Huquqiy informatikada modellashtirish metodi
Mavzu:Huquqiy informatikada modellashtirish metodi.
Modellashtirish metodi ю Modellashtirish-bu bilvosita nazariy yoki amaliy bilish obyektining har xil modellarini yaratish va undan ilmiy ijodda foydalanish imkonini beruvchi ilmiy metoddir. Modellashtirish jarayonida ayrim yordamchi obyekt - modeldan foydalaniladi. Matematik model - o'rganilayotgan obyekt asosiy xossalarini ifodalovchi va u haqidagi ko'plab informatsiyani qulay shaklda tasvirlovchi sun’iy tizim. Matematik modellashtirish vazifasi "mavjud olam”ni matematika tilida bayon etishdan iboratdir. Bu uning eng ahamiyatli xususiyatlari haqida ancha aniq tasawurga ega bo'lish uchun imkon beradi va aytish mumkinki, bo'lajak hodisalami bashoratlash mumkin bo'ladi. Bu holat esa ayni “matematik modellashtirish” terminini ifodalaydi. Model uni o'rganish jarayonida obyektiv hodisa yoki jarayonning xususiyatlari haqida yangi ilmiy axborot berish qobiliyatiga ega. Bilish jarayonida foydalaniladigan model obyektiv voqelik bilan ma’lum, har safar maxsus qayd etiladigan va aniqlanadigan munosabatda bo'ladi. Modelni o'rganish jarayonida aniqlangan sifat va xususiyatlar so'ngra modellashtirilgan hodisaning o'ziga ko'chirib o'tkaziladi. Bu metodning asosida tabiiy fanlar sohasida ishlab chiqilgan o'xshashlik nazariyasi yotadi.
Modelning vazifasi bilish obyektini elementlarga ajratish, uning ayrim muhim elementlarini ajratib olib, ulami formalizatsiya qilish va tizimli-strukturaviy tahlil tilida ifoda etishdan iborat. Yurist uchun modellashtirish metodi - bu huquqiy tartibga solish va davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan spetsifik muammolami chuqur o'rganishning ilmiy va amaliy vositalaridir. Bu metoddan huquq normasining amal qilish mexanizmini o'rganishda foydalanilishi mumkin. Huquq normasining amal qilish mexanizmi deganda bu normaning talablarini uning bajarilishini ta’minlaydigan huquq subyektlari, jamoalar va jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarga bilvosita o'tkazuvchi yuridik va ijtimoiy hodisalar, jarayonlar va omillar tushuniladi (4-rasm). Bu mexanizm huquqni qo'llash faoliyati sohasida ham amal qiladi. Uni shuningdek huquq normasi va ijtimoiy munosabatlaming mazkur turi o'rtasidagi sababiy aloqa sifatida ham talqin qilish mumkin. Bugungi kunda yuridik fani sohasida quyidagi modeller yaratilgan va tahlildan o'tkazilgan: huquqiy tartibga solish mexanizmining modellari; huquq normalarining mantiqiy-matematik modellari; jinoyatchilikning ahvoli, sabablari va dinamikasining kriminologik modellari;
statistik modellar. Umumiy huquq nazariyasiga muvofiq ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solishning obyekti hisoblanadi. Tlzimli yondashuvda bu qoida konkretlashtirilishi mumkin. Tizimli- kibernetik nuqtai nazardan o'zaro aloqador elementlarning yaxlit birligi sifatida tushuniladigan ayrim ijtimoiy tizim huquq normasi ta’sirining obyekti, deb aytish mumkin. Buning natijasida «ijtimoiy munosabatlar» tushunchasini jiddiy operatsionalizatsiya qilishga muvaffaq bo'linadi. Ijtimoiy tizim tushunchasiga miqdoriy aniqlik kiritish mumkin. Masalan, huquqiy tartibga solish va ijtimoiy boshqarish obyekti sifatidagi ishlab chiqarish jamoasi uchun jamoaning kattaligi, ishlab chiqarish tarmog'i, mehnat unumdorligi, hamjihatlik, axborotlar sohasidagi aloqalar tizimning parametrlari bo'lishi mumkin. Miqdoriy yondashuv nuqtai nazaridan tartibga solinuvchi ijtimoiy tizim majmui bilan ifoda etiladi: Q = (q1f q2 ... qn), bunda ulaming har biri ma’lum miqdoriy yoki (ko'pincha) nomiqdoriy kattalikka ega bo'ladi1. Umumiy holatda q, o'zgaruvchilar vaqtda o'zgaradi, ya’ni Q(t) = qi(t), q2(t )... qn(t) Tartibga solinayotgan ijtimoiy tizim ayrim qismlarga — ijtimoiy tabaqalarga parchalanadi. O'rganilayotgan huquq normasi amal qiluvchi ayrim hududiy ijtimoiy tabaqa berilgan bo'lsin. U bir qator alohida guruhlarga parchalanadi. Bu alohida guruhlar yoshi, yashash joyi, kasbi va boshqa omillarga ko'ra turkumlanishi mumkin.