HTML TILI
HTML TILI TAYYORLADI: MURODKULOV JAHONGIR
HTML HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) — SGML (inglizcha: Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi.
HTML Tarixi HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
Imkoniyatlari HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega: • Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro'yxat va hokazo). • Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo'lib o'zaro bog'langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi. • Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift ko'rsatkichlarini belgilash. • Maxsus belgilar qo'yish. ASCII kodirovkasida ko'rsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qo'yish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar , , , ½, ¼ , ∫ ∞ √ ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar. • Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish. • Multimedia fayllarini ochish. • Boshqa imkoniyatlar
Versiyalari • RFC 1866 — HTML 2.0 standarti (22-sentabr 1995-yil). • HTML 3.2 — 14-yanvar 1996-yil • HTML 4.01 — 24-dekabr 1999-yil • ISO/IEC 15445:2000 — 15-may 2000-yil HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas. HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud bo'lganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995-yil „Xalqaro O'rgimchak to'ri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda ko'p yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini o'rash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan bo'lib, darxol 3.2 versiyaga o'tildi. Unda 3.1 versiyadagi ba'zi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida alohida ko'rsatildi. HTMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (masalan, <label>) tushirib qoldirildi, ba'zi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan, <font> tegi oʻrniga CSS imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).