logo

Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

202.1796875 KB
 
 
 
 
 
 
.
 Mavzu:  Hadislarning 
tarbiyaviy ahamiyati                                       Reja .
I.Kirish.
II.Asosiy Qism.
1.  Hadislarning mazmuni tarbiyaviy hamiyati .
2. . Islomda ikki xil ilm haqida  so’z yuritilishi
3. . Hadislarda insoniy xislatlar. 
III. Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro;yxati,                  Kirish:  Hadislarda  inson  ma’naviy  kamolotining  mezoni,  uning  tafakkur  doirasi,  dunyoqarashining  kengligi,  ilmiy 
bilimlarni  qay  darajada  egallaganligi,  o’z  bilimi  bilan  atrofdagilar  va  jamiyatga  foyda  keltirguvchi  shaxs  bo’lib 
yetishishida  muhim  omildir  deya  ko’rsatiladi.  “Tolibi  ilm  qilish  farzdir.  Tolibi  ilmga  har  bir  narsa  istig’for  aytadi, 
hatto  dengizdagi  baliqlar  ham”.  Bilimsizlik  kishilarning  nodonligiga  zamin  hozirlashi,  ilmsiz  jamiyatda  esa  jaholat 
hamda  razolatning  hukmronlik  qilishi  aloqida  ta’kidlab  ko’rsatiladi.  “Ilm  o’rganmoq  va  o’rgatmoqning  fazilati” 
borasidagi  hadis  (21-bob)  da  ilm  o’rganish  ko’p  yoqqan  yomg’irga  qiyoslanadi  va  ilm  ahli  quyidagi  uch  turga 
bo’ladi: “Ba’zi yer sof, unumdor bo’lib, yomg’irni o’ziga singdiradi-da, har xil o’simliklar va ko’katlarni o’stiradi va 
ba’zi  yer  qurg’oq,  qattiq  bo’lib,  suvni  emmasdan  o’ziga  to’playdir,  undan  Olloh  taolo  bandalari  foydalangaydir. 
Odamlar  suvdan  ichgaydirlar,  hayvonlari  va  ekinlarini  sug’orgaydirlar.  Ba’zi  yer  esa  tekis  bo’lib,  suvni  o’zida  tutib 
qolmaydir,  ko’katni  ham  ko’kartirmaydir.  Bularni  quyidagicha  muhoyasa  qilish  mumkindir:  Bir  kishi  Olloh  ilmini 
(Islomni)  teran  o’rganadir,  teran  tushunadir  va  undan  manfaatlanadi  va  Olloh  yuborgan  hidoyatni  o’zi  o’rganib, 
o’zgalarga  ham  o’rgatadir.  Ikkinchi  bir  kishi  ilm  o’rganib,  odamlarga  o’rgatadir.  Ammo  o’zi  amal  qilmaydir. 
Uchinchi bir kishi mutakabburlik qilib, o’zi ham o’rganmaydir, o’zgalarga ham o’rgatmaydir”.                                         arablar bosqini
  
  Usmon ko’chirtirgan Qur'on nusxasi.                                                        ASOSIY QISM
1.Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar 
sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan 
muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, 
do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, 
insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini 
topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni 
shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.Islom ta’limoti g’oyalariga ko’ra har bir musulmon eng avvalo 
iymonli bo’lishi kerak. Qur’oni Karimda ta’kidlanganidek, Islom dini ta’limotining yaratilishidan muddao, murod 
kishilarda iymon, e’tiqodni shakllantirishdir. Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo’lishi quyidagi uch 
shartga qat’iy amal qilinishiga bog’liqligi ko’rsatilgan:
- to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq;
- kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chaqirmog’i1 (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi).
Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o’tiladi. Sanab 
o’tilgan belgilarning har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular 
quyidagilardan iborat: “qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “o’zingiz yaxshi 
ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz” (3-4-boblar); 
“Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:                                              
2.Islomda  ikki  xil  ilm  haqida    so’z  yuritilishi:  biri  huquqiy  (fikh),  diniy  yo’l-yo’riqlar  to’g’risidagi  ilm  bo’lsa, 
ikkinchisi dunyoviy ilmlardir. Har ikki turdagi bilimlarni chuqur egallash va ularga qat’iy amal qilish har bir mo’’min 
uchun  farz  hisoblanadi.  Ilmning  ofati  unutishdir.  Uni  noahil  kishiga  gapirish  esa  uni  zoye  qilishdir”1  mazmunidagi 
hadis  orqali  o’zlashtirilgan  ilmni  takrorlab  borish,  faqat  chuqur  va  puxta  bilimlargagina  ega  bo’lgan  kishilarning 
atrofdagilarga  ilm  berishining  maqbul  ekanligiga  urg’u  beriladi.  SHuningdek,  hadislarda  ilmning  kishilarni  fahm-
farosatli, o’tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan 
bo’lsa  ham  borib  o’rganinglar”,  -deya  da’vat  etiladi.  “Olim  bo’l,  ilm  beruvchi  bo’l  yoki  ilm  o’rgatuvchi  bo’l  yoki 
tinglovchi  bo’l.  Beshinchisi  bo’lma,  halok  bo’lasan”  mazmunini  ilgari  suruvchi  hadisning  bayon  etilishi  orqali  ham 
ilmli bo’lish insonni falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg’u beriladi (41-hadis).
Bir  qator  hadislarda  ilmning  ibodatdan  ustun  ekanligi  ko’rsatib  o’tiladi.  Xususan,  “Ilm  ibodatdan  afzal  va  u  taqvo 
dinining  ustunidir”  (268-hadis).  Biroq  ilmning  manfaatsiz  holda  sarflashdan  saqlanish  maqsadga  muvofiq  ekanligi 
aytiladi va  ilm ahlini  ana  shunga  da’vat etiladi  (173-hadis),  haqiqiy  komil insonning bilimga  boy, xushxulq, sog’lom 
bo’lishi  (182-hadis),  uni  faqat  foydali  ishlar  va  insonlarning  farovon  hayot  kechirishlari  yo’lida  sarf  etish  kerakligi 
ham  uqtiriladi:  “Boshliq  bo’lmasingizdan  avval  ilmni  chuqur  o’rganing!  Rasulloh  sallallohu  alayhi-vassalamning 
sahobalari  yoshlari  ulg’ayganda  ham  ilm  o’rganganlar.  Rasulloh  sallollohu  alayhi-vasallam:  ikki  narsadan  o’zgasiga 
hasad  qilmoq  joiz  emas,  biri-kishiga  Olloh  taolo  halol  mol-dunyo  bersa-yu,  uni  Haq  yo’lida  sarflayotgan  bo’lsa, 
ikkinchisi-kishiga  Olloh  taolo  ilmu  hikmat  ato  etsa-yu,  u  shu  tufayli  oliy  maqomga  erishib,  hukm  surayotgan, 
odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa”, – deydilar»                                             3. Hadislarda insoniy xislatlar. 
Ezgulik, iffat, sabr-qanoat, shukronalik kabilar ulug’lansa, isrofgarchilik, ta’magirlik, ochko’zlik. nafsu havo hamda 
shahvoniy hissiyotlarga berilish, baxillik, johillik kabi illatlar qoralanadi. Aksariyat hadislar mazmunini yoritishda 
«yaxshi siyrat» va «iqtisod» tushunchalari qo’llaniladi, chunonchi, «YAxshi siyrat, chiroyli hay’at va har bir ishda 
iqtisodchilik yetmish xislatdan bir bo’lagidir» (468-hadis)2. «YAxshi siyrat» tushunchasi yaxshi muomala, go’zal 
odob-axloq, ibratli hayot, shuningdek, chiroyli hayot-tashqi ko’rinish ma’nosini anglatsa, «iqtisod» tushunchasi har 
bir xatti-harakatni tashkil etishda ma’lum me’yorga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligini nazarda tutadi. Ushbu 
g’oya quyidagi hadisda ham o’z ifodasini topgan: “Sizlarning uchta ishingiz uchun Olloh Taolo rozi va uchta 
ishingiz uchun g’azablik bo’ladi: birinchisi, ibodatni Ollohning o’zigagina qilib, ibodatda boshqa narsalarni unga 
sherik qilmasliklaringizga; ikkinchisi, Olloh Taoloning dini va qur’oniga e’tiqod qilmog’ingizga; uchinchisi, Olloh 
Taolo sizga boshliq qilib qo’ygan kishiga xayrixoh bo’lmog’ingizga rozi bo’lsa, bo’lar-bo’lmas gapni naql qilishib 
yurmog’ingizga, ko’p surishtiraverishlik yoki so’rashlik (gadoylik qilish) va molni noo’rin yerlarga sarf qilib zoye 
qilmog’ingizga g’azablanadi” deganlarini isbotlaydi” (206-bob, 242-hadis).SHu bilan birga, hadislarda yana 
kishilarni baxillik va mol-mulkka hirs qo’yishdan saqlanish kerakligi, shuningdek, kelajakka nisbatan ishonch bilan 
yashash xususidagi fikrlar ham o’rin olgan. CHunonchi, “Birortangiz ekish uchun qo’lingizda biror ko’chatni 
ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bo’lib qolsa-yu, qoyim bo’lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko’zingiz 
yetsa, albatta ekib qo’ying”, - degan fikrlar hayotga bo’lgan umid, kelajakka bo’lgan ishonchning yorqin ifodasidir. 
Xulq-odob haqidagi hadislardan ezgu insoniy xislatlar ulug’lanib, gunoh sanalgan illatlar qoraladi.                                                        
     Hadislarda jamiyat ravnaqi, insoniyat taraqqiyotining ta’minlanishiga ta’sir etuvchi 
muammolarga ham jiddiy e’tibor berilgan. Ularning orasida ekologik muammolarga 
alohida o’rin ajratilgan bo’lib, necha asrlardan buyon o’z dolzarbligini yo’qotmagan. 
Ana shunday muammolar mohiyatini o’z mazmunida aks ettirgan hadislarda ekin 
hamda ko’chatlarni o’tkazish, ularni himoya etish, ariq-zovurlar qazish va ularni 
vaqti-vaqti bilan tozalab turish, suv chiqarish kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga 
undovchi g’oyalar mujassamlangan. Masalan, tirik jonivorlarni o’ldirmaslik 
(shariatdan o’ldirishga buyurilgan ilon va chayondan bo’lak), jonivorlarga 
g’amxo’rlik qilish, ularga ozor bermaslik, inson yashaydigan joyni unga ozor 
beradigan narsalardan tozalash (227 va 446-hadislar), kishilarga soya beruvchi 
daraxtlarni kesmaslik, hovli sahnlarini toza tutish haqidagi hadislar1 shular 
jumlasidan.Hadislarda yomon ishlar, yomon illatlar, yomon hatti-harakatlar “gunoh” 
sifatida qoralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaqi uchun qilinadigan yaxshi, ezgu 
hatti-harakatlar, faoliyat “savob” tarzida olqishlanadi.SHunga ko’ra, yetim molini 
yeyish, mol-dunyoga hirs qo’yish, yolg’onchilik, g’iybatchilik, tuhmat, zino, 
ichkilikbozlik, giyohvandlik, foydasiz gapni ko’p gapirish va boshqa illatlar gunoh 
hisoblanasa, ota-ona, keksalar, zaiflar va muhtojlarga g’amxo’rlik qilish, ularni 
yo’qlab turish, marhumlarni yaxshi so’zlar bilan xotirlash, birov ularning ustidan 
kulmasligini ta’minlash, omonatga xiyonat qilmaslik kabilar savob sanalishi alohida 
ta’kidlanadi.                         
                                                                XULOSA.
Ma’lumki,  islom  ta’limotida  eng  yuksak  xislatlardan  biri  sifatida  ota-onaga  g’amxo’rlik,  ularni 
e’zozlash,  ota-ona  haqqini  o’z  o’rniga  qo’yish,  farzandning  ular  oldidagi  haqqi  borasidagi 
masalalarning  yoritiligiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Hadislarda  ham  ana  shu  talablar  o’z  ifodasini 
topgan.  Ota-onani  xafa  qilib  yig’latish  eng  katta  gunohlari  sifatida  e’tirof  etilgani  quyidagi,  ya’ni, 
Olloh  Taoloning  mavjudligiga  shirk  keltirish,  odam  o’ldirish,  urush  maydonidan  qochish,  afifa 
(o’zini  pokiza  saqlagan)  xotinni  fohisha  deb  tuhmat  qilish,  ribo  (ijaraxo’rlik),  yetimlar  molini 
yemoq,  Olloh  Taoloning  qudrati  va  irodasini  inkor  qilish,  odamlarni  masxara  qilish  hamda  ularni 
kamsitish  kabi  holatlar  qatorida  tilga  olib  o’tiladi.  Hadislarda  ota-onaning  dilini  og’ritib,  ozor 
berish,  ularni  xafa  qilib,  buyruqlarini  bajarmaslik  ham  qoralanadi:  “Abdulloh  ibn  Amr 
(Roziyollohu  anhu)  aytadilar:  bir  kishi  Rasulloh  huzurlariga  hijrat  qilmoq  uchun  bay’at  qilishga 
keldi.  Ammo  ota-onasi  uning  ketishiga  rozi  bo’lmay,  xafalikdan  yig’lab  qolgan  edilar.  SHunda 
Rasulloh: “Sen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb ularni xafa qilganingdek, endi hijrat 
qilmaydigan  bo’ldim,  deb  ularni  xursand  qil”,  -dedilar  (13-hadis).  Islomda  eng  katta  gunoh  Olloh 
Taologa  shirk  keltirish  va  ota-onaga  oq  bo’lish  hisoblanishi  15-hadisda  alohida  ta’kidlanadi.  Ota-
onaning  ham  o’z  navbatida  farzandlarini  tarbiyat  etmog’i,  odob  o’rgatishi,  yaxshilik  qilishi 
lozimligi  ta’kidlanadi:  «Namir  ibr  Avs  aytishlaricha,  o’tmish  kishilari  bolalarning  solih-qobil 
bo’lishlari  Olloh  Taoloning  tavfiqi  bilan  bo’ladi,  ammo  ularga  odob-axloq  o’rgatish  otalari 
vazifasidir, der edilar” (92-hadis)»                 XULOSA                                Qoraxoniylar davlati
                            Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
     1.w.w.w. wikipideia.
     2. ©hozir.org 2022.
      3.https.@hadis//taliotlari.

. Mavzu: Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati

Reja . I.Kirish. II.Asosiy Qism. 1. Hadislarning mazmuni tarbiyaviy hamiyati . 2. . Islomda ikki xil ilm haqida so’z yuritilishi 3. . Hadislarda insoniy xislatlar. III. Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro;yxati,

Kirish: Hadislarda inson ma’naviy kamolotining mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallaganligi, o’z bilimi bilan atrofdagilar va jamiyatga foyda keltirguvchi shaxs bo’lib yetishishida muhim omildir deya ko’rsatiladi. “Tolibi ilm qilish farzdir. Tolibi ilmga har bir narsa istig’for aytadi, hatto dengizdagi baliqlar ham”. Bilimsizlik kishilarning nodonligiga zamin hozirlashi, ilmsiz jamiyatda esa jaholat hamda razolatning hukmronlik qilishi aloqida ta’kidlab ko’rsatiladi. “Ilm o’rganmoq va o’rgatmoqning fazilati” borasidagi hadis (21-bob) da ilm o’rganish ko’p yoqqan yomg’irga qiyoslanadi va ilm ahli quyidagi uch turga bo’ladi: “Ba’zi yer sof, unumdor bo’lib, yomg’irni o’ziga singdiradi-da, har xil o’simliklar va ko’katlarni o’stiradi va ba’zi yer qurg’oq, qattiq bo’lib, suvni emmasdan o’ziga to’playdir, undan Olloh taolo bandalari foydalangaydir. Odamlar suvdan ichgaydirlar, hayvonlari va ekinlarini sug’orgaydirlar. Ba’zi yer esa tekis bo’lib, suvni o’zida tutib qolmaydir, ko’katni ham ko’kartirmaydir. Bularni quyidagicha muhoyasa qilish mumkindir: Bir kishi Olloh ilmini (Islomni) teran o’rganadir, teran tushunadir va undan manfaatlanadi va Olloh yuborgan hidoyatni o’zi o’rganib, o’zgalarga ham o’rgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm o’rganib, odamlarga o’rgatadir. Ammo o’zi amal qilmaydir. Uchinchi bir kishi mutakabburlik qilib, o’zi ham o’rganmaydir, o’zgalarga ham o’rgatmaydir”.

arablar bosqini Usmon ko’chirtirgan Qur'on nusxasi. ASOSIY QISM 1.Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.Islom ta’limoti g’oyalariga ko’ra har bir musulmon eng avvalo iymonli bo’lishi kerak. Qur’oni Karimda ta’kidlanganidek, Islom dini ta’limotining yaratilishidan muddao, murod kishilarda iymon, e’tiqodni shakllantirishdir. Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo’lishi quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog’liqligi ko’rsatilgan: - to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq; - kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq; - kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chaqirmog’i1 (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi). Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o’tiladi. Sanab o’tilgan belgilarning har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “o’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz” (3-4-boblar); “Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:

2.Islomda ikki xil ilm haqida so’z yuritilishi: biri huquqiy (fikh), diniy yo’l-yo’riqlar to’g’risidagi ilm bo’lsa, ikkinchisi dunyoviy ilmlardir. Har ikki turdagi bilimlarni chuqur egallash va ularga qat’iy amal qilish har bir mo’’min uchun farz hisoblanadi. Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoye qilishdir”1 mazmunidagi hadis orqali o’zlashtirilgan ilmni takrorlab borish, faqat chuqur va puxta bilimlargagina ega bo’lgan kishilarning atrofdagilarga ilm berishining maqbul ekanligiga urg’u beriladi. SHuningdek, hadislarda ilmning kishilarni fahm- farosatli, o’tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan bo’lsa ham borib o’rganinglar”, -deya da’vat etiladi. “Olim bo’l, ilm beruvchi bo’l yoki ilm o’rgatuvchi bo’l yoki tinglovchi bo’l. Beshinchisi bo’lma, halok bo’lasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli bo’lish insonni falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg’u beriladi (41-hadis). Bir qator hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Xususan, “Ilm ibodatdan afzal va u taqvo dinining ustunidir” (268-hadis). Biroq ilmning manfaatsiz holda sarflashdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi va ilm ahlini ana shunga da’vat etiladi (173-hadis), haqiqiy komil insonning bilimga boy, xushxulq, sog’lom bo’lishi (182-hadis), uni faqat foydali ishlar va insonlarning farovon hayot kechirishlari yo’lida sarf etish kerakligi ham uqtiriladi: “Boshliq bo’lmasingizdan avval ilmni chuqur o’rganing! Rasulloh sallallohu alayhi-vassalamning sahobalari yoshlari ulg’ayganda ham ilm o’rganganlar. Rasulloh sallollohu alayhi-vasallam: ikki narsadan o’zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri-kishiga Olloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo’lida sarflayotgan bo’lsa, ikkinchisi-kishiga Olloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa”, – deydilar»