logo

PhP dasturlash tili

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

294.2470703125 KB
P H P  DA S T U R L A S H  T I L I
Tayyorladi: Murodkulov Jahongir P H P   N I M A ?
•
PHP (inglizcha: PHP:  Hypertext 
Preprocessor — „hipermatnli protsessor“) —  skript  tili  boʻlib,  web 
serverda  oʻzgaruvchan HTML fayllarini  yaratishda  qoʻllaniladi. 1994-
yilda kanadalik dasturchi Rasmus  Lerdorf tomonidan 
yaratilgan. Hozirgi  kunda  deyarli  barcha  hosting-provayderlar 
mazkur  tilni  qoʻllab-quvvatlaydi.  Odatda,  PHP  maʼlumotlar  bazasi 
bilan ishlatiladi. PHP GNU GPL litsenziyasi orqali tekin tarqatiladi. P H P   TA R I X I
•
1994  yili  PHP  tilinig  yaratuvchisi  Rasmus  Lerdorf  o‘zinig  saytiga  mehmonlar 
kirishini  hisoblash  uchun  Perl  dasturlash  tilida  maxsus  qobiq  yozib  amalda 
qo‘llagan.  Ko‘p  o‘tmay  qobiqni  ishlash  unumdorligi  juda  past  va  sekinligi 
aniqlanganidan so‘ng, dasturlarni yangidan “S” tilida yozib chiqishga to‘g‘ri keladi. 
Keyin,  dastlabki  dastur  kodlari  muallif  tarafidan  barchaga  ko‘rish  uchun  serverga 
nashr  qilingan.  Server  foydalanuvchilari  kodlar  bilan  qiziqib,  uni  ishlatish 
muxlislari  ham  paydo  bo‘lgan.
Hademay,  bu  dasturlar  alohida  loyihaga  aylanib,  1995  yilning  iyun  oyida  dasturiy 
mahsulot   PHP (Personal Home Page) nomi bilan birinchi nashri chiqarildi.
•
1996  yil  aprel  oyida  dasturlar  jiddiy  qayta  ishlanganidan  so‘ng, PHP/FI (Personal 
Home  Page  /  Forms  Interpreter) nomi  bilan  mahsulotning  ikkinchi  nashri  paydo 
bo‘ldi.  Bu  mahsulot  HTML-kod  ichiga  yozilib,  HTML-formalarni  qayta  ishlab, 
hozirgi  PHP  dasturlash  tilining  tayanch  imkoniytlarini  ichiga  olgan.  PHP/FI  kod 
yozilishi Perl tiliga juda oxshagan, lekin soddaroq bo‘lgan. •
1997  yili  PHP/FI  2.0  nashri  chiqdi.  O‘sha  paytda  bu  mahsulot  bilan  dunyo 
bo‘yicha bir necha ming odam foydalanib, taxminan 50 ming domen bo‘lib, 
Internetning 1%-ni tashkil qildi.
•
1997  yilda  Endi  Gutmans  va  Ziv  Suraski  PHP/FI  kodini  boshqatdan  yozib 
chiqishdi, chunki eski kod ular ishlatayotgan elektron tijorat tizimlari uchun 
yaroqsiz  edi.  Eski  kodning  mualliflaridan  yordam  olish  uchun  ular 
birlashishni  taklif  etib,  PHP3  nomli  loyihani  PHP/FI  -ning  rasmiy  vorisi  deb 
e’lon  qilishdi.  Yangi  loyiha  uyushgandan  keyin  PHP/FI  loyihasi  ishlab 
chiqarilishi to‘xtatilgan.
•
PHP  3.0  -ning  eng  kuchli  taraflaridan  biri  uning  kengaytirala  olinadigan 
yadrosi  (tizimning  boshqaruv  qismi)  bo‘lib,  bundan  tashqari,  ma’lumot 
jamg‘armalar  bilan,  turli  protokollar  va  interfeyslar  bilan  birgalikda  ishlash 
keng  imkoniyatlari  yaratildi.  Muvaffaqiyatga  erishishga  ancha  ahamiyatli 
fakt  bu  yangi  tilni  boyligi  va  ob’yektlarga  mo‘ljallangan  dasturlashni  qo‘llay 
olishi.  Yangi  loyiha  bilan  birga  nafaqat  tilni  tashqi,  ichki  tuzulishi  o‘zgardi, 
balki o‘zini nomi ham. Endi PHP qisqartmasi “PHP: Hypertext Preprocessor” 
ma’nosini anglatishi bildirildi. •
1998  yilning  oxirida  PHP  foydalanuvchilarining  soni  o‘n  minglardan 
oshdi.  Yuz  mingdan  oshiq  veb-saytlar  bu  tilni  qo‘llashini  e’lon 
qilishdi. Taxminan Internetning 10% serverlarida PHP 3.0 o‘rnatilgan 
edi. •
1998 yilning iyun oyda PHP3 to‘qqiz oy ommaviy tekshiruvidan keyin 
rasman e’lon qilindi. Shu yilning qishida Endi Gutmans va Ziv Suraski 
PHP  yadrosini  qaytadan  ishlab  chiqarishni  boshlashgan.  Ularning 
asosiy  vazifasi  PHP  tizimining  unumdorligini  ko‘tarish  va  kodning 
modullarini yaxshilash edi. •
1999  yilning  o‘rtalarida  birinchi  marta  taqdim  qilingan  yangi  yadro  “Zend 
Engine”  deb  nomlangan.  Uni  asosida  tuzilgan  yangi  til  PHP4  2000  yilning  may 
oyida  rasman  chiqarilgan.  Unumdorlik  yaxshilangandan  tashqari,  PHP  4.0 
muhim  yangiliklarga  ega  bo‘lib,  sessiyalarni  qo‘llash,  buferli  chiqarish, 
kiritilgan  ma’lumotlarni  havfsiz  qayta  ishlash  va  yana  bir  necha  yangi  til 
tuzuvchilarini paydo bo‘lishidan iborat.
•
Hozirgi  kunlarda  “Zend  Engine”  qayta  yaxshilanib  PHP5  tili  ishlab  chiqarildi. 
Asosiy  o‘zgarishlar  ob’yektlarga  mo‘ljallangan  dasturlash  modelida  bo‘lib, 
tilning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

P H P DA S T U R L A S H T I L I Tayyorladi: Murodkulov Jahongir

P H P N I M A ? • PHP (inglizcha: PHP: Hypertext Preprocessor — „hipermatnli protsessor“) — skript tili boʻlib, web serverda oʻzgaruvchan HTML fayllarini yaratishda qoʻllaniladi. 1994- yilda kanadalik dasturchi Rasmus Lerdorf tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda deyarli barcha hosting-provayderlar mazkur tilni qoʻllab-quvvatlaydi. Odatda, PHP maʼlumotlar bazasi bilan ishlatiladi. PHP GNU GPL litsenziyasi orqali tekin tarqatiladi.

P H P TA R I X I • 1994 yili PHP tilinig yaratuvchisi Rasmus Lerdorf o‘zinig saytiga mehmonlar kirishini hisoblash uchun Perl dasturlash tilida maxsus qobiq yozib amalda qo‘llagan. Ko‘p o‘tmay qobiqni ishlash unumdorligi juda past va sekinligi aniqlanganidan so‘ng, dasturlarni yangidan “S” tilida yozib chiqishga to‘g‘ri keladi. Keyin, dastlabki dastur kodlari muallif tarafidan barchaga ko‘rish uchun serverga nashr qilingan. Server foydalanuvchilari kodlar bilan qiziqib, uni ishlatish muxlislari ham paydo bo‘lgan. Hademay, bu dasturlar alohida loyihaga aylanib, 1995 yilning iyun oyida dasturiy mahsulot   PHP (Personal Home Page) nomi bilan birinchi nashri chiqarildi. • 1996 yil aprel oyida dasturlar jiddiy qayta ishlanganidan so‘ng, PHP/FI (Personal Home Page / Forms Interpreter) nomi bilan mahsulotning ikkinchi nashri paydo bo‘ldi. Bu mahsulot HTML-kod ichiga yozilib, HTML-formalarni qayta ishlab, hozirgi PHP dasturlash tilining tayanch imkoniytlarini ichiga olgan. PHP/FI kod yozilishi Perl tiliga juda oxshagan, lekin soddaroq bo‘lgan.

• 1997 yili PHP/FI 2.0 nashri chiqdi. O‘sha paytda bu mahsulot bilan dunyo bo‘yicha bir necha ming odam foydalanib, taxminan 50 ming domen bo‘lib, Internetning 1%-ni tashkil qildi. • 1997 yilda Endi Gutmans va Ziv Suraski PHP/FI kodini boshqatdan yozib chiqishdi, chunki eski kod ular ishlatayotgan elektron tijorat tizimlari uchun yaroqsiz edi. Eski kodning mualliflaridan yordam olish uchun ular birlashishni taklif etib, PHP3 nomli loyihani PHP/FI -ning rasmiy vorisi deb e’lon qilishdi. Yangi loyiha uyushgandan keyin PHP/FI loyihasi ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan. • PHP 3.0 -ning eng kuchli taraflaridan biri uning kengaytirala olinadigan yadrosi (tizimning boshqaruv qismi) bo‘lib, bundan tashqari, ma’lumot jamg‘armalar bilan, turli protokollar va interfeyslar bilan birgalikda ishlash keng imkoniyatlari yaratildi. Muvaffaqiyatga erishishga ancha ahamiyatli fakt bu yangi tilni boyligi va ob’yektlarga mo‘ljallangan dasturlashni qo‘llay olishi. Yangi loyiha bilan birga nafaqat tilni tashqi, ichki tuzulishi o‘zgardi, balki o‘zini nomi ham. Endi PHP qisqartmasi “PHP: Hypertext Preprocessor” ma’nosini anglatishi bildirildi.

• 1998 yilning oxirida PHP foydalanuvchilarining soni o‘n minglardan oshdi. Yuz mingdan oshiq veb-saytlar bu tilni qo‘llashini e’lon qilishdi. Taxminan Internetning 10% serverlarida PHP 3.0 o‘rnatilgan edi.