Ilk qadimgi podsholiklar davrida Misr
Mavzu: Ilk qadimgi podsholiklar davrida Misr(m.av. XXXIII-XXIX asrlar va m.av. XXVIII-XXIII asrlar)
Reja 1. Qadimgi Misr davlatining yaratilish tarixi . 2. Qadimgi Misr tarixnavisligi va manbashunosligi asoslari . 3. Qadimgi Misr madaniyatining tarixiy asoslari .
• Qadimgi Misr , Misr — Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimgi davlat deb aytiladi. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashaganlar. Miloddan avvalgi 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug ullanishgan. Ular orasida kad, som xalqlariga ʻ mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bo lib, ularning ʻ aralashuvidan miloddan avvalgi 4 ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufuzining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy ʻ jamoalarning paydo bo lishiga olib kelgan. ʻ
• Ilk podsholik davri sug orish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis ʻ qurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo bo lishi, ʻ ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabaqasi shakllangan, ma muriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, ʼ muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-g arbga — liviyaliklarga va Sinay yarim ʻ oroldagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan. • Qad. podsholik davrida qishloq xo jaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish ʻ rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo bo lgan. Oliy ʻ mansabdor — tchati (vazir) bosh bo lgan davlat apparati mustahkamlangan. ʻ
• Fir avnlar, shuningdek, bosh kohin ham bo lib, barcha yer va fuqarolarning egasi ʼ ʻ hisoblangan. Jamoa a zolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan ʼ muntazam qo shin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan fir avnlarning mutlaq hokimiyati ʻ ʼ g oyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III ʻ —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan. • Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda M. o zaro nizoda bo lgan bir qancha nomlar va mayda ʻ ʻ davlatlarga bo linib ketgan. taxminan 2050-yil Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri ʻ gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar M.ning poytaxtiga aylangan. • O rta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum ʻ vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo bo lgan. ʻ Suriya, Krit, janubida — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qo shib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki fir avnlar ʻ ʼ davrida o zaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-asrning ʻ 2-yarmi) isyonkor nomarxlar bo ysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. ʻ