logo

HADISLARDA NUTQ ODOBI MASALALARI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

567.2470703125 KB
MAVZU:  HADISLARDA   NUTQ ODOBI     
MASALALARI
                             REJA:  
1.  
Mutafakkir- 
larimizning 
nutq odobi 
haqida 
bildirgan 
fikrlari . 2.
  Hadislarda 
nutq odobi 
haqida. 3. 
O’qituvchi-
ning               
 nutqi 
haqida.   4 .
Nutq haqida 
iboralar va 
hikmatli 
so‘zlar                      1.  Mut afakk i rlarim izni ng nut q odobi haqi da bildi rgan fi k rlari.    Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. O‘rta Osiyoda axloqiy tarbiya o‘z an’analariga egadir. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa yozma yodgorliklarda bizgacha yetib kelgan.
Axloq fan sifatida o‘rta asrlarda yuzaga keldi . Bu fanning o‘z olimlari paydo bo‘ldi, nazariyasi yaratildi. Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Savzovoriy, G‘iyosiddin Mansuriy kabilar axloq fanining mavzui, vazifalari, maqsadining, nazariy va amaliy jihatlarini asoslab berishga hissa qo‘shdilar. Afsuski, ko‘p yillar davomida bu merosni o‘rganish, ommalashtirishga imkon bo‘lmadi, juda ko‘p olimlarimiz hamon xalq uchun nomalum bo‘lib kelmoqda .               Aslida esa deyarli hamma davrlarda bu fan taraqqiy etib bordi,     
yangi-yangi  asarlar  paydo  bo‘ldi;  axloqiy  va  ta’lim  tarbiya  sohasida 
ilmiy  tadqiqot  olib  borgan  juda  ko‘p  olimlar  yetishib  chiqdi.  Qator 
mutaxasislarning  asarlari  asossiz  ravishda  o‘rganishsiz  kelindi.
Ibin  Arabiy  (XIII  asr)  “Taqzibo‘l  axloq”  (Xulqiy  tarbiya  haqida)  va 
“Kitobo‘l  axloq”  (Axloqning  47  kitobi),  Abu  Bakr  Qalandarning  (XIII 
asr)  “Qalandarnoma”,  Husayin  Voiz  Koshifiy  (XIII  asr)  “Axloqi 
Muxsiniy”,  Poshshoxo‘ja  Abduvahobxo’janing  (XVI  asr)  “Gulzor”  va 
“Miftox  ul-adl”  (Adolat  kalimi),  Abdu  Tohir  Xo‘janing  (XIX  asr) 
“Axloqi  Muhammadiy”  Abdurahmon  Sharafning  (XIX  asr)  “Ilmiy 
axloq” (Axloq fazilatlari ),                            X usay in Voiz K oshifi y                            Abdurahmon Sayyohning (XIX-XX asr) “Me’yoriy axloq” (Axloq 
me’yorlari) kitoblari ana shunday asarlardir.
Ma’lum bo‘ladiki, O‘rta O siyo  xalqlari , jumladan o‘zbek xalqi ham 
boy axloqiy merosga egadir. Ma’lum sabablarga ko‘ra o‘zbek xalqi avlod – 
ajdodlarga axloqiy tarbiya berib kelgan bu boy merosdan bahramand bo‘la 
olmadi. Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Har qanday 
xunuk xabarni ham tenglovchiga beozor yetkazishi mumkin. Buning uchun 
so‘zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. 
Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlsh ham o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘lmaydi.Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug‘at boyligini 
egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish 
orqali erishiladi.               Hadislarda aytilishi bo‘yicha,“Qur’oni   karim”da ehsonga loyiq 
kishilarning birinchi navbatda ota-ona haqqi belgilab beriladi. “Al-Isro” 
surasining 23-24 oyatlarida ota-onaga yaxshilik – Alloh taologa ibodat 
qilishdan keyin ikkinchi vazifa sifatida ta’kidlanadi. Ota-ona qanday 
inson bo‘lishidan qatiy nazar, farzand ularga nisbatan hurmat bilan 
muomalada bo‘lishi kerak. Ota-ona farzandni dunyoga keltirish bilan 
birga, farzandga ta’lim-tarbiya berganligini ham unutmay, haqqiga 
doimo duo qilib turishi ta’kidlanadi. Qur’onning ma’lum oyatlari 
shirinsuxanlikka bag‘ishlanadi.
Shirinso‘zlik insonni muomala ma’daniyatiga ega ekanligni 
ko‘rsatadi, obro‘sini orttiradi, hurmatga sazovor qilad. Shunga ko‘ra 
“Qur’onda” har bir inson shirinso‘z bo‘lishi ta’kidlanadi. 2. Hadislarda nut q odobi haqida                Boshqa bir oyatda Alloh kishilarni so‘zlashganda past ovoz bilan 
so‘zlashga undaydi: “Kishilarga chiroyli so‘z so‘zlangiz” (Baqara surasi, 
53-oyat) so‘zlaganda ochiq yuzli bo‘lish, qo‘pollik qilmaslik, xushmuomala 
bo‘lish odoblari hayotda tinchlik va baxt saodatga erishishda yorug‘ yo‘l 
sifatida talqin etiladi: “Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli 
ularga (sahobalarimizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz. Agar qo‘pol, qattiq 
qo‘l bo‘lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar 
edilar”.  (“Ol-imron” surasi, 159-oyat). Haqiqatdan ham so‘zlashish 
madaniyati har bir inson uchun eng zarur bo‘lgan, unga baxt-saodat, 
jamiyatga esa ravnaq keltiradigan   muhim fazilatdir.
Qur’onda insonning axloqiy kamolga yetkazishda yaxshi kishilar 
bilan hamsuhbat bo‘lish ham katta ahamiyatga ega, deb ko‘rsatiladi. 
Yaxshi kishilar bilan ham, yomon kishilar bilan ham muomala-muloqotda 
bo‘lganda, albatta uning o‘ziga xos odob qoidalari bor. Islomda ruxsat 
so‘rash va salomlashish odoblariga ham e’tibor beriladi.                “ Nur”  surasining  27-28  oyatlarida  bu  borada  aniq  tavsiyalarga  rioya 
qilish  insonning  ma’naviy  kamolotidan  dalolat  berad.  Islomda  salomga 
alik  olish  xususida  “Niso”surasining  86-oyatida  “Qachon  sizlarga  biron 
ibora bilan salom bersa, sizlar undan chiroyliroq qilib  alik olinglar yoki 
(hech  bo‘lmasa)  o‘sha  iborani  qaytaringlar”,-deyiladi.  Insonning  eng 
go‘zal  qilib  turadigan  narsasi,  uning  shirin  so‘zligi  va  xush 
muommalaligidir.  Qur’onda  haqiqiy  inson  bir  birini  kamsitmasligi, 
boshqalarni  hurmat  qilishi,  shu  bilan  kishilar  o‘rtasida  totuvlikni 
mustahkamlashi  mumkin  ekanligi  kabi  g‘oyalar  ham  mavjud. 
Kishilarning  bir-birini  hurmat  qilishi,  o‘zaro  do‘stlik  aloqalarini 
mustahkamlashi,  kelishmovchiliklarning  oldini  olish,  holis  komil 
insonga xos bo‘lmagan paskashliklardan saqlanishdagi   shart-sharoitlar 
va  nutq  odobi,  nutqiy  vaziyat  va  nutq  odobi.  O‘zbek  millatining  ko‘p 
ming  yillik  tarixida  keyingi  o‘n  yillikda  erishgan  yutuqlarimiz  alohida 
o‘rin tutadi.               Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-marifiy 
merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan 
idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini o‘zimizga 
qo‘ydi.
Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha 
tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldigaham 
yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir 
tomondan tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari 
darajasida tadqiq etish, ikki tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, 
nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri 
bo‘ladi. Darhaqiqat, tilning barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga 
keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qatiy me’yorlarini belgilash, ularni imlo 
va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida 
ommalashtirish, bu qoidalarni              lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan 
hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish 
muhum bo‘lib qoldi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni 
ma’naviy yangilanish va islohatlar jarayonining faol ishtirokchisiga 
aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy 
usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar 
ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.
O‘rta Osiyo  madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan 
shug‘ullanish o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan.   Ulug‘ turkolog olimlar 
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Yusuf Xos Hojibning 
“Qutadg‘u bilig” asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib 
kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar “nutq odobi” deb yuritilgan soda 
va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni 
qoralash, keksalar va ustozlarustozlar oldida gapirganda odob saqlash, 
to‘g‘ri, rost va dadil gapirish,                yolg‘onchilik va til yog‘lamalikni qoralash singari bir qator ko‘rsatmalar bugun biz “nutq madaniyati” deb ,atab kelayotgan 
tushunchaning aynan o‘zidir.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”dostonida ham “Til fazilatlari,  foyda va zararlari haqid”, “Til ardami”deb nomlangan 
maxsus boblar bo‘lib, ular so‘zlash madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz.
So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin,
     Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin…
   (So‘zinga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin.
Tilinga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasn…)
Esanlik tilasa saning bu o‘zing,
      Tilingdan chiqarma yarog‘siz so‘zing. 
   (Sening o‘zing esonlik tilasang,
Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma).
Bilib so‘zla so‘z biligka sonur,
Biligsiz so‘z o‘z boshingni yeyur.               (Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,
Bilmay so‘zlasa o‘z boshini yeydi).
3. O‘qituvchining nutqi haqida.
O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchi nutqidir. Buni 
o‘quvchi doim o‘zida his etib turishi, o‘z nutqida hech vaqt-
odob axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim. 
Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. 
Salomlashishdagi xush muomalalik undan keyingi yaxshi 
suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovchiga yaxshi kayfiyat paydo 
bo‘ladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo‘lsa keyingi 
suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko‘p asrlik odatiy 
an’analarimizga ko‘ra, “Assalomu alykum”ning javobi 
“Valaykum assalom”dan iborat.                              Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham tumtoqlashib 
ketdi, ya’ni salom berish uchun ham, uning javobi uchun ham birgina 
“Salom” ishlatiladigan bo‘ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan 
chetlashishdir. Xalq tilida salomlashish uchun ham, alohida vositalar 
mavjud . O‘qituvchi ularni o‘z o‘rnida ishlatishda hamma vaqt o‘z 
shogirdlari uchun o‘rnakdir.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim 
so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun kechirim so‘rash o‘z 
g‘ururini yerga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik 
alomatidir.”Kechirasz mendan o‘tibdi” yoki “avf eting, bundan so‘ng 
takrorlamaslikka harakat qilaman”deyish bilan kishi o‘zining 
odobliligini namoyish etadi, holos. Yetuk kishiga xos fazilatlardan yana 
biri xayrlashuv odobidir.              Tilimizda  xayrlashganda  ishlatiladigan  “Sog‘  bo‘ling”,  “Xayr, 
ko‘rishguncha”,  xayr,  omonlikda  ko‘rishaylik”  kabi  ta’sirchan  iboralar  mavjud. 
O‘qituvchi sinfdan  chiqayotganda “Xayr sog‘ bo‘linglar”, “Xayr yaxshi qolinglar” 
iboralarini  ishlatsa,  o‘rinli  bo‘ladi.  Bolaga  yaxshilik  qilgan,  aytilgan  yumishni, 
iltimosni  bajargan  kishilarga  minnatdorchilik  ifodalaydigan  chiroyli  ifodalar  bor. 
Ularni  48  kunlik  muomalaga  kiritish,  o‘z  o‘rnida  ishlatish  kishi  xulqini  naqadar 
bezaydi.  O‘qituvchi    topshiriqni  yaxshi  bajargan  o‘quvchilarni  “Ofarin”, 
“Barakalla”, “Raxmat”, “Otangizga raxmat”, “Minnatdorman” kabi  so‘zlar bilan 
  rag‘batlantirishi  mumkin.  O‘qituvchining  nutqi  hamma  vaqt  o‘zbek  adabiy  tili     
normalariga  ta’sirchanligini  o‘zida  saqlaydi.  Adabiy  til  ma’lum  qo‘shimchalar, 
grammatik  kategoriyalarning  qo‘llanishidagi  bir  xilligi,  barqarorligi  bilan  umum 
o‘zbek xarakterida bo‘ladi va shevalardan ustun turadi.                  Uning ustunligini bir tomondan adabiy normlar belgilaydi .
             4. Nutq haqida iboralar va hikmatli so‘zlar.
1.  Har doim nutqda ham, skutda ham me’yorni saqlang. Publius Sire
2.  Inson miyasi-bu buyuk narsa. Siz nutq so‘zlash uchun turgan daqiqagacha ishlaydi. Martin 
Tven
3.  Bitta odamning nutqi hali nutq emas: Siz ikkala tomonni tinglashingiz kerak. Martin Lyuter
4.  Yorqin shoshilinch nutqni tayyorlash uchun odatda menga uch haftadan ko‘proq vaqt kerak 
bo‘ladi. Mark Tven
5.  Odoblilik nutqlarda, aniqrog‘i amallarda topiladi. Baltasar Gratsian va Moroles
6.  Musiqaning siri shundaki, u nutq jim turadigan bitmas-tuganmas manbani topadi. Ernst 
Teodor Amadeus Xofmann
               Inson miyasi – buyuk narsa. Siz nutq so‘zlash uchun turgan daqiqagacha 
ishlaydi .   Mark Tven              7.  Rost gapirish oddiy. Lucius Annei Seneca
8.  Faktlar nutqlarga mos kelmaydi. Mark Tullius Tsitseron
  9.  Uzun ko‘ylak yurishga yordam bermagani kabi, uzoq nutq ham narsalarni harakatga 
keltirmaydi. Charlz-Moris Talleyran
  10.  Faqat nutqi fikrga, fikri esa haqiqat va yaxshilikka bo‘ysungan kishini 
tinglashingizga arziydi. Francius Fenelon
11.  Nutq-qalbning bezagi. Lucius Annei Seneca
12.  Majoziy taqdimot nutq mavzusini taniqli qiladi. Mark Tullius Tsitseron 
13.  Ruhga kichik qismlarga singib ketadigan nutqdan ko‘proq foyda keladi. Oldindan 
yozilgan va odamlar oldida o‘qilgan uzoq nutqlarda shov-shuvlar ko‘p,  ammo ishonch yo‘q. 
Lucius Annei Seneca 
14.  Odamlarning nutqi - ularning hayoti qanday bo‘lgan. Lucius Annei Seneca                           F ak t lar nut qlarga mos k e lmay di.  Mark  Tullius Tsit se ron                15.  Notiqning axloqi uning nutqiga qaraganda ancha ishonchli. Publius Sure 
16.  Nemis eng chuqur, nemis eng yuzaki. Karl Kraus
      17.  Mehrli nutqda zahar bor. Publius Sure
18.  Har qanday yaxshi narsada bo‘lsa, shuncha yaxshi nutqda ham: qancha uzoq bo‘lsa, shuncha 
yaxshi bo‘ladi. Gayus Pliniy Caecilius
19.  Nutqni yozayotganda, eng qiyin narsa-qo‘llaringiz bilan nima qilishni hal qilish. Frank Xabard
20.  Yangi nutq yozishdan ko‘ra yangi auditoriya topish osonroq. Dan Kennedi.
21.  Nutqning qadr-qimmati aniq va past bo‘lmaslikdir. Aristotel
Tilsiz ot, muloqotsiz nutqdan ko‘ra xavfsizroqdir. Theophrastus              22.  Yomon odam nuqtida tan olinadi. Menander
23.  Nutq ko‘plarga beriladi, lekindonolik kamdan-kam 
uchraydi. Cato Mark Porcius senzurasi 
24.  Hayotda ham, nutqda ham mos keladigan narsani ko‘rishdan 
ko‘ra qiyinroq narsa yo‘q. Tsitseron Mark Tullius 
25.  Majoziy taqdimot nutq mavzusini ko‘rinadigan qiladi. 
Tsitseron Mark Tullius
26.  Nutqni hazil bilan jonlantiring. Tsitseron Mark Tullius                  Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Kar imov I. A. Ma’naviy yuksalish yo’lida 
“O‘zbekiston” 1996.
2.  Imom Buxoriy Al jome’ as-sahih 
Toshkent,1991
3.  Mahmudov N. Ma’rifat manzillari 
Toshkent, “Ma’naviyat” 1999.

MAVZU: HADISLARDA NUTQ ODOBI MASALALARI REJA: 1. Mutafakkir- larimizning nutq odobi haqida bildirgan fikrlari . 2. Hadislarda nutq odobi haqida. 3. O’qituvchi- ning nutqi haqida. 4 . Nutq haqida iboralar va hikmatli so‘zlar

1. Mut afakk i rlarim izni ng nut q odobi haqi da bildi rgan fi k rlari. Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. O‘rta Osiyoda axloqiy tarbiya o‘z an’analariga egadir. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa yozma yodgorliklarda bizgacha yetib kelgan. Axloq fan sifatida o‘rta asrlarda yuzaga keldi . Bu fanning o‘z olimlari paydo bo‘ldi, nazariyasi yaratildi. Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Savzovoriy, G‘iyosiddin Mansuriy kabilar axloq fanining mavzui, vazifalari, maqsadining, nazariy va amaliy jihatlarini asoslab berishga hissa qo‘shdilar. Afsuski, ko‘p yillar davomida bu merosni o‘rganish, ommalashtirishga imkon bo‘lmadi, juda ko‘p olimlarimiz hamon xalq uchun nomalum bo‘lib kelmoqda .

Aslida esa deyarli hamma davrlarda bu fan taraqqiy etib bordi, yangi-yangi asarlar paydo bo‘ldi; axloqiy va ta’lim tarbiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borgan juda ko‘p olimlar yetishib chiqdi. Qator mutaxasislarning asarlari asossiz ravishda o‘rganishsiz kelindi. Ibin Arabiy (XIII asr) “Taqzibo‘l axloq” (Xulqiy tarbiya haqida) va “Kitobo‘l axloq” (Axloqning 47 kitobi), Abu Bakr Qalandarning (XIII asr) “Qalandarnoma”, Husayin Voiz Koshifiy (XIII asr) “Axloqi Muxsiniy”, Poshshoxo‘ja Abduvahobxo’janing (XVI asr) “Gulzor” va “Miftox ul-adl” (Adolat kalimi), Abdu Tohir Xo‘janing (XIX asr) “Axloqi Muhammadiy” Abdurahmon Sharafning (XIX asr) “Ilmiy axloq” (Axloq fazilatlari ),

X usay in Voiz K oshifi y