dengiz 
qismati” turadi va bu “Manifest Destiny” 
(“Namoyon bo‘lgan qismat”)ni birinchi bosqichida 
butun Amerika qit’asining strategik integratsiyasiga, 
keyin dunyo ustidan hukmronlik qilishga erishishdan 
iborat .  Mexen yana bir hodisani oldindan yaqqol 
ko‘ra oldi. U yashagan davrda AQSh hali dunyoning 
oldingi davlatlari qatoriga chiqmagan, bundan 
tashqari, bu davlatning “dengiz sivilizatsion 
shakl”ga mansubligi hali e’tirof ham etilmagandi.  Nikolas Spaykmen g‘oyalarini tushunishga 
kirish
Nikolas Spaykmen (1893-1943) buyuk Amerika olimi 
bo‘lib, A.Mexen g‘oyalarining bevosita davom ettirgan 
shaxs. Spaykmen xalqaro munosabatlar fani professori, 
Yel Universiteti qoshidagi xalqaro munosabatlar 
Institutining direktori bo‘lib ishlagan. 
Spaykmen geosiyosatni eng qulay strategiyani ishlab 
chiqishga izn beradigan tahliliy yo‘riq va tizimlar, 
muayan xalqaro siyosatning eng muhim vositasi deb 
hisoblar edi. Bu mazmunda (o‘zining “Tinchlik 
Jug‘rofiyasi” degan kitobida) Spaykmen “adolatli va 
adolatsiz chegaralar” haqidagi tasavvurlarni “metafizik 
nonsense”ga chiqarib, nemis geosiyosiy maktabini 
qattiq  tanqid qilgan.  Spaykmanning  « Rimland »  nazariyasi
•
Spaykmen Makkinderning asarlarini qunt bilan o‘rganib 
chiqib, o‘zining Makkindernikidan farq qiladigan 
geosiyosiy andazasini taklif etgan. Spaykmenning asosiy 
g‘oyasi shundan iborat ediki, Makkinder heatlandning 
ahamiyatini haddan ziyod oshirib yuborgan. 
Spaykmenning nazarida “sohilliklar”, “ichki yarimoy”, 
rimland’da tarixning rivoji quruqlik ko‘chmanchilarining 
bevosita ta’sirisiz kechib, u yerda tarix o‘z-o‘zidan yuzaga 
kelavergan. Spaykmen nuqtai nazarida, Heartland barcha 
madaniy impulslarni sohilliklardan qabul qiluvchi va hech 
qanaqa muhim geosiyosiy missiya yoki tarixiy impulsga 
ega bo‘lmagan salohiyatli fazodir. Uning fikricha, 
Heartland emas, balki rimland o‘sha asosiy vaznga ega 
bo‘lgan geosiyosiy voqelik.  Makkinder konsepsiyalarining tahlili.
Makkinderning  geosiyosiy  formulasi  -  “Kimda-kim  Sharqiy  Yevropa 
ustidan  hukmronlik  qilsa,  Heartland  ustidan  hukmronlik  qiladi;  Kimki 
Heartland’ning  ustidan  nazorat  qilsa,  Dunyo  Oroli  ustidan  hukmronlik 
qiladi; 
Kimki  Dunyo  Orolini  o‘z  nazoratiga  olsa,  u  butun  dunyoda  hukmronlik 
qiladi” o‘rniga o‘zining formulasini taklif etadi: 
“ Kimda-kim  rimland  ustidan  hukmronlik  qilsa,  Yevrosiyo  ustidan 
hukmronlik  qiladi;  Kimki Yevrosiyoni  o‘z qo‘lida  ushlasa,  u  butun dunyo 
taqdirini  o‘z  qo‘lida  ushlaydi.”   Umuman  olganda,  Spaykmen  bu  bilan 
deyarli  yangilik  ochmadi.  Makkinderning  o‘zi  uchun  ham  rimland 
Yevrosiyo  qit’asini  nazorat  qilish  uchun  eng  muhim  bo‘lgan  mintaqadir. 
Makkinder  bu  mintaqani  mustaqil  bir  geosiyosiy  tashkilot  emas  balki 
“quruqlik” bilan “dengiz” impulslari to‘qnashadigan fazo, deb tushungan.  Karl Xausxofer (1869–1846)
Karl Xausxofer (1869–1846) Myunxenda professor 
oilasida tug‘ildi. U professional harbiy bo‘lishni istab, 
armiyada 20 yildan ziyod zobit bo‘lib xizmat qildi.   1908-
1910 yillarda u Yaponiya va Manchjuriyada 
Germaniyaning harbiy attashesi bo‘ldi. Shu yerda u 
Yaponiya imperatorining oilasi hamda oliy tabaqa 
zodagonlari bilan tanishdi.  Uning birinchi asari Yaponiya 
siyosatiga bag‘ishlangan “Day Nixon” edi. Tarixchilar 
tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsada, Xausxofer “Mayn 
Kampf” kitobining geosiyosiy masalalarga oid boblarini 
yozishda ishtirok etgan deyishadi.  Qit’aviy blok konsepsiyasi
•
Biroq amalda bu ishlarning barchasi u qadar oson kechmadi. Xausxoferning Moskva bilan “qit’aviy 
(kontenetal) blok” tuzish zarurligiga olib kelgan geosiyosiy mantiq nemis milliy ongiga xos boshqacha 
xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p yo‘nalishlar bilan to‘qnash kelib qoldi. Gap tarixga o‘ta irqchilik 
nuqtai-nazaridan yondashish haqida borar edi-ki, Gitlerning o‘zi ham shunday qarashlar tarafdori edi. 
Bunday yondashuvga ko‘ra, jug‘rofiy yoki geosiyosiy o‘ziga xoslik emas, balki irqiy yaqinlik eng muhim 
omil deb hisoblanardi. Shunday bo‘lsa anglosakson xalqlar – Angliya, AQSh nemislarning tabiiy 
ittifoqchilari bo‘lib qolishardi, chunki ular etnik jihatdan bir-biriga ancha yaqin edi. Slavyanlar va, ayniqsa, 
Yevrosiyoning oq  tanli bo‘lmagan xalqlari irqiy dushmanga aylanib qolardi. Ustiga ustak o‘sha irqiy 
prinsip bilan og‘ulangan mafkuraviy qarama-qarshilik ham kelib qo‘shilardi. Chunki Marks va boshqa 
ko‘plab kommunistlar yahudiy bo‘lib, shu bois antisemitlar nazarida kommunizm o‘z-o‘zidan Germaniyaga 
qarshi mafkura bo‘lib chiqardi.  
•
Karl Xausxofer konkret siyosiy muamolarni xal etishda o‘z nazariyalarini aniq siyosatga moslashtirishga 
majbur edi. Uning Angliya yuqori doiralari bilan o‘rnatilgan aloqalari shu tufayli yuzaga kelgan edi. 
Bundan tashqari, Antikommintern paktining vujudga kelishi, ya’ni Berlin-Rim–Tokio o‘qining yuzaga 
kelishini Xausxofer zohiran qo‘llab-quvvatlab, uni to‘laqonli “evrosiyo bloki” ni tuzish yo‘lida qo‘yilgan 
ilk qadam, deb hisoblardi.   Foydalanilgan adabiyot ruyhati
1. Дугин А. Основы геополитики. М., 1997 г.
2. Классики геополитики.  XIX  в. М., 1997 г.
3. Классики геополитики.  XX  в. М., 1997 г.
4. Нартов Н.А. Геополитика. Учебник. М., 2000 г.
5. Тажибоев А.С, Геосиёсатга кириш. Ўқув қўлланма. Т., 2001 й.

GEOSIYOSIY TAHLIL. GEOSIYOSATNING KLASSIK MAKTABLARI

Reja : • Amerikalik olim Alfred Mexen ing geosiyosiy qarashlari (1840-1914) • Nikolas Spaykmen g‘oyalarini tushunishga kirish. Makkinder konsepsiyalarining tahlili. • Karl Xausxofer ning geosiyosiy konseptsialari

Alfred Mexen • Amerika Birlashgan Harbiy Flot Kuchlarining ofitseri Alfred Mexen 1885 yildan boshlab Nyu-Port (Roud Aylend) shahridagi Harbiy flot kuchlari kollejida harbiy flot tarixidan dars beradi. 1890 yilda uning birinchi va harbiy strategiyaning klassik matniga aylangan “Tarixda Dengiz kuchlari” (1660-1783) kitobi nashrdan chiqadi. Keyinroq uning boshqa asarlari – “Dengiz kuchining Fransiya revolyusiyasi va imperiyasiga hozirgi zamondagi va kelajakdagi ta’siri” (1793-1812), “Amerikaning bugun va kelajakda Dengiz kuchidan manfaatdorligi”, “Osiyo muammosi va uning xalqaro siyosatga ta’siri” hamda “Dengiz kuchi va uning urushga munosabati” nashrdan chiqdi. • Uning deyarli barcha asarlari bir mavzuga – “Dengiz kuchlari” (Sea Power)ga bag‘ishlangan edi. Uning nomi ba’zan bu atamaga sinonimdek tuyulardi.

Dengiz sivilizatsiyasi-savdo sivilizatsiyasi • Mexen nazarida siyosatning bosh ish quroli savdodir. Harbiy harakatlar bor-yo‘g‘i sayyoraviy savdo sivilizatsiyani barpo etishda qulay shart-sharoit yaratib berishi kerak. • Iqtisodiy siklni Mexen quyidagicha ko‘rib chiqadi: 1) Ishlab chiqarish (mol va xizmatlarning dengiz orqali almashuvi); 2) Navigatsiya (bu ayriboshlashni amalga oshiruvchi kuch); 3) Koloniyalar (ular mol almashuvini dunyo miqyosida amalga oshirish sirkulyatsiyasini amalga oshiradilar).

Dengiz sivilizatsiyasi-savdo sivilizatsiyasi Alfred Mexen davlatning pozitsiyasi va geosiyosiy rutbasini tahlil qilishda quyidagi 6 mezonni keltirib o‘tadi: 1. Davlatning jug‘rofiy joylashuvi, uning dengizlarga ochiqligi, boshqa mamlakatlar bilan dengiz kommunikatsiyalari imkoniyatining mavjudligi. Quruqlikdagi chegaralarning cho‘ziqligi, va davlatning strategik muhim mintaqalarni nazorat qilish imkoniyati. Raqibning hududlariga o‘z floti bilan tahdid solish imkoniyatining mavjudligi. 2. Davlatning “jismoniy konfiguratsiya”si, ya’ni dengiz sohillarining surati va ularda joylashgan portlarning miqdori. Bu omillar Davlatda savdoning gullab-yashnashi va strategik himoyalanganligining garovidir. 3. Hududning cho‘ziqligi. Bu ko‘rsatkich qirg‘oq chizig‘ining cho‘ziqligiga teng. 4. Aholining statistik miqdori. Bu ko‘rsatkich Davlatning kemalar qurish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini baholashda juda zarur. 5. Milliy mentalitet. Xalqning savdo-sotiq bilan shug‘ullanish layoqati, chunki dengiz qudrati keng va tinch savdo-sotiqqa asoslanadi. 6. Boshqaruvning siyosiy xarakteri. Eng zo‘r tabiiy va inson resurslarining qudratli dengiz kuchini barpo etishga jalb qilish ushbu ko‘rsatkichga bog‘liq.