logo

Qoraqolpoq, tojik, Turkman xalqlari etnologiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

856.5048828125 KB
QORAQOLPOQ, TOJ IK, TURKMAN  
X ALQLARI ETN OLOGIYASI QORAQOLPOQ X ALQI 
ETN OLOGIYASI
•
Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo g’iston hududida odamlar neolit 
davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo’lmish 
Doro I (mil.av. 522-468-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga 
mil.av. V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning 
quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda" (cho’qqi qalpoqli saklar) deb 
atalgan. Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar 
kirib kelib joylashganlar. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan 
qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan. •
Bijanaklar negizida 8-10 asrlarda qoraqal poqlarning xalq sifatida shakllanish 
jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, 
Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va 
qipchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan. XII asr rus yilnomalarida "Черные 
клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora 
bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga 
tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan. •
Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib 
chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) 
xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va 
Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga 
olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI 
asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro 
siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va 
grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. •
Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining 
shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, 
kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpoqlar 
ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutganlar. 
Biylar qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar hamda ularning ichki 
huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar. Shuningdek, biylar 
qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil 
sifatida qatnashganlar. •
XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe 
bo’lganlar. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar 
birlashishga harakat qilganlar. Ularning birlashish jarayonida Sig’noq singari 
qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida 
Kuchukxon, Taburchak va G’oyib sultonlar muhim ro’l o’ynaganlar. Buning 
natijasi 1714 -yilda Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuhammad 
(Eshimxon) boshchiligida davlatga-qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan.  TOJ IK X ALQI ETN OLOGIYASI
•
Tojik lar   Markaziy   Osiyodagi  eng qadimgi xalq.  Tojikiston   Respublikasi  aholisi (6 
mln. 800 mingdan ortiq). Oʻzbekistonda rasmiy 1,5 mln.dan ziyod, asosan, 
Samarqand shahri, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Fargʻona 
Vodiysi, shuningdek kichik miqdorlarda boshqa hududlarda)), Afgʻonistonda (15 
mln. 500 ming), Xitoyning sharqida (50 mingdan ortiq), Eron Xurosonida (500 
mingdan ortiq), Rossiya Federatsiyasida, Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va 
Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar.  Tojiklarning umumiy 
soni 40 mln.dan ortiq.  •
Asosiy qismi  fors   tilida  soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda 
Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eroniy tillari guruhi oilasiga kiruvchi 
tillarning dialektlarida soʻzlashadi. Tojiklar asosan, islom dinining sunniy 
mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya 
oqimiga eʼtiqod qiladi. •
Tojiklarning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashagan bir 
qator etnik guruh va qabilalar, asosan soʻgʻdiylar, baqtriyaliklar, toxarlar, 
koʻchmanchi sak va skiflar katta taʼsir koʻrsatgan.
•
Pomirda yashovchi Tojiklar, sharqiy eroniy tillarining turfa dialektlarida 
soʻzlashishlariga qaramasdan, ular ham oʻzlarini Tojiklarning ajralmas qismi 
sifatida eʼtirof etadilar. Sababi Tojiklarning eng qadimgi ajdodlari baqtriyaliklar, 
soʻgʻdlar, qadimgi xorazmliklar, saklar sharqiy eroniy tillarda soʻzlashishgan. 9-
asrda arab bosqinidan soʻng asli balxlik eroniylar xonadoniga mansub 
Somonxudot avlodlari Markaziy Osiyoda ulkan davlatga asos solishadi. 
Somoniylar deb atalmish ushbu davrda hukmdorlar uygʻonish davrini boshlab 
berishadi va aynan fors tilini davlat tili deb eʼlon qilishadi. •
Natijada Buxoro va Balx Somoniylar davrida  Yangi  Fors   tili  vujudga kelishi va 
rivojlanishiga tayanch boʻlib xizmat qiladi.  Arab   va  fors  tillari eng muhim tillarga 
aylandi.  Jumladan, arab bosqini natijasida sharqiy eroniy tillariga kiruvchi soʻgʻd 
tili barham topgan va  o'lik   tillar  qatoriga kirgan edi. Uning oʻrnini esa gʻarbiy 
eroniy   tillaridan  biri  Fors   tili  egallaydi va keyinchalik aynan Somoniylar davrida 
Sharq adabiyotining tayanch tiliga aylanishiga debocha yaratiladi. 20-asr 
Tojiklar, uchun eng ogʻir davr hisoblanadi. Aynan Erondagi forslar va hozirgi 
hududlarda yashayotgan tojiklar bir til —  Fors   tilida  suhbatlashishlariga 
qaramasdan, Markaziy Osiyolik Tojiklar,ning yozuvi kommunistlar tomonidan 
kirill alifbosiga oʻzgartirildi va unga xalq nomidan kelib chiqib  tojik   tili  deb nom 
berildi.  Bu oʻz navbatida tojiklarning ming yillik tarixi va madaniyatidan judo 
qildi. •
Tojiklarning xoʻjalik mashgʻuloti qadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga 
asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim 
rol oʻynagan. Shuningdek, binokorlik va hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi 
va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar 
yasash) keng rivojlangan. OʻZBEKLAR ETNOGENEZI
•
Oʻzbeklar alohida etnik birlik (millat) boʻlib, Oʻrta Osiyoning markaziy 
viloyatlari —  Movarounnahrda ,  Xorazmda , qisman  Sharqiy   Turkistonning
 gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston 
hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma  dehqonchilik ,  hunarmandchilik
 bilan shugʻullanib kelgan mahalliy  sugʻdiylar ,  baxtariylar ,  xorazmiylar , 
fargʻonaliklar, yarim chorvador  qangʻlilar ,  eftaliylar , koʻchmanchi va sak-
massaget kabi qadimgi sharqiy eroniy tillarida sʻozlashuvchi guruhlar va turli hil 
turkiy uru’glar tashkil etgan. Shuningdek, miloddan avvalgi II asrdan boshlab 
avvalgi Janubiy Sibir,  Oltoy , Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda  Volga  va  Ural
 daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan Turkiy va 
Mugʻul qabilalar ham oʻzbeklar etnik tarxida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum. •
Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik 
tadqiqotlar natijasida  Amudaryo  va  Sirdaryo  oraligʻida soʻnggi  jez   davridayoq
 yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki 
aralashuvi sodir boʻlganligi va  assimilyatsiya  jarayoni natijasida antik davrga 
kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi 
hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. 
Maʼlumki, miloddan avvalgi 3-asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va 
sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi.  •
Qangʻ   davlati  davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi 
xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib 
borishi natijasida  turkiy   tilli  etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan 
madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati 
nomini olgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga 
kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq 
shakllangan.
•
Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan. Tadqiqotchilar hunn tilini 
turkiy deb tasniflaydilar. •
Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar  kushonlar
 hamda milodiy 4—5-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoydan va 
Sharqiy Turkistondan siljigan  xioniylar ,  kidariylar  va  eftaliylardir . Kidariylar tarkibida 
turkiy qatlam boʻlgan. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy 
etnik komponentlar asosan  Turk   xoqonligi  (6—8-asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning 
markaziy mintaqalari ( Toshkent ,  Zarafshon ,  Qashqadaryo ,  Surxondaryo  vohalari, 
Fargʻona   vodiysi ) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu 
etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib 
kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy 
munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir 
oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik 
anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal 
qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan. •
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, 
Samarqand, 650 yil 8-asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta 
Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga 
katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar 
boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, 
sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib,  arablar  (VII—
VIII-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar.  •
Umuman olganda, IX-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy 
etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, 
sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni 
jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, IX—X-asrlarda 
tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq 
hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, 
Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega 
boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini 
oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan. •
Turk manlar  — xalq, Turkmanlar O'rta Osiyodagi millat, asosiy aholisi (2537 
ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston, Shimoliy Kavkaz, 
Astraxon viloyati va Rossiya Federatsiyasining bir nechta shaharlarida, 
Afgʻoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman 
tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. •
Turkmanlarning etnogenezida mahalliy daxmassagetlar, shuningdek, sarmatlar, 
alanlar qabilalari, qisman qad. Margʻiyona, Parfiya va Xorazm davlatlari aholisi 
qatnashgan. 1ming yillik oʻrtalarida Kaspiy boʻyi choʻllarida turkiy qabilalar, 9-
asrda oʻgʻuzlar paydo boʻlgan. Ular Turkmanlarning etnogenezida muhim rol 
oʻynagan.  •
Oʻgʻuzlarning asosiy guruhi XI-asrda shimoli-sharqdan kelib, mahalliy aholi 
bilan aralashib ketgan. XV-asrda turkman elati shakllangan. 20-asrgacha 
Turkmanlarda qabilaurugʻlarga ajralish saqlangan. Ulardan eng yiriklari: 
takalar, yovmutlar, ersari, solurlar, sariklar, gyoklan va choudorlar boʻlgan. •
Eramizdan oldinga 2000-yillarda hozirga  Turkmaniston  hududida  Margʻiyona
 davlati tashkil topgan.
•
VI — IV  asrlarda bu hudud  Ahamoniylar  keyin esa,  Iskandar   Zulqarnayn  qoʻli 
ostida boʻlgan.
•
Eramizdan   oldingi  III- asrda   Parfiya   qirolligi  tarkibida (poytaxti —  Nisa ), 
keyinchalik  Sosoniylar  imperiyasi tarkibida. •
V - VIII  asrlarda  eftaliylarga  qaram boʻlgan, keyin  Turk  xoqonligi  tarkibiga kirgan, 
keyin esa  arablar  tomonidan bosib olingan.  776 — 783 -yillarda xalq  Muqanna
 boshchiligida arablarga qarshi qoʻzgʻalon loʻtargan ( Muqanna   qoʻzgʻaloni ).
•
IX - Xasrlarda   Toxiriylar  va  Somoniylar  tarkibiga kirgan. •
XIda  Turkmaniston hududini  o ʻ g ʻ uzlar  ishg ʻ ol qilishadi va mahalliy eroniy xalqlar 
bilan aralshgan holda turkman etnosini vijudga keltirishadi .  XI  asrda  birinchi 
turkman davlati tashkil topadi va bu davlatni nomi  Saljuqiylar   imperiyasi  deb 
atalgan poytaxti  Marv  shahri boʻlgan.
•
XII  asr  boshlarida  moʻgʻullar  tomonidan bosib olinadi va  Ilxonlar  davlati 
tarkibiga kiradi.  Keyin esa  Temuriylar  davlati tarkibiga kiradi.
•
XVI - XVII  asrlarda  Xiva  va  Buxoro  xonliklari tarkibida boʻlgan. FOY DALAN ILGAN  
ADABIYOTLAR RO’ Y X ATI:
  A.X .Doniy orov, A.A.A shirov, O.Bo’riy ev. Mark aziy  Osiy o X alqlari 
et nografi y asi, et nogenezi v a et nik  t arixi. Toshk ent  ‘’ YAN GI  N A SHR’’ 2011
109 saxifadan 156 saxifagacha bo’lgan ma’lumot lardan foy dalandim.
Qolav ersa int ernet  saxifalaridan ham  foy dalandim
“ O` zbek ist on m illiy  ensik lopediy asi”  10-jild. Dav lat  ilm iy  nashriy ot i, 
T. 2005 y.
90-sahifadan 100-sahifagacha berilgan m a` lum ot lardan foy dalandim.

QORAQOLPOQ, TOJ IK, TURKMAN X ALQLARI ETN OLOGIYASI

QORAQOLPOQ X ALQI ETN OLOGIYASI • Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo g’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo’lmish Doro I (mil.av. 522-468-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga mil.av. V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda" (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan. Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan.

• Bijanaklar negizida 8-10 asrlarda qoraqal poqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va qipchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan. XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan.

• Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin.

• Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutganlar. Biylar qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar hamda ularning ichki huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar. Shuningdek, biylar qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar.