Turkman klassik adabiyoti
Turkman klassik adabiyoti
Reja: Turk man xalqi t arixi haqida. Turk man xalq og`zak i ijodi. Nasimiy va Ozodiy A ndalib va Maxt umquli
O`rta Osiyoda yashovchi turkmanlar adabiyoti uzoq tarix va boy madaniy merosga ega. Uning madaniyatida xalq tarixi bilan bog`liq bo`lgan, folklorning roli juda kattadir. Turkman folklorida ashula, qo`shiq, ertaklar bilan birga “Yusuf va Zulayxo”, “Layli va Majnun”, “Shohsanam va G`arib”, “Zuhra va Tohir”, “Asli va Karam” kabi dostonlar O`rta Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar og`zaki ijodida ham uchraydi. Ayniqsa, “Go`ro`g`li” turkumidagi dostonlarning ko`pchiligi o`zbek va ozarbayjon xalqlaridagi shu nomdagi dostonlarning variantlari bilan hamohangdir.
O `g`izxon haqidagi qadimgi rivoyatlar bevosita turkman xalqining ham madaniy merosi hisoblanadi. Turk- o`g`uz qabilalariga tegishli bo`lgan bu asar asrlar davomida shakllanib epos darajasiga ko`tarilgan. Ayrim tarixiy ma`lumotlarga qaraganda 531-579 yillarda Eronda hukmronlik qilgan Anushervonning vaziri Buzrug Mehr bu eposni ( «Ulu g` x on ota ja n gn om a si b itigi» nomli asarni) turk tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Xalifa H orun ar- Rashid (763-809) davrida esa bu kitob arab tiliga o`girilgan.