logo

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi.

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

590.6904296875 KB
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 
ta’lim tizimi.
Reja:
1. AQSH va Yaponiyada ta’lim tizimi.
2. Janubiy Koreyada va Fransiyada ta’lim tizimi.
3. Germaniyada ta’lim tizimi.              22.  Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi.  
Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi  
Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 
yil o’qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:
3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o’z ichiga oladi.
To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat.
Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo’ladi. Mazkur Yuqori 
maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.              Amerika  maktablarida  9-sinfgacha  asosiy  e’tibor  matematikaga 
emas,  balki  tabiiy  fanlarga  qaratiladi,  yuqorida  tasdiqlangan  yagona 
dasturlar  bo’lmaydi.  O’quvchilar  uchun  yagona,  majburiy  darsliklar, 
qo’llanmalar  yo’q.  Amerika  maktablarida  texnikaviy  jihatdan  yaxshi 
jihozlangan,  sinflar  kompyuterlashtirilgan.  Har  bir  maktabda  boshlang’ich 
sinf  o’quvchilarini  tashiydigan  maxsus  avtobuslar,  stadionlar,  turli 
laboratoriyalar  bor.  Amerika  maktablarining  aksariyati  davlat  ixtiyorida 
bo’lib,  davlat  mablag’i  bilan  ta’minlanadi.  Lekin  shaxsiy  maktablar  ham 
anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini 
shaxsiy  maktablarga  berishga  harakat  qilishadi.  Davlat  maktablarida  tekin, 
shaxsiy  maktablar  esa  —  pullik  o’qitiladi.  Vashington  shahridagi  shaxsiy 
maktabda  bolani  o’qitish  uchun  bir  yilga  taxminan  o’n  ming  dollar  to’lash 
kerak.  Bunday  maktablarda  boy  oila  farzandlari  ta’lim  oladilar.  SHaxsiy 
maktablarning har biri o’zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus 
o’qituvchilarga  ega.  Bunday  maktablarda  sinfda  o’qiydigan  o’quvchilar 
soni  kam  bo’ldai.  SHaxsiy  maktablarda  boshlang’ich  sinflardan  boshlab 
estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.                Amerika  oliy  o’quv  yurtlariga  kirish  uchun  belgilangan  sinov 
(test)lar ikki xil bo’ladi:
SAT   (Sxolastik aptityud test);
AKT  (Amerikan kollej test) sinovlari. 
SAT  sinovlari  murakkabroq  bo’ladi.  Mashhur  universitetlarga 
kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo’ladi.
Bulardan  tashqari  Murakkablashtirilgan  sinov  ham  bor.  Bu 
sinovni  oliy  maktablarga  kirayotgan  barcha  talabalar  ham  topshirishlari 
shart  emas.  Mabodo  biror  talaba  shu  murakkablashtirilgan  sinovlarni 
topshirib  universitetga  kirsa,  u  talabaga  maxsus  stipendiya  beriladi. 
Amerikaning  eng  katta  boyligi  —  bu  aql . Aql  bu  mamlakatda  qadrlanadi, 
aqlli  talabalar  alohida  taqdirlanadi.  Aqlli,  a’lochi  talabalar  o’quv 
yurtlarining  faxri  sanalgani  sababli  ham,  ularga  turli  yo’llar  bilan  yordam 
berish,  stipendiyalar  tayinlash  orqali  ularni  o’quv  yurtlarida  saqlashga 
harakat  qiladilar.  O’zi  tanlagan  sohada  yutuqlarga  erishayotgan  talabalar 
ro’yxati  har  yili  alohida  kitobda  nashr  etilib  turiladi.  Bundan  maqsad 
mazkur  soha  bilan  qiziquvchi  kompaniyalarning  e’tiborini  bo’lajak 
olimlarga qaratishdir.                Yaponiyada ta’lim tizimi
 Majburiy  ta’lim.   Ta’limning  pog’onasi  6  yoshdan  15 
yoshgacha  bo’lgan  bolalarni  o’z  ichiga  oladi.  6  yillik  boshlang’ich 
ta’lim  va  3  yillik  kichik  o’rta  maktab,  9  yillik  majburiy  ta’limni 
tashkil  etadi  va  u  bepuldir,  tekin  darsliklar  bilan  ta’minlangan. 
Muxtoj  oilalarning  bolalari  bepul  nonushta,  o’quv  qurollari,  tibbiy 
xizmat  bilan  ta’minlanadi.  Zarur  bo’lgan  taqdirda  ularning  oilalariga 
moddiy  yordam  ko’rsatiladi.  SHu  qatorda  xususiy  maktablar  ham 
mavjud.
Yuqori  bosqich  o’rta  maktab  10,  11,  12  sinflarni  o’z  ichiga 
oladi,  bunday  maktablarning  kunduzgi,  sirtqi  va  kechki  bo’limlari 
mavjud. O’quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o’qiydilar.
Yaponiyada  o’quv  yili  240  kun  (AQSH  180).  O’quv  yili  1 
apreldan  boshlanib  martda  tugaydi.  Yozgi  kanikul  iyun  oyining 
oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o’tiladi.                Dorilfununlarga  katta  o’rta  maktabni  yoki  12  yillik 
oddiy  maktabni  tugatgan  o’quvchilar  qabul  qilinadi.  U  yerda 
460  ta  universitet  bo’lib,  95  tasi  davlat  tasarrufida,  34  tasi 
munitsipal,  331  tasi  xususiy,  1-toifadagi  universitetlarda  har 
bir  o’qituvchiga  8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan 
talaba  to’g’ri  keladi.  Universitetlarga  qabul  qilish  ikki 
bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar joyda o’tkaziladi: buning 
uchun  yapon,  eski  yapon  tili,  matematika,  fizika,  ximiya, 
jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar.
Bu  sinovlardan  o’tgan  o’quvchilar  universitetlarga 
yo’llanma  oladilar  va  yana  sinovdan  o’tadilar.  Xususiy 
universitetlarga  esa  to’g’ridan-to’g’ri  test  topshiriladi.  Bir 
qator  xususiy  universitetlar  o’zining  uzluksiz  shaxobchasiga 
esa  (bog’chadan  boshlab  hamma  bosqichlarni  qamrab  oladi). 
Universitetdan  talabalarni  haydab  yuborish  mumkin  emas. 
Lekin  o’qish  muddatini  cho’zish  mumkin  (4  yillik  o’qish  5-6 
yilgacha cho’zilib ketishi mumkin).                KOLLEJLAR:
1-kichik kollej; 2-texnik kollej
3-maxsus kollejlarga 
bo’linadi.
Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va 
universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.              Janubiy Koreyada ta’lim tizimi
 Mamlakatda  oliy  o’quv  yurtlarining  ishlari  yaxshi  yo’lga 
qo’yilgan.  Koreyada  104  ta  oliy  o’quv  yurti  bor,  ularning  80  foizi 
xususiydir.  Hozir  mamlakatda  oliy  o’quv  yurtlarida  o’qishga  qiziqish 
juda  kuchayib  ketgan.  Har  yili  maktablarni  bitiruvchilarning  40  foizi 
o’qishga kiradi. Talabalar soni bo’yicha Koreya dunyoda birinchi o’rinda 
turadi.  Lekin  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  ishida  muammolar  bor. 
Talab  ehtiyojni  qondira  olmayapti.  SHuning  uchun  1982  yilda 
maktabgacha  tarbiya  haqida  qonun  qabul  qilindi.  Bu  yerda  tarbiyaga 
bolalar  bog’chasida  asos  solinishini  yaxshi  tushunishadi.  SHu  tufayli  bu 
tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning 
hissasi kattadir.
Boshlang’ich  maktab  masalasiga  kelganda  (bu  maktabga  olti 
yoshlilar  kelishadi)  sinflarning  tig’izligini  kuzatish  mumkin.  Har  sinfda 
50  nafargacha  bola  o’qiydi.  Dars  nagruzkalari  ham  ko’proq.  Lekin 
o’yinlar  dam  olish  o’quv  dasturiga  kiritilgan.  SHuning  uchun  dam 
olishga imkoniyat bor.                Boshlang’ich  maktabda  dars  40  minut  davom  etadi. 
O’rta maktabda esa darslar 45 minut.
Oliy  maktabda  darsning  davomiyligi  50  minutga  teng. 
Bu  yerda  ikki  muhim  jihatga  to’xtalib  o’tish  zarur.  Oliy 
maktabga,  albatta,  kirish  imtihonlari  topshirib  kiriladi, 
o’qishlar pullik.
Boshlang’ich maktabda 9 ta fan o’qitiladi. Koreys tilini 
o’rganishga  alohida  e’tibor  beriladi.  Bundan  tashqari 
arifmetika, ayrim ijtimoiy fanlar ham o’qitiladi.
O’rta  maktabda  fanlar  yana  4  taga  ko’paytirilgan.  7-
sinfdan boshlab chet tillar o’rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga 
e’tibor  kuchli.  Ko’pchilik  bu  tilda  bemalol  gaplasha  oladi. 
CHet  tillarni  o’qitishga  haftasiga  4—5  soat  ajratilgan. 
Koreyslar  yana  bir  tilni  —  klassik  xitoy  tilini  majburiy 
ravishda  o’rganadilar.  8-sinfdan  boshlab  Xitoy  tarixi 
o’rganiladi.              Hunar  maktablari  Koreyada  600  tani  tashkil 
etadi.  Bu  maktablarning  45  foizi  bo’lajak 
mulkdorlarni  tayyorlaydi,  23  foizida  texnik  kasb 
egalari  yetishib  chiqadi.  Qolgan  maktablarda 
dengizchilik,  qishloq  xo’jalik  ixtisoslari 
o’zlashtiriladi.
SHunisi  diqqatga  sazovorki,  bu  maktablarga 
korxonalar  otaliq  qiladilar.  Ta’lim  haqidagi  qonun 
talablaridan biri shudir.
Koreyada  ham  alohida  iqtidorli  bolalarga 
e’tibor  kuchli.  So’nggi  yillarda  5  ta  sport,  6  ta  ilmiy 
maktab  ochilgan.  Jismoniy  tarbiyaning  rivojlanishiga 
Seul olimpiadasi katta ta’sir ko’rsatgan.                ETI BORI NGIZ UCHUN  
RA HMAT!!!

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi. Reja: 1. AQSH va Yaponiyada ta’lim tizimi. 2. Janubiy Koreyada va Fransiyada ta’lim tizimi. 3. Germaniyada ta’lim tizimi.

22. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o’qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan: 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida. Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o’z ichiga oladi. To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat. Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo’ladi. Mazkur Yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.

Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo’lmaydi. O’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo’llanmalar yo’q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o’qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o’qitish uchun bir yilga taxminan o’n ming dollar to’lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. SHaxsiy maktablarning har biri o’zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o’qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni kam bo’ldai. SHaxsiy maktablarda boshlang’ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.

Amerika oliy o’quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo’ladi: SAT (Sxolastik aptityud test); AKT (Amerikan kollej test) sinovlari. SAT sinovlari murakkabroq bo’ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo’ladi. Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql . Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o’quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo’llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o’quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O’zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro’yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo’lajak olimlarga qaratishdir.

Yaponiyada ta’lim tizimi Majburiy ta’lim. Ta’limning pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. 6 yillik boshlang’ich ta’lim va 3 yillik kichik o’rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta’minlangan. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo’lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. SHu qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Yuqori bosqich o’rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo’limlari mavjud. O’quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o’qiydilar. Yaponiyada o’quv yili 240 kun (AQSH 180). O’quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o’tiladi.