Fransuz adabiyoti
Mavzu:Fransuz adabiyoti R E J A : 1 . F R A N S U Z A D A B I Y O T I H A Q I D A 2 . J A N - M A R I L E K L E Z I O 3 . " N O T R E - D A M E D E PA R I S "
Fransuz adiblari.
Adabiyot turli davrlarda jamiyat rivojlanishi taʼsirida doimiy oʻzgarish va yangilanishda boʻlgan. Shu bois vaqt oʻtgani sari uning mohiyat va mazmuni doim kengayib, shakllanishda davom etadi. Buni fransuz adabiyoti misolida ham koʻrish mumkin. Zero, koʻplab adabiy janrlar, uslub va yangiliklar ilk bor fransuz adabiyotida paydo boʻlgan. Uning tarixiga nazar solsak, dastlab fransuz tilida diniy mavzularda bir-biridan taʼsirli adabiy asarlar yaratilganiga guvoh boʻlamiz. X-XI asrlardan boshlab fransuz adabiyoti tarixida nodir epik afsonalar paydo boʻla boshladi. Buni oʻsha kezlarda odamlarning oʻz qahramonlari haqida dostonlar eshitishni xush koʻrishi bilan izohlash mumkin. Bunga “Roland haqida qoʻshiq” eposi misoldir.
XVIII asr oʻrtalarida Fransiyada adabiyot yanada yuqori pardalarda oʻzini namoyon eta boshladi. Buyuk Fransuz inqilobi davrida yozuvchilar bilan bir qatorda publitsistlar ham jamiyat azolarini oʻz gʻoyalari atrofida birlashishga undadi. Bunda Bomarshening “Figaroning uylanishi” pyesasi, Lillning “Marseleza qoʻshigʻi” asarlari, Maratning “Iblisning hamyoni”, Robespyerning “Tun ogʻushida uygʻonolmayotgan olomon” maqolalari alohida oʻrin tutadi. Pote “Parij kommunasi”, Emil Zolya “Or” dostonlarida, Mopassan novellalarida jamiyatdagi biqiq hayot, nohaqliklar tanqid ostiga olinadi. Bu davrga kelib butun Yevropa maʼnaviy hayoti va madaniyatiga keskin taʼsir qilgan Balzak, Shaplen, Dekart kabi yetuk adiblar yetishib chiqdi.
Fransuz adabiyotining yorqin vakili Jan-Mari Leklezio 1940 yili Nitstsa shahrida harbiy shifokor oilasida dunyoga kelgan. Uning ilk badiiy asari — “Jarayon” romani esa 1963 yilda nashr etilgan. Ana shu davr oralig‘ida u to‘rt yil Markaziy Amerika hindulari bilan yashaydi, Tailand va AQSh universitetlarida dars beradi, ko‘plab roman, qissa, esse, hikoyalar to‘plamlarini e’lon qiladi. Adibning “Jarayon” romani unga katta shuhrat keltirdi. Adabiy tanqidchilarning fikricha, bu asar adabiyotga o‘z so‘zi, uslubi va o‘ziga xos qarashlarga ega, “yangi romanchi”larning o‘rnini egallaydigan ijodkor kirib kelganidan dalolat berardi. Biroq yosh yozuvchi adabiy davralardan ko‘ra sayr qilishni, turli xalq va elatlar hayoti, turmush tarzi bilan yaqindan tanishishni afzal biladi. U Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyoning ko‘plab mamlakatlariga safar qiladi, turli xalqlar madaniy merosi bilan tanishadi. Uning aksariyat asarlari, jumladan, “Jarayon”, “Oltin baliqcha”, “Afrikalik odam”, “Diego va Frida”, “Meksika tushi”, “G‘amgin tropiklar”, “Adashgan yulduz” romanlari ana shu sayohatlar, taassurotlar mahsulidir.