Inson hayotida suvning ahamiyati. Sanoat chiqindi suvlarining sanitar gigienik holati
Mavzu: Inson hayotida suvning ahamiyati. Sanoat chiqindi suvlarining sanitar gigienik holati.
Reja: I. Kirish. Inson hayotida suvning ahamiyati. II. Asosiy qism. 1. Suv orqali kelib chiqadigan kasalliklar. 2. Suvlarni tozalash usullari. 3. Shahar suvlari va ularga qo’yiladigan talablar. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Glossariy.
Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo’lib, u tiriklikning asosidir. Ye r yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashay olmaydi, chunki undagi to’qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Har qanday organizmning tarkibidagi asosiy element bo’lgan suv uning hayotiy faoliyatini ham nazorat qiladi. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada muhim hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlarning o’zigina «suv – hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik haqqoniyligini ko’rsatib turibdi. I. Kirish. Inson hayotida suvning ahamiyati.
Inson organizmi o’z hayotiy faoliyatini amalga oshirishi uchun sutkasida o’rtacha 2,5 l. suv istemol qiladi. Organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida suyuqlik muhitida kechadi. Odatiy ma’noda ozuqaviy qiymatga ega bo’lmagan suv har qanday tirik organizmning, shu jumladan odamlarning asosiy tarkibiy qismidir. Suvning qiymati barcha tizimlar va organlarning to’g’ri ishlashi uchun juda muhimdir.
Ma’lum bo’lishicha, suv barcha asosiy hayotiy jarayonlarni tartibga soladi: • kislorodning namligini normallashtiradi, uning so’rilishini oshiradi; • tananing termoregulyatsiyasini amalga oshiradi; • ozuqa moddalarini eritib, organizmga ularni so’rib olishga yordam beradi; • hayotiy organlarni namlaydi va himoya qiladi; • bo’g’inlar uchun himoya moylash vositasini hosil qiladi; • tana tizimlarining faoliyatida metabolik jarayonlarni yaxshilaydi; • tanadan chiqindilarni evakuatsiya qilishga yordam beradi.