logo

Ilmiy tadqiqotda modellashtirish

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

17879.357421875 KB
Mavzu:  Ilmiy tadqiqotda 
modellashtirish                               Reja 
1. Ilmiy  tadqiqotda 
modellashtirish. 
2.  Model  tushunchasi, 
modellashtirish  va 
uning turlari 
3.  Matematik  va 
kompyuterli 
modellashtirish      1. Ilmiy tadqiqotda 
modellashtirish.
Tadqiqotning muhim 
usullaridan biri modellashtirish 
usulidir. Bu usul ham empirik, 
ham nazariy izlanish darajalarida, 
tabiiy, texnik va ijtimoiy-
gumanitar fanlarda qo’llaniladigan 
umumilmiy usuldir. 
Modellashtirish usuli har qanday, 
atomdan tortib, to inson, jamiyat 
va kosmik tizimlargacha bo’lgan 
obyektlarni samarali tadqiq qilish 
imkoniyatini beradi.        Modellashtirishda obyekt, 
uning qiziqishini uyg’otgan 
xossasini nusxasi, o’xshash 
timsoli ishlab chiqiladi. 
Obyektning o’rindoshi 
bo’lgan bu model o’rganiladi, 
olingan ma’lumot obyekt 
haqida bilim beradi yoki 
mavjud bilimga yangi faktlar,  
tasavvurlar va g’oyalar 
qo’shadi.  Demak, 
modellashtirish usulidan 
foydalanishni asosida modelni 
qurish va uni tadqiq qilish 
yotadi       2. Model tushunchasi, 
modellashtirish va uning turlari      Model  moddiy  yoki  ideal  (namoddiy) 
unsurlardan qurilgan bo’lishi mumkin. 
Shahar  transport  yo’nalishlarini 
namoyish  qiladigan  maket  moddiy 
model  turiga  kiradi.  Xayoliy 
eksperiment  o’tkazish  uchun 
tasavvurda  hosil  qilingan  obyekt 
obrazi  ideal  modelni  bildiradi. 
Bulardan  tashqari  simvolik 
belgilardan,  topologik  shakllardan 
tuzilgan  modellardan  ham 
foydalanadilar. Matematik tenglamalar 
tizimi,  kompyuter  dasturi  shunday 
modellar qatoriga kiradi.     Biz  ko’rib  chiqayotgan 
tushunchaga  quyidagi 
ta’rifni  berish  mumkin: 
model  –  bu  o’rindosh  – 
obyekt  bo’lib,  asl,  real 
obyektning  qiziqish 
o’yg’otadigan  xossa  yoki 
funksiyalarini  nusxa 
sifatida  qaytaradi,  shu  bois 
uni  almashtiradi  va 
tadqiqot  predmetiga 
aylanadi.  Asl obyekt 
xususiyatlarini modelda 
qayta tiklash predmetli 
(maket, tuzilma), 
obrazli (tasvir, 
kompyuterli anmasiya, 
golografik qurilma) va 
belgi (grafik jadval, 
sxema, tenglamalar 
tizimi) ko’rinishida 
bajarilishi mumkin.  Model  va  asl  obyekt  o’rtasidagi 
munosabat  gomomorfizm  (shakliy 
o’xshashlik)  va  izomorfizm 
tushunchalari  orqali  izohlanadi. 
Gomomorfik  munosabat  deganda 
model  va  obyekt  o’rtasida  to’liq 
bo’lmagan  shakliy  o’xshashlik  qayd 
qilinadi.  Geografik  xarita  biron-bir 
o’lkaning  gomomorfik  modeli 
hisoblanadi.  Izomorfik  munosabatda 
obyekt  va  model,  ularning 
parametrlari  o’rtasida  katta 
aniqlikdagi  o’xshashlik,  aynanlik 
mavjud. Mars planetasidan 
o’zi yurar robot 
orqali yuborilgan foto 
suratlar planeta 
sathini izomorfik 
modeli sifatida tadqiq 
qilinadi.    Tadqiqot olib borish 
maqsadida model 
ikki yo’nalishda 
tuziladi va 
o’rganiladi:   1) Oldin obyektni nusxa-modeli quriladi, keyin uni 
o’rganish boshlanadi. Asosiy vazifa obyektni mumkin 
qadar aniq modelini ishlab chiqish. Kompyuter grafikasi 
yordamida yaratilgan dinozavrlar hayoti haqidagi filmlar 
shu birinchi yo’nalishga misol bo’ladi.      2 ) Ikkinchisida bilish 
jarayoni modeldan 
obyektga qarab 
yo’naltirilgan bo’ladi. 
Bunda avvalambor model 
ishlab chiqiladi, uni tadqiq 
qilish samarali natija  
bergan taqdirda asl 
obyektning ma’lum 
bo’lmagan xislatlarini 
tahlil qilish amalga 
oshiriladi.     O’tgan asrda EHM 
dasturlarini ishlab chiqish 
jarayonida sun’iy intellekt 
deb atalgan artefakt (inson 
yaratgan predmet) 
vujudga keldi.Sun’iy 
intellektni aqliy faoliyat 
modeli sifatida o’rganish 
inson intellekti haqidagi 
bilimlarimizni boyitishga 
olib keldi.      XX asr fanlarida ro’y bergan inqilobiy 
yangilanishlar ko’plab fan – texnik kashfiyot va 
ixtirolar qilishga olib keldi. Ularni ishlab chiqarishga 
tatbiq qilinishi natijasida murakkab va o’ta murakkab 
texnologik tizimlar yaratildi. Bu tizimlarni shu 
vaqtgacha ishlatilayotgan bilish usullari vositasida 
o’rganishni iloji bo’lmay qoldi. Bunday vaziyatda 
modellashtirish usulidan foydalanish tadqiqot 
samaradorligini bir necha barobar oshirib yuboradi. 
Oldin bo’lajak texnologik tizimni model yaratiladi, u 
turli sharoitlarga qo’yib o’rganiladi. Shunday keyin 
asl obyekt bo’lgan texnologik tuzilma yaratiladi.      Modellashtirish – 
bu nusxa – modelni 
o’rganish orqali 
obyektni bilish va 
xossalarini bashorat 
qilish usulidir. Bunda 
obyektga o’xshash 
namuna (model) 
quriladi, u tadqiq 
qilinadi, natijada asl 
obyekt o’rganilgan 
hisoblanadi.      Modellashtirish 
umumilmiy,  universal  bilish 
usullari  qatoriga  kiradi. 
Modellashtirish  usuli 
ayniqsa  matematik  va 
eksperimental  tadqiqotlarga 
yaqin turadi, ularni tarkibiga 
kiradi,  samarali  natijalar 
berish manbaiga aylanadi .      Modellashtirish  strukturaviy  tarkibi  va  tatbiq  qilish 
samaradoriga qarab bir qancha turlarga bo’linadi . 
1. Predmetli 
modellashtirish.  Ko’p 
hollarda  obyekt  qanday 
jismlardan  iborat  bo’lsa, 
uning  xislatlarini 
takrorlaydigan  model  ham 
o’sha  materialdan  yasaladi. 
Predmetli 
modellashtirishning  soda 
ko’rinishi  obyektning  kichik 
hajmdagi  maketi  bo’lib,  u 
tadqiqot,  ta’lim  va  madaniy 
–  ma’naviy  muassasalarda 
ilmiy  va  uslubiy  vosita 
sifatida ishlatiladi.     2 . Fizik modellashtirish. Fan va 
texnikada keng qo’llanilib, 
fizik jarayonlar, turli 
mexanizm va mashinalar, 
ularning struktura, xossa va 
funksiyalari modellarda 
o’rganiladi, olingan natijalar 
yangi eksperimental 
namunalarni loyihalashtirishda 
tatbiq qilinadi    3.    Mantiqiy modellashtirish. Tafakkurdagi mantiqiy amallarni 
bajarishga moslashtirilgan mantiqiy modellarni ishlab chiqish 
tarixi uzoq vaqtga borib taqaladi. R.Lulliy, Leybnis, U.Djevons va 
boshqalar tafakkur jarayonini modellashtiradigan qurilmalar 
loyihasi va mexanizmlarini ishlab chiqishgan. Hozir bu turdagi 
modellashtirish sun’iy intellekt muammolarini o’rganish doirasida 
davom ettirilmoqda.     4. Belgili (semiotik) 
modellashtirish. Bu 
yerda model simvollar, 
harflar, chizma, sxema, 
formula kabi 
vositalardan tuziladi. 
Geometrik shakl, 
algebraik tenglamalar 
tizimi, matn, mantiqiy  
sillogizm figuralari 
tadqiqotda model 
funksiyasini bajaradi.      5.  Matematik  modellashtirish.  Bir-
biridan  sifat  jihatidan  farq  qiladigan 
obyektlarda  o’xshash  xossalar  va 
funksiyalar  mavjud.  Masalan,  to’lqin 
hodisasi,  to’lqinli  tarqalish  va  tebranish 
tabiat  va  jamiyatda  ko’p  uchraydigan 
xossalardan  biridir.  Xususan  to’lqin 
ko’rinishiga  ega  bo’lgan  harakat  mexanik, 
elektrik,  suyuqlik  xolatlarda,  atmosfera  va 
biosferada,  iqtisodiy  jarayonlarida 
munatazam  namoyon  bo’ladi.  Bularni 
barchasini  differensial  tenglamalar  tizimi 
yordamida  tavsiflash  mumkin.  Shuningdek, 
turli  obyektlarga  xos  bo’lgan  tebranish 
hodisasini ham  alebraik  tenglamalar  asosida 
modellashtirish mumkin.      6.  Kibernetika  va  kompyuter 
texnologiyasi  fanlari  doirasida  axborotli 
modellashtirish  usuli  ishlab  chiqildi. 
Tadqiqotda obyekt nusxasi axborotli model 
(«qora  yashik»)  sifatida  olib  qaraladi. 
Bunday  modelga  kirayotgan  va  undan 
chiqayotgan  axborot  nisbati,  undagi  axborot 
sig’imi,  axborotni  qayta  ishlash  va  uzatish 
tezligi  kabi  miqdoriy  va  funksional  xislatlarni 
tadqiq  qilish  jarayonida  hosil  bo’lgan 
axborotli  natija  konkret  biologik  va  ijtimoiy 
tizimlarni  o’rganishda  tatbiq  qilinadi. 
Xususan,  makro  va  mikro  iqtisodiyotdagi 
tovar  va  axborot  harakati  qonuniyatlarini 
axborotli  modellashtirish  usuli  yordamida 
o’rganish iqtisodiy faoliyatni optimallashtirish 
yo’llarini ishlab chiqish imkoniyatini berdi.      7.  Xayoliy  (virtual) 
modellashtirish.  Tafakkur  kuchi 
bilan  xayoliy  eksperiment 
o’tkazilganda,  tasavvur  qilingan 
obraz-nusxa  (atom  yoki  molekula 
strukturasi,  termodinamikada 
Karno  sikli,  jamiyatda  ijtimoiy 
islohotlarni  o’tkazish  loyihasi  va 
boshqalar)  model  rolini  o’ynaydi. 
Obraz  –  nusxa  tahlil  qilinadi, 
tasavvurda  turli  sharoitga 
qo’yiladi,  ta’sirlar,  oqibatlar  ko’rib 
chiqiladi.      8.  Kompyuterli  modellashtirish.  Bunda  model  funksiyasini  dastur 
bajaradi. Shu bilan birga har qanday dastur model bo’la olmaydi. Dastur 
ko’rinishiga  ega  bo’lgan  algoritm  bo’yruq  yoki  yo’l-yo’riq  beruvchi 
simvollardan  iborat  tizimidir.  Faqat  o’zida  obyekt  haqida  ma’lumotni 
saqlagan freym va slotdan iborat dastur model bo’lishi mumkin .      •
Matematik va kompyuterli modellashtirish 
Matematik  modellashtirish  usulini  ishlab 
chiqilishi  va  tatbiq  qilinishi  tadqiqot 
samaradorligini  oshirishga  olib  keldi.    Bir-biridan 
kelib  chiqishi  va  sifat  ko’rsatkichlari  bo’yicha  farq 
qiladigan  obyektlarni  bir  turdagi  differensial 
tenglamalardan  tuzilgan  matematik  model  vositasi 
bilan o’rganish mumkin bo’lib qoldi.      Tadqiqot matematik modelni ishlab  chiqishdan boshlanadi. 
Obyektlar  birbiridan  qanchalik  farq  qilishmasin,  ularda  mos, 
o’xshash  xislatlar  mavjud.  Bu  xislatlar  parametrlar,  qiymatlar 
va  raqamlarda  ifodalanadi.  O’z  vaqtida  Quyosh  sistemasi 
planetalari  haarkatining  mexanik  –  matematik  modeli 
yaratilgan  edi.  Keyinchalik  bu  model  kosmik  apparatlari 
harakatini  o’rganishga  tatbiq  qilindi.  Natijada 
takomillashtirilgan  kosmik  ballistika  modeli  ishlab  chiqildi. 
Hozir  shu  model  asosida  Yer  orbitasiga  uchirilgan  barcha 
sun’iy  yo’ldoshlar  trayektoriyasi  aniqlanadi,  raketalarni 
planeta atrofida uchish muddati bashorat qilinadi.       Matematik  modelni  o’rganish  orqali  obyektni 
tadqiq  qilish  bir  qancha  evristik  qulayliklarga  ega. 
Asosiy  vosita  matematik  apparat,  undagi 
tenglamalar  tizimi.  Obyektning  qiziqish 
o’yg’otgan  xossasi  tafakkur  kuchi  bilan  ajratib 
olinadi,  tadqiqot  vazifasi  va  unga  mos  keladigan 
matematik masala belgilanadi.      Matematik model va obyekt o’rtasidagi gomomorfik 
yoki  izomorfik  darajadagi  moslik  asosiy  matematik 
masala hisoblanadi. Tuzilgan matematik model to’lalik, 
ayniylik,  aniqlik  va  tejamkorlik  talablariga  javob 
berishi lozim.      Yana  bir  samarali  usul  kompyuterli  modellashtirishdir.  Bu  turdagi 
modellashtirishda matematik modellashtirishga xos bo’lgan ayrim cheklanish 
(J.Adamor  qoidalari)  deyarli  yo’q.  Gap  shundaki,  ko’p  prosessorli 
kompyuterlarda  dasturlar  paketi  asosida  har  qanday  tizim  va  undagi 
jarayonni modellashtirsa bo’ladi.
  Bu  borada  ixtisoslashgan  dasturlar  tuzish  amaliyoti  kompyuterli 
modellashtirishning  ijodiy  potensialini  yanada  kengaytirdi.  Shaxmat  o’yini, 
tasviriy  san’at,  musiqa  va  hatto  poeziya  sohalarida  dasturiy  modellashtirish 
usulida  asarlar  yaratildi.  Kornegi-Mellan  Universiteti  aspirantlari  «Teran 
tafakkur»  deb  nomlangan  komptyuterli  shaxmat  dasturini  yaratdilar.  Bu 
dastur  shaxmat  reytingida  oliy  kategoriya  malakasiga  muvofiq  keladigan 
yuqori  o’rinni  egalladi.  Jahon  chempioni  Garri  Kasparov  bilan  o’tkazilgan 
ikkita  matchda  «Teran  tafakkur»  shaxmat  dasturi  mag’lub  bo’ldi.  Dastur 
mualliflari  Kasparov  kompyuterni  adashtirishga,  xato  yo’l  yurishga  majbur 
qilgan  holatlarni  vujudga  keltirdi  deb  ta’kidladilar.  Shunday  bo’lsada 
shaxmat  o’yini  modelini  mujassamlantirgan  dasturni  ishlab  chiqishni  o’zi 
diqqatga sazovvordir.      Mutaxassislarning ta’kidlashlariga hozir 
zamon ilmiy tadqiqot natijalarini ko’p 
holda matn shaklida modellashtirib 
bo’lmaydi. DNKdagi kodonlarning 
ketmaketligi, molekula modeli, 
tomografda ishlangan tasvirlar, inson 
miyasi xaritasi, samolyotni yasama 
(imtitasion modelda) uchishini amalga 
oshirish, suyuqliklar oqimi modeli – 
bularni hammasini maxsus dastur asosida 
kompyuterli modellashtirish usuli 
yordamida tashkil qilish mumkin.      X ulosa
Shunday qilib hozirgi zamon fanda 
o’zining universalligi, samaradorligi 
va oqilonaligi tufayli tabiiy, texnik va 
ijtimoiy-gumanitar izlanishlar 
sohasida olib borilayotgan 
tadqiqotlarda modellashtirish usuli 
yetakchi umumilmiy usullardan biriga 
aylandi .      FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
1.O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasi.  -T.: 
“O’zbekiston”, 2019 
2.Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob 
xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: ―O’zbekiston , 2017.-‖
491 b.  
3. Oliy  ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlash   sifatini   oshirishda  
iqtisodiyot   sohalari   va   tarmoqlarining   ishtirokini   yanada  
kengaytirish   chora-tadbirlari   to’g’risida .  O’zbekiston  
Respublikasi   Prezidentining  2017  yil  27  iyuldagi  pq-3151-son 
qarori  
4.Alemasov  V.,  Mamadaliyev  Sh.O.  «Ilmiy  tadqiqot: 
metodologiya,  metodika,  ijodiyot»  kursidan  katta  ilmiy 
xodimlar-izlanuvchilar  va  mustaqil  izlanuvchilar  uchun  o’quv   
qo’llanma  –  T.:  O’zbekiston  Respublikasi  IIV  Akademiyasi, 
2015. – 102 b.       5.  Raxmatullayev  Sh.  Ilmiy  tadqiqot  asoslari.  -
Toshkent, 2002. 
6.. Saifnazarov  I.,  Muxtarov  A.,  Boboyev  A.  Iimiy 
tadqiqot metodologiyasi. O’quv- uslubiy qo’llanma. -T.: 
TDIIJ, 2017. - 129 b. 
7.  Shermuhamedova  N.A  Ilmiy    tadqiqot   
metodologiyasi.  Darslik.  - T .:  «Fan  va texnologiya», 
2014 ,4 6 4 bet 
8 .  Shermuhamedova  N.A.  Iimiy  tadqiqot 
metodologiyasi.Т:Innovatsiya ziyo, 2020 y., 454 b.
9 .  Shermuhamedova  N.A.  Iimiy  tadqiqot 
metodologiyasi.Т: Innovatsiya ziyo, 2021 y.453 b.Foy dalanilgan adabiy ot lar          E’ t i b o r i n g i z  
u c h u n  r a h m a t

Mavzu: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish

Reja 1. Ilmiy tadqiqotda modellashtirish. 2. Model tushunchasi, modellashtirish va uning turlari 3. Matematik va kompyuterli modellashtirish

1. Ilmiy tadqiqotda modellashtirish. Tadqiqotning muhim usullaridan biri modellashtirish usulidir. Bu usul ham empirik, ham nazariy izlanish darajalarida, tabiiy, texnik va ijtimoiy- gumanitar fanlarda qo’llaniladigan umumilmiy usuldir. Modellashtirish usuli har qanday, atomdan tortib, to inson, jamiyat va kosmik tizimlargacha bo’lgan obyektlarni samarali tadqiq qilish imkoniyatini beradi.

Modellashtirishda obyekt, uning qiziqishini uyg’otgan xossasini nusxasi, o’xshash timsoli ishlab chiqiladi. Obyektning o’rindoshi bo’lgan bu model o’rganiladi, olingan ma’lumot obyekt haqida bilim beradi yoki mavjud bilimga yangi faktlar, tasavvurlar va g’oyalar qo’shadi. Demak, modellashtirish usulidan foydalanishni asosida modelni qurish va uni tadqiq qilish yotadi

2. Model tushunchasi, modellashtirish va uning turlari